Qadimgi G`arb ma`naviyati, uning shakillanishi va mavjudligi


Download 416.73 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi416.73 Kb.
#1151754
  1   2   3
Bog'liq
garb sharq 2 mavzu

Qadimgi G’arb ma’naviyati, uning shakillanishi va mavjudligi.

REJA:

  • 1. Antik davr ma`naviyatining o`ziga xos xususiyatlari.
  • 2. Qadimgi Rim ma`naviyatining asosiy maktablari va yo`nalishlari.
  • 3. Qadimgi Rim ma`naviyati.

Antik davr yunon falsafasi kadimiy Sharq – Bobil va Misr, Markaziy Osiyo. Hindiston va Xitoyda paydo bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlar ta’sirida. Yunonistonda yuksak rivojlangan kuldordik jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan ilgarigi V-VI asrlarda Kichik Osiyo, O‘rta yer dengizi kirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yakin Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari o‘rtasida savdo, iqtisodiy, madaniy muiosabatlar juda ham avj oladi. Bu davrga kelib bu hududlarda kulchilik munosabatlari juda rivojlanadi. Natijada, quldorlik jamiyati Yunonistonda jadallik bilan tarakkiy eta boshlaydi. Ayniksa, bu hududdagi Milet va Efes shaharlarida kuldorlik o‘zining yuqori bosqichiga erishadi. Oqibatda, bu shaharlar Yunon ilm-fani va falsafasining beshigiga aylanadi


Arastu (mil. avv. 384-322 y.y.) Yunoiistonning Stagira shaxrida tug‘ilib, 17 yoshida Afinaga kelib, Aflotun akademiyasiga o‘qishga kiradi va unda 20 yil ta’lim oladi. U Aflotun bilan juda ko‘p masalalarda munozaralar qilib, Aflotunning falsafiy ta’limotini rad qila boshlaydi. Aflotun vafotidan keyin Arastu Afinada o‘z maktabini tashkil qilib, uni yunon fani va falsafasining markaziga aylantiradi. U kadimgi Yunonistonda hamma ilmlarga oid yutuklarii egallab, ularni sistemalashtiradi, rivojlantiradi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi, jamiyatshunosligi, mantiq fani o‘zlarining dastlabki tarakkiyetini boshlanishi va ibtidosini Arastu ilmiy faoliyatidan olgan. Uning «Fizika», «Matematika», «Jon to‘g‘risida», «Kategoriyalar», «Ikkinchi Analitika», «Topika», «Organon» singari asarlarida samarali ijodi-tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikka, falsafaga oid qarashlari o‘zining to‘la ifodasini topgan.

Arastu o‘z davrida kadimiy Yunonistonda butun ilm-fan. san’at va siyosat soxalarida erishilgan hamma yutuqlarni falsafyy umumlashtirishga muvaffak bo‘lgan mutafakkirdir. Shuning uchui uning asarlari antik jamiyatning bilimlari jumladan, falsafiy tafakkur tarixining muhim malbai hisoblanadi. Uning kishilik tarixidagi Buyuk xizmatlari: ko‘pchilik bilim sohalariga oid ilmlar bilan birga, falsafiy ta’limotining progressiv tomonlarining keyingi O‘rta asrlar Sharq, Markaziy Osiyo, Hindiston va Uyg‘onish davri Yevropa xalqlari falsafiy tafakkuriga ko‘rsatgan katta ta’siridir


Download 416.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling