Qadimgi eron


Download 148.5 Kb.
bet4/4
Sana11.10.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1697958
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Eron Reja Eron iqlimi va aholisi Qadimgi Elam va Midiya

4. Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan. Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.
G‘arbdan Tigr va Yefirat arxitekturasidagi vodiyda sharqdan Ind vodiysi oraligida Eron tekisligi joylashgan. Bu yerda qadimdan Sharqiy Eronliklar (0‘rta Osiyo xalqlarining avlodi) g'arbda (hozirgi forslar avlodlari) ajralgan holda yashaganlar. Bu ajralishning natijasida, bir-biriga qardosh, ikki etnik guruhlarning mustakil tarixi vujudga keldi. Bulanian eng qadimgisi Sharqiy Eronliklar, madaniyati boiib hozirgi Ozarbaydjon hamda Eroning shimoliy g‘arbiy qismini tanlagan Midiya davlatidir Er. avv. X asrda midiyaliklar madaniyati haqida birinchi ma’lumot paydo boia boshlagan. Er. aw. VIII asrga kelib, ular poytaxti Ekbatonda (hozirgi hamadon) joylashgan kuchli davlatni tashkil etganlar. Qadimgi tarixchilaming yozishicha baland tog‘ yon bag‘rida joylashgan Ekbaton shahrining umurnan devori bo‘lmagan faqat baland ko'tarib to‘rgan shahridan uchtasigina mustahkam devorlari bilan himoyalangan. Kal’ aga tutashgan saroy inshootlari ham uzunligi 1 km dan ortiq devorlar bilan o‘rab olingan.  Saroy binolari bir necha peshayvonli zallardan iborat bo4 lib, ularni bir-biridan xovlilar ajratib turgan. Zalllarining tomlari va ulami ushlab turuvchi ustun (qolonna) lar kedr, keparis (sadaf) daraxtlaridan ishlangan va ular ustidan oltin va kumush qoplamalar bilan qoplangan.  Midiya Ekbatondan tashqari, yana ko‘pgina boshqa sbaharlar mavjud boiib, kanallar, katta-katta turar uylar, bogiar va uzumzorlar shahaming asosiy hayot qismini tashkil etgan. Suriyaliklar ishlagan suratda, midiyaliklaming KISHESSUM shahri va unda minorasimon uylar aks ettirilgan. Midiyaliklar otashparastlik diniga mansub boiganlar. Shuning uchun ham ular ibodatxonalar va ehromlar o‘rniga ochiq havoda olov o'chogini qurib, o‘shanga siqinganlar.  Midiya Ekbatondan tashqari, yana ko‘pgina boshqa shaharlar mavjud bolib, kanallar, katta-katta turar uylar, bogiar va uzumzorlar shahaming asosiy hayot qismini tashkil etgan. Suriyaliklar ishlagan suratda, midiyaliklaming KISHESSUM shahri va unda minorasimon uylar aks ettirilgan. Midiyaliklar otashparastlik diniga mansub boiganlar. Shuning uchun ham ular ibodatxonalar va ehromlar o‘rniga ochiq havoda olov o'chogini qurib, o‘shanga siqinganlar.  Midiyaliklaming turar uylarga tahlid qilingan maqbaralari, baland qoyalarga o‘matilgan boiib, Forslaming so‘ngi davrdagi maqbara- laridan birmuncha farq qiladi.  Maqbaraning tarzi (fasadi) baland g‘oya toshlarga o‘yib ishlangan. Biz bu yerda qadimgi Rim madaniyatiga xos boigan, ikki ustunli, muqamasli, ionik orderi tim solida peshayvon (portik ) ni va uning tepa qismi «antablimenti»ni ko‘ramiz. Ular qoyaga o‘yib ishlangan. Haqiqatdan ham ustun va to‘sinlari yog‘ochdan boigan bu maqbaralar shaklan turar joylami eslatadi. Er. av. VII asming oxiri va VI asming boshlariga kelib midiyaliklar bobilliklar bilan til biriktirib, kuchsizlangan Assuriyani tor-mor etadilar va Amudaryodan to fors ko‘ rfazigacha bo‘ lgan yerlami egallaydilar.  Ko‘p o‘tmay er. av. 553-yilda, fors qabilalari. Axmoniylar sulolasining asoschisi Kir boshchiligida dastlab Urartu podsholigini o‘ziga bo'ysindiradi va keyin Midiya shoxi Astita ustidan g‘alaba qozonadi, ammo, midiyaliklar yaratgan madaniyat oimadi chunki midiyaliklaming memorchilik an’analari, fors memorchiligining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan edi.  Midiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, forslar tez orada o‘sha davridagi madaniyatlashgan olamning talaygina qismini bosib oladilar va qadimgi Sharq davlatlari orasida eng qudratliligini tashkil etdilar. Fors axmoniylari san’ati va arxitekturasi ulami kuchmanchi halqlarga xos bo'lgan amaliy bezak san’atini nazarga olmaganda an’anasiz yaratildi. Toshlami qayta ishlash, qoyalami yo‘nib maqbaralar o‘matish urartu va midiyadan qulchilik ziynati mesopatamiyadan, ba’zi bir shakllar assuriya, bobil, misr va yunonliklardan o'tgan. er. av. VI asming o'rtalarida taxminan 559-550- yillarda shox kir forslaming daslabki poytaxtiga pasarganga asos soldi, chunki forslar endigina o‘troq hayotga o‘ta boshlagan edilar. Shahar atrofi togiar bilan o‘ralgan baland tepalikka joylashgan piramida shaklidagi tepalikning ichida katta ayvon (terassa 78*79) ko‘ri!gan. bu yerda shox qo‘rg‘oni joylashgan.  Tepalikning ostidagi vodiy alohida chodirlar bilan toidirilgan shaharning bu qismi ko‘chmanchilaming vaqtinchalik manzili boiib xizmat qilgan qo‘rg‘ondan g‘arbga qarab, saroylar maydonlari orqali о igan yoida Pasargadaning eng asosiy yodgorligi - Kir maqbarasi joylashgan.  Kir maqbarasi uncha katta boimagan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi xona (316m*218m) 6 zinapoyali asosga o‘rnatilgan va 2 nishabli tom bilan yopilgan. Maqbara katta hajmdagi toshlardan terilgan boiib, uning umumiy balandligi 11 m teng. Maqbarani 3 tomonidan o‘rab to‘rgan qo'sh devor va ustunlar qatori, o'rta asrda musulmonlar tomonidan quriigan Iskandar Makedonskiyning yurishlari davrida unga hamrohiik qilgan yunon tarixchisi Aristotilning aytishicha, maqbarining atrofi har xil daraxtlar oikazilgan va suqorib turiladigan o‘tli ko‘klamzorlardan iborat boigan.  Takidlash lozimki, maqbarani yaratishda me’mor qoilagan uslub yani terilgan toshlar balandligini sekin asta qisqarib borishi, bu su’niy perspektiva masshtabini hosil qilish orqali inshootni o‘zini haqiqiy oichamidan ulug‘vor qilib ko‘rsatishdir. Shox Kiming vafotidan so‘ng u asos solgan davlatda qalayenlar boshlandi, faqatgina Doro I ning olib borgan ehtiyotkoriik va uzoqni ko‘ra oladigan ziyrak siyosati tufayligina bostirildi.  Elam davrida (mil. av. 3—2 ming yilliklar) bir qancha shahar-davlatlar boMgan. Ular qatorida poytaxti Suza (Shushan) boMgan Suziyona, Anshan (Anzan), Simashkinni ajratish lozim. Elam Old Osiyo bilan mustabkam (chambarchas) bogMiq bo‘lib, shaharlarida zikkuratlar katta mavqega ega boMgan. Choga Zambil (hozirgi DurUntosh) mil. av. XI11—VII asrlar davomida hayot kechirgan. Tashqi shahar devorining uzunligi 4 km atrofida edi. Shahaming sharqiy qismida saroy (70x54 m) boMgan. Ichki shahar (muqaddas daha) devorining uzunligi esa 1,5 km dan ortiq edi. Ichki shahaming zikkurati (105,2x105,2 m) besh pog‘onali (yarusli) boMib, uning dastlabki balandligi 53 m ni tashkil etgan. Shaharning mazkur qismida ibodatxonalar guruhi ham qurilgan edi.  Persepol (Taxti Jamshid) saroyi qoldiqlari tepalikda joylashgan. Saroy Doro va Kserks tomonidan barpo etilgan. Shahar tashqarida, Naqshi Rustamda otashparastlar ibodatxonasi — Kabai Zardusht joylashgan. Saroydan 6 km masofada ahamoniylar tomonidan Istaxr shahri ham barpo etilgan. Deyarlik besh asr yashab, X asrda vayron etilgan. Suz (Shish) mil. av. 4-mingyillikda vujudga kelgan. Elam davlati davrida ham poytaxt bo‘lgan. Shahar to'rt tepalikdan iborat, Bular: yuqori shahar («akropol») tepaligi, apadan tepaligi, podsho shahri tepaligi va hunarmandlar shahri tepaligidir. Mil. av. VI asrda yuqori shahar, apadan va podsho shahri tepaliklari devor bilan o‘rab olindi. Yuqori shahar (akropol) qal’a vazifasini o ‘tadi.  Eron salavkiylar (mil. av. IV—III asrlar) davlati tarkibiga kirgan davrda shaharsozlikda ellinistik jihatlar yorqin nam oyon boMdi. Bu jihatlar Iroqdagi salavkiylarning, keyin parflarning poytaxti boMgan va yuqorida zikr qilingan Salavkiya shahrida ko‘rindi. Parfiyaning (mil. av. Ill — mil. Ill asrlar) saroylar me’- morligida hovlili va toq shaklida yopilgan ayvonli va alohida hovlida ibodatxona qurish usuli qaror topdi. Ko‘xi Xo‘ja saroyini (Afg‘oniston chegarasida) bunga misol tariqasida ko‘rsatsa bo’ladi.  Parfiyaning diniy markazi Fraaspa (hozirgi Taxti Sulaymon)dir. U Eron Ozarbayjoni hududida, mamlakatning shim oli-g‘arbida joylashgan boMib, nafaqat Parfiya podsholari sulolasi, balki sosoniylar sulolasi hokimligi davrida ham zardushtiylik dinining markazi vazifasini o ‘tagan (X III—XIV asrlargacha hayot kechirgan). Fraaspa tarxi oval shaklida boMib, uzunligi 1200 m, eni 5 m, balandligi 14 m ga yetgan qo‘rg‘on devorida 2 darvoza, 27 burji boMgan. Fraaspaning o‘rtasida koM mavjud edi. Shaharda saroylar, olov ibodatxonalari boMgan.  Eron yerlarini birlashtirib, uning tarkibiga qator mamlakatlar ham kiritilgan Sosoniylar davrida (III—VI asrlar) shaharsozlik jadal rivoj topdi. Muntazam tarhli shaharlar paydo boMdi. Me’morlikda xarsangtosh, pishiq va xom g’isht, ganch qo’llanilgan. Ravoqlarning linga chizig’i elliptik shaklga ega boMgan. Muntazam tarxli shaharlar (Gur, Nishopur) ulkan saroylar (masalan, Iroqdagi Ktesifonda), bogMar (Qasri Shirinda), ko‘prik-to‘g‘onlar (Dizfulda, Shushterda) qurilgan.  Eron janubidagi Gur (hozirgi Feruzobod) shahari 224 yilda tarxi doira shaklida barpo boMgan. Shahar o‘rtasini ikki konsentrik qo‘rg‘on devor o'rab olgan. Markazda hajmi 9x9x33 in boMgan olov minorasi boMgan edi. Shaharning atrofida Ardasherga va boshqa shaxslarga tegishli saroylar qad ko’targan.  Eronning shimoli-sharqida (Xurosonda) III asrda barpo etilgan Nishopur shahari ham to‘g‘ri to‘rtburchak tarxga ega bo’lgan (Shaharda keyinchalik Umar Xayyom maqbarasi paydo bo’lgan).  Mamlakat g‘arbidagi Dizful shaharidagi ko‘prik-to‘g‘on Rim asirlari tomonidan toshdan, 22 ravoqli qilib qurilgan edi. Uzunligi 400 m atrofida bo’lgan.  Slnishtar shahari ham g‘arbda joylashgan bo’lib, dastlab, mil. av. 2-ming yillikda barpo bo’lgan. Ill asrda esa Qorun daryosida «Bandi qaysar» («Valerian ko‘prigi») nomi bilan ataladigan ko‘prik-to‘g‘onning uzunligi 550 m ni tashkil etgan.  Eron shaharsozligida hashamli saroylar katta rol o‘ynagan. Saroy me’morligida dastlabki devorlarda mahalliy toqli ayvon bilan ellepistik gipostil tarqalgan bo’lsa, keyinchalik yunon jihatlar tamoman yengilib, faqat toqli ayvonga asosiangan saroylar barpo etilgan.  Mil. av. 1-mingyillik davomida Afg‘oniston Ahmoniylar (m.av. IV—VI asr), Maqduniy (m.av. IV asr), Yunon-Baqtra (m.av. II —III asr) davlatlari tarkibida boMgan. M.av. Ill asrda ellinistik. keyin Kushon madaniyati bilan bog’liq bo’lgan.  Balx (hozirgi Vazirobod) m.av. 1-mingyillikda karvon voMlar tiziinida muhim rol o ‘ynagan shahardir. Kushon va undan keyingi davrlarda buddaviylik diniy markazi vazifasini o'tagan.  Hirot Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan. Maqduniy davrida Oriyona deb atalgan. Kobul milodiy I asming boshidayoq hayot kechirnyotgan edi. Hoziigi Kobulning janubisharqida buddaviylar shahari qoldiqlari mavjud.  Oyxonim-Aig‘oniston shimolidagi olimlar tomonidan nisbatan yaxshi o'iganilgan ellinistik shahardir.
O’rta Osiyo va Eron territoriyasida yozma manbalar juda kam topilganligi sababli. Bu mamlakatlarning qadimgi zamondagi tarixi hali yetarli darajada o’rganilmagan.Ahamoniylar dunyosidan ( err. Avv. 558-330 –yillar) chiqqan daslabki Eron shohlarining hukmronlik qilgan davriga oid topilgan kam sonli Eron mixsimon yozuvlari orasida. Kerman shahrining sharqidagi Behistun qoyasiga o’yib yozilgan katta xat juda muhim ahamiyatga ega. Bu yozuvda Eron podshosi Doro I Kambiz o’lgandan keyin ko’tarilgan qo’zg’alonni qanday bostirganini, barcha isyonchilarni qanday tor-mor qilganini Saklarga qarshi qo’shin tortib borib, Eron davlatining butunligini qanday qilib tiklaganini mufassal tasvirlaydi. Suvayish kanali rayonida saqlangan va Misr tiliga tarjima qilingan qadimgi Eronning Mixxati ham shu shohga mansubdir.Bu yozuvda Nil bilan Qizil dengizni birlashtiruvchi kanal qazilganligi, undan keyin << kemalar shu kanal orqali Misrdan Eronga qarab yura boshlaganligi>> gapiriladi. Suzadagi saroy qurulishiga doir yozuvda Doro I ning binokorlik sohasidagi faoliyati to’g’risida xabar beriladi. Doro I ning yozuvlarida,qisman Behistun va Naqshi- Rustam (Persipol yaqinida ) yozuvida, Eron shohligi tarkibida viloyat va mamlakatlarning ro’yxati saqlanib qolgan. Kserks yaqinida topilgan yozuvi qadimgi Eronliklarning dinini o’rganishda katta ahamiyatga 2 ega.Bu yozuvda qadimgi qabila xudolari – dayvlar, man qilinib, davlat tomonidan oliy xudo Ahuramazdaga sig’inish rasm qilingani aytilgan. Eronning ko’pgina yozuvlari Eronliklarning mixxat tekstlaridagina emas, balki ularning Bobil, Elam va Misr tillariga qilingan tarjimalarida ham saqlangan. Bu esa shu yozuvlarning mazmuni va formasini puxta va har tomonlama o’rganish imkoniyatini bertadI. Bobil va Misr yozuvlari qadimgi Eron yozuvlarining kamchiligini bir qadar to’ldiradi. Masalan, Kayxisrav (Kir) ning manifesti va Nabonidning Bobil xropikasi Bobilning Kayxisrav qo’shinlari tomonidan bosib olinishini batafsil tasvirlaydi va Eron davlatiga asos solgan bu kishining tashqi va ichki siyosati to’g’risida bir qancha ma’lumotlar beradi. Yangi Bobilning Ahamoniylar zamoniga oid juda ko’p hujjatlari Mesopotamiyaning shu davrdagi xo’jalik va ijtimoiy tuzumini ochiq- oydin qilib tasvirlab beradi. Eronliklarning Misrni istilo qilgan va Eron shohlarining Misrda hukmronlik qilgan zamondagi Misr yozuvlari ham ancha katta ahamiyatga ega. Masalan, Saysdagi mabuda Neytning bosh ruhoniysi kohini Ujagorresentining yozuvi ham Misrning oliy kohini bilan Eron shohi o’rtasidagi o’zaro munosabatni aniqlashga imkon beradi. Misrning Eronliklar tomonidan istilo qilingan davrdagi xo’jalik hayotini xarakterlovchi domotik yozuvlar ham xuddi shu davrga oiddir. Nihoyat, bepayon Eron davlatining turli qismlarida, jumladan Misrda topilgan oromiy yozuvlari ham ancha ahamiyatga ega. Ahamoniylar davridagi yozuvlar yetarli darajada bo’lmaganligi uchun moddiy madaniyat yodgorliklaridan, san’at asarlari va diniy etiqod yodgorliklaridan, puxtalik bilan foydalanish talab etiladi. Eron territoriyasida o’tkazilgan qazish ishlari hali juda top doirada olib borilgan bo’lsa ham, lekin ular bazi bir qimmatli natijalarni bergan. Eronda arxeologik tekshirish ishlari XIX asr o’rtalarida boshlangan. Flanden va Kosta Persipoldagi saroyida dastlab qazishlar olib boriladi. Ular bu yerda haykaltaroshlik yodgorliklarini topdilar va Eron shohlarining taxt zalini tiklamoqchi bo’ldilar. XIX asr oxirida de – Morgan Suzala katta qazish ishlari o’tkazib, tosh qurollar ishlatilgan eng qadimgi (Arxaik) zamonlardan to Eron davlatining ravnaq topgan davrigacha, yani Suza Eronnig muhim mamuriy va madaniy markazlaridan biri bo’lgan davrigacha yetib kelgan bir qancha arxeologik qatlamlarni topdi. Nihoyat XX asrda qadimgi Eronning poytaxti – Persipolda qisman qazishma ishlari o’tkazildi. Bu yerda tuproqni o’yib yasalgan terrasa ustida qurilgan katta saroyning harobalari topilgan, saroyga bo’rtma rasmlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqilgan va katta katta darvozalarga shohsaroyini qo’roqlovchi muqaddas xo’kizlarning haykallari ishlangan. Persipolda topilgan ajoyib san’at yodgorliklari orasida shohning sur’ati, shuningdek shohga turli xil sovg’a salomlar olib 3 kelayotgan xiroj to’lovchi qabilalarning sur’ati ayniqsa qiziqarlidir.O’rta Osiyoning boshqa ko’pgina rayonlarida ham bir qancha qazishma ishlari o’tkazildi. Bu qazishmalar qimmatli arxeologik materiallar berdi. Qadimgi Termiz harobalarining qazish natijasida bu rayonda xalq neolit davridan yashab kelganligi, qadimdan shaharlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Tosh va sopolga o’yib yozilgan katibalar ( mixiy yozuvlar). Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimiy poytaxti Persipol, shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va uning atrofidan topilgan. Masalan, pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir katibada Doro I ( mill. Avv. 522-486-yy). Hukmronligining dastlabki yillarida ( mill. Avv. 494- 490-yillar orasida ) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog’I qaysi mamlakatlardan qurilish matiriallarini keltirilganligi spool taxtachalarga yozilgan.Unga ko’ra, oltin, Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmat baho toshlar, lazurit va serdolik ya’ni ( qizil yoki qizg’ish rangli tosh ) So’g’diyonadan, feruza Xorazimdan olib kelingan. Ayniqsa Persipoldan ( Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan; 520- 450-yillar orasida qurilgan shahardan ) topilgan yozuvlar va tasviriy sur’atlar katta ilmiy qimmatga ega.Ulardan ayrim namunalari XVII-XVIII asrlarda ( 1621-yil ) Italiyalik sayyoh Pitro Della Valle va Daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog’liq. Persipolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinapoyalari ustiga ishlangan sur’atlar alohida ahamiyat kasib etadi.Sur’atlarda ( balandligi 3 fut) Ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 ta satrablikdan o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan.Bular orasida Baqtriyaliklar ( turli idishlar, teri, mo’yna va tuya bilan ), So’g’dliklar ( turli mato va teri, qo’ylar bilan), Parfiyaliklar ( idishlar va tuya bilan), Xorazimliklar ( ot va qurol aslahalar bilan ) tasvirlari ham bor. Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri Behistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar ( uzunligi 22 m, ummumiy balandligi 7,8 m ) shimoliy Eronda, Kirmon shohdan 30 km masofadan, dara bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yuli yoqasida uning chap tarafida, Zagros nomli qoyaga ( taxminan 105 m balandlikda) Doro I amri bilan yozilgan g’alaba yodgorligidir. Yozuv Elam, Bobil va qadimgi Eron tillarida bitilgan va mill avv. 523-522- yillarda Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata ( 522-yil 29 sentabrda halok bo’lgan), Frada ( Marg’iyonalik 522- yil 10 dekabrda asrga olingan). Xalq harakatlari haqida xikoya qiladi.
XULOSA:
Dunyo manbashunosligi tarixida muhim manba bo’lib xizmat qiladigan manbalardan biri Eron manbalari. Jumladan Markaziy Osiyo tarixini o’rganishda Eron manbalari muhim rol o’rnaydi. Bu manbalarda Behistun va Naqshi-Rustam (Persipol yaqinida), Suza va Ekbatana( hozirgi Hamadon) shaharlari va Markaziy Osiyoning qadimgi Sak, masaget xaqlarining haqida ma’lumotlar berilgan , bu manbalarda qadimgi Eron podsholari uning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi, madanyati va qo’shni davlatlar bilan olib brogan siyosati haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu maqolada Qadimgi Eron va Markaziy Osiyo manbalari haqida gap boradi.

Tayanch iboralar
Elburs, Turkman, Xuroson, Zagros, Xorun, Kerxa, Elam, lulubey, mixxat, Doro I, Persepol, Pasargad, Kserks, Gerodot, Fukudid, Diodor, Grishman, Elamtu, Midiya, Suza, Astiag, Ahmoniylar, Manna podsholgi, Parsuash, Oromiy, zardushtiylik, Mitra, Axriman, Axuramazda, Nakshi Rustam.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. T.1998 yil.
Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. «Слово», «ЭксмоЭ-М. 2004.

Aim.uz



Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling