Qadimgi Gretsiyada
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati
Download 27 Kb.
|
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko’rib yashash uchun yaratgan ta'lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma'no va o’rin egallagan.
Markaziy Osiyoni Eron Ahmoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-327 yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o’zlarining madaniyati, dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o’rnatganlar. O'sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilaiga qarshi qo’zg’olonlar ko’taigan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovoriik qurollari kamondan o’q otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to’qmoq, kaltak, bolta, pichoq va h.k.) bo’lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan. Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish, otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o'ta ustalik bilan foydalanishni talab etgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 334 yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327 yilda hozirgi Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yerlarni bosib olgan. Bunda lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko’rsatgan. Lekin uning xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri bo'yicha eriga, eliga vafolik qilmagan ayol boshqalarga vafodor bo’lmaydi. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138 yilda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Chzyan Syan o’zining “Tarixiy bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo’li o’tganligi bu yerdagi xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo’lgan, Sharq mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan. Termiz yaqinidagi TESHIKTOSH G’ORI TOPILMALARI Ilmiy tadqiqotlarning guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), Afrosiyob (Samarqand), Xo’jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg’ona vodiysida So’x daryosi bo’yidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar o'rganilgan. Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan hayvonlarni ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o’ljani qo'lga kiritish uchun turli murakkab harakatlarni bajarishga to’g’ri kelgan. Bolalarni ham bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyasining ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kelgan. Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12 ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o’zgarib turuvchi bo’lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo’lgan. Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o’sha davr odamlarining yashash manbalariga aylangan. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko’llarda baliq ovi bilan shug'ullanish, ularning o’troq holda yashashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Faig’onaning neolit yodgorliklari - Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o'tilishi bilan islilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o'zgarishlar paydo bo’lgan.. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling