Qadimgi dunyo tarixida kashfiyot, ixtiro va topilmalar Ilk Paleolit 1mln-100 ming y
Download 2.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf Oson qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mesopotamiya
- Bobil Navuxodonosor II Ishtar darvozasi Qadimgi yozuvlar
- Oshshur
- Xattusa
- Giksoslar
suyak va yog'ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar.
Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so'ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo'lib, o'quvchilar 1 asotirlar va afsonalarni ko'chirib yozishgan, 2 o'simliklar, 3 qushlar, 4 hayvonlar va 5 qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar va shahar nomlari ham sanab o'tilgan. Shumerliklar ixtirolari: Shumerlar 1 sanoq tizimi, 2 quyosh va 3 oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo'lishgan. Eng qadimgi rasadxonalar baland, ko'pzinali ibodatxonalar- zikkuratlar tepalikdagi maydonchada barpo etilgan. Shumerliklar va bobilliklar GEOGRAFIYA sohasidagi bilimlarga ega bo’lgan. Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan. Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo'yicha dasturilamal tuzilgan. ☝ Dunyoda eng qadimiy yozuvlar paydo bo’lgan davlatlar: 1. Shummer 2. Elam Bobil Navuxodonosor II Ishtar darvozasi Qadimgi yozuvlar Bobil minorasi 1563-y Breygel Shummer mixxati 13-§. Old Osiyo davlatlari Mil. avv. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida ilk davlatlar vujudga kela boshladi: Ossuriya; Xett; Mitanni ; Finikiya shahar-davlatlari ; Ossuriya podsholigi. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo'lgan. Aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo'shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Oshshurbanapal hukmronligi davrida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona jamlangan edi. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya qo'shinlari Bobil va Midiya tomonidan qirib tashlangandan keyin davlat zavolga yuz tutdi. Dajla va Frot… 1 Mesopotamiya Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiy 2 Bobil Frot va Dajla daryolarining o'zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadigan hududda joylashgandi. 3 Ossuriya Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi kichik hududda joylashgan Xett podsholigi. Taxminan mil. avv. XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o'z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar urushda Jangovar aravalar va temir uchli nayzalardan foydalanishgan. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan qo'shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfli raqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar otliq qo'shindan foydalanishgan. Tarixda nomlari noma'lum xalqlar (ularni « dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar. ☝ Giksoslar otlar qo’shilgan jangovar aravalardan foydalangan. Urartu podsholigi Urartu davlati Kavkazortidagi, hozirgi Turkiya sharqiy qismida va Armaniston hududlarida joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Mil. avv. IX-VIII asr boshlarida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Yagona davlat tashkil topishini mudofaa qilish zarurati Ossuriya hujumlaridan tezlashtiradi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo keyinroq ossuriyaliklarning qo'shinlari urartlarni tor- mor etib tashladi. Teyshebaini shahridagi qal'a ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi. Finikiya Qadim zamonlarda Finikiya О’rtayer dengizining sharqiy qirg’og’i bo'ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan. Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Finikiyaliklar qo'shnilariga Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling