Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. avv. III asr) yozuvlarigina yetib klgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog`och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo’lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini o`rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan.
Janubiy Osiyo tarixini o`rganish XVII oxiridan aniqrog`i, 1784 yil Kalkuttada sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. XVIII asr oxirida sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi.
Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o’rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko’p tomli sanskrit lug`atlari paydo bo’ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini o’rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar.
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar boshlandi. Asrimizning 20-30 yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizasiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg`un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg`itilgan va faqat diniy deb talqin qilindi. Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati burttirib ko’rsatildi. Xind madaniyatining muxim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o’zlashtirilgan deb ko’rsatildi.
Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko’rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko’p xollarda yetarlicha tanqidiy taxlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum darajada modernizasiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |