Qadimgi lotin epigrafik yodgorliklari
Download 71.5 Kb.
|
Lotin epigrafik yodgorliklari
Lotin epigrafik yodgorliklari Reja: Antik lotin Yozuvlari. Antik lotin Yozuvlarida fuqaro burchlarining aks ettirilishi. Antik lotin lavxalari turkumlanishi. Bizga ma`lumki, lotin Yozuvi dunyodagi eng qadimgi Yozuvlardan biridir va mil. avv. VII – VI asrlarda to`liq shakllana boshladi. Qadimgi dunyo tarixidan ma`lumki, dastlabki davrlarda qog`ozning etishmasligi tufayli asosan sopol, taxtacha, toshlarga va metallar sirtiga yozganlar. SHu jumladan, lotin Yozuvlari ham paydo bo`lganidan to uzoq vaqtlargacha qattiq buyumlarga yozilgandir. Ana Shunday lotin epigrafik Yozuvlari, yodgorliklari hozirgi kunda juda ko`plab topilgan. Bunday epigrafik yodgorliklar asosan muzeylarda, bibliotekalarda va xususiy kollektsiyalarda saqlanadi. Eng ko`p lotin epigrafik Yozuvlari, yodgorliklari Italiyada saqlangan. Italiyada, Vatikandagi K`yaramonte muzeyi o`zining lotin epigrafik yodgorliklariga bog`liqligi bilan ajralib turadi. Muzeyning lapidariya galereyasida 5000 Yozuvli yodgorlik saqlanadi. Lotin epigrafik yodgorliklari kollektsiyasini boyligi jixatidan ikkinchi o`rinda Rimdagi Kapitoliy muzeyi turadi. Kapitoliy muzeyining lapidariya galereyasida 2000 dan ortiq lotin Yozuvli yodgorlik mavjud. Bulardan tashqari, lotin epigrafik yodgorliklari papa YUliy III (1550 – 1555) asos solgan uy muzeyida, Neapol, Florentsiya, Venetsiya, Verona, Paluy kabi shaharlaridagi muzeylarida saqlanmoqda. Lotin epigrafik yodgorliklari Rim imperiyasiga kirmagan mamlakatlar: Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, YAqin SHarq va SHimoliy Afrika mamlakatlarida saqlanmoqda. Rossiyada ham lotin Yozuv namunalari mavjud bo`lib, bu yodgorliklar XVIII – XIX asrlarda keltirilgan. Bu yodgorliklar asosan marmar toshi ustiga yozilgan bo`lib, asosan Sankt – Peterburgdagi Ermitaj va Pavlov muzeylarida saqlanadi. Endi biz lotin epigrafik yodgorliklari o`qilish uslubi va mazmunlari bilan tanishib chiqamiz. Lotin epigrafikasida ismni to`g`ri o`qiy olish katta ahamiyatga ega, chunki ism yodgorliklarda juda ko`p uchraydi. Eng ko`p uchrayraydigan ismlar qisqartirilgan shaklda berilgan. ERKAKLAR ISMINING YOZILISHI: Rimda erkaklar ismi Yozuvda ikki qismdan iborat bo`lgan: shaxsni ismi (praenumen) va urug`ning nomi (numen). Yozuvlarda erkaklarning shaxsiy ismlari qisqartirilgan shaklda berilgan. Masalan: A.Avl - bu so`z `lus ismining arxaik shaklidir.`lus ismi esa yodgorliklarda qisqartirilib, «O» tarzida yozilgandir. Gaius, Gnacus, Decimus, Marcus, Publins va xokazo ismlar ham qisqartirib berilgan. Umuman Rimliklarda ko`proq uchraydigan ismlar qisqartirib yozilgan. Qolgan ismlar, ya`ni kam uchraydigan ismlar yodgorliklarda to`laligicha yozilgan. Masalan: Annius, Apuns, Atta, Cussus,Denter va xokazo. YOdgorliklarda o`g`illar ko`proq otasining ismi bilan yozilgan. Mil. avv. 230 yili bunday an`ana senat qarori bilan ta`qiqlandi. Endi otaning ismi faqat katta o`g`ilga nisbatan ishlatiladigan bo`ldi. Urug` nomi Rim epigrafik yodgorliklarida quyidagicha yozilgan: Klassik Rim davrida urug` nomiga – “ius” qo`shimchasi qo`shilgan (Caecilius); pespublika davridagi urug` nomiga esa – is va - i qo`shimchalari qo`shilgan. (caecilis, caecili). Rimlik bo`lamgan urug`lar nomiga quyidagi qo`shimchalar qo`shilgan: Sabin – Osk urug`iga - enus – Alfenus, Varenus Umbr urug`iga - as - Maenas anas – Mabenas enas –Asprenas, Maecenas inas – Carrinas,Fulginas Etrusk urug`iga - arna - Mastrana erna – Perperna, Calesterna enna – Sisenna, Tapsenna ina – Caesina,Prastina inna – Spurrina YOzma yodgorliklarda urug` nomi to`liq yozilgan, mashhur urug`lar nomi qisqartma shaklda berilgan. Aelius – AEL Iulius- I,IVL Ant`nius – ANT,ANT`N Pumpeius – P`MP Aurelius – AVR Valerius – VAL Claudius – CL,CLAVD Ulpius – ULP Flavius – FL,FLA Lotin yozma epigrafik yodgorliklarida o`g`il, nevara va xokazolar quyidagi ko`rinishda uchraydi: F,FIL – filius – o`g`il N,NEP – nepus –nevara PRU,PRUN,PRUNED – prunerus – chevara ABN,ABNEP – abnepus – evara ADN,ADNEP – adnepus – duvara Masalan: mil. avv. 42 yili konsulning ismi quyidagicha bo`lgan: «Lucius Munatius, Lucii f(ulius), l(ucii), n (epus), l(ucii), prun(epus),Plancus” « Lutsiy Munatsiy Plank, Lutsiyning o`g`li, Lutsiyning nevarasi, Lutsiyning chevarasi». AYOLAR ISMINING YOZILISHI: So`nggi respublika davri va imperatorlik davrida ayollarning shaxsiy ismi yodgorliklarda yozilmagan, ayollar nomini yozish asosan – urug` nomini yozish bilan eslatilgan xolos. Agar ayollar bir uruqqa mansub bo`lsa, ularning nomi yoshidagi farq bilan yozilgan. Masalan: Luila Maiur – (katta), Luila Secunda (ikkinchi), Luila Tretia (uchinchi) va Luila Min`r (kichik) Mashxur ayollar o`z urug`i nomidan tashkari, ayol otasi urug`ining nomi bilan yozilgan. Yozuvlarda ba`zan ayolning urug`i nomi yoniga otasining ismi va urug`inomi kushib yozilgan: “Caecilae, q(uinti) Cretici f(iliac), Metellae, Crassi (uhuri)” «TSevilni Metella, Kvint Kretik qizi, Krass xotini» QULLAR ISMINING YOZILISHI: Qadimgi davrda Rimda qullar o`z shaxsiy ismlariga ega bo`lmaganlar. Qullar o`z xo`jayinining bolalari xisoblangan va hech qanday huquqqa ega bo`lmaganlar. Arxaik davrda qullar ismiga, o`z xujayinini ismiga “puer” (o`g`li) so`zi qo`shish bilan yozilgan. Keyinchalik kulchilikning rivojlanishi bilan, ahyon-ahyonda qullarning shaxsiy ismlari ham yoziladigan bo`lgan. YOdgorliklarda qulni qaerdan kelganligiga qarab, “Dacus” – Daniyalik, “Curintus” – Korinflik deb yozganlar. Umuman tosh, metal, sopol idishlardagi qadimgi lotin Yozuvlari mil. avv. VII –VI asrlarga mansubdir. Lekin bunday Yozuvlar juda kam. 1871 yili Prenesda uncha katta bo`lmagan tilla fibula (soch to`g`nag`ichga o`xshagan buyum) topilgan. Zargar bu buyumni taxminan mil. avv. VII asr oxiri VI asr boshlarida yasagan. Zargar tilla plastinkaga xafsala bilan «Maniy meni Numeziya uchun yasadi» deb o`yib yozgan. Harflar o`ngdan chapga qarab yozilgan. Yozuvdagi ikki harf Yunon alifbosida yo`q. Lotin nutqidagi o`ziga xos ovozlarni aks ettirish uchun bu harflar etrusk alifbosining ilk formasidan olingan. Rimdagi forum o`rnidan emirilib, harobi chiqqan tosh ustun topilgan. Ustunga «qora tosh» deb nom berishgan. CHor qirra ustunning hamma tomoniga Yozuvlar bitilgan. Olimlarning fikricha bu Yozuvlar mil. avv. VI asrga mansub. Yozuvdagi harflar yuqoridan pastga vertikal – bustrofeden usulida yozilgan. Harflarning yozilish yo`nalishi va ustunning emirilganligi Yozuvni o`qishni juda qiyinlashtirgan. Diyonisning qurbonlik idishiga gir aylantirib yozilgan uchinchi Yozuvning qaysi asrga mansubligi to`g`risida olimlar hozirgacha yagona fikrga kelgan emaslar. Ba`zi olimlar buni mil. avv VI asrga mansub desalar, boshqalari IV asrga mansub deb xisoblamokdalar. Qadimgi Rimda yuqorida aytganimizdek qullar xech qanday huquqqa ega bo`lmaganlar. Qullar savdo shartnomalari lavxalariga bitilgan qullarning ba`zilarini ko`rib chiqamiz: «Batonning o`g`li Maksim Passiya ismli qizchani sotib oldi yoki bu qizcha qandaydir bir ism bilan atalmaydi. Olti yoshda, shartnoma tuzildi va sotib olindi.» «Evtik Avgust quli (imperator quli), Yozuvchi» «Erst, oshpaz Posiddin quli». Bizgacha etib kelgan eng ko`p epigrafik yodgorliklar bu qabrtoshlardir. Imperator Avgust sharafiga yozilgan Yozuv ham bizgacha etib kelgan. Bu Yozuvlarni qo`rg`oshin yoki bronza lavxalarga yozish mumkin bo`lgan. Bunday materiallarga harf (belgi)lar o`tkir keskich bilan yozilgan. Rimda kundalik Yozuvlar uchun yuziga mum surtilgan taxtachalardan foydalanilgan. Mum qatlamiga o`tkir uchli cho`p «stil» bilan yozilgan. Yozuv o`z vazifasini o`tab bo`lgach, «stil» ning to`mtoq uchi bilan mum qatlami tekislangan va zarur paytda yana yozilgan. Rimliklar bunday taxtachalarni dasta-dastasi bilan bellariga bog`lab yurishgan, binobarin, ularda daftarcha vazifasini o`tagan. Harflarni qamishdan yasalgan uchli pero bilan, VI asrdan boshlab esa qush patidan yasalgan qalam (pero) bilan tirnab yozish mumkin bo`lgan. Bu xildagi «pero» (qalam) dan uzoq vaqtgacha foydalanilgan, o`tgan asrdagina uning o`rnini metall pero egallagan. Qog`oz ixtiro qilingach, ko`p muammolar hal bo`lgan va kitob yozish ishlari yurishib ketgan. II asrdan qog`oz butun dunyoga tarqala boshlagan va XIV asrda pergament batamom iste`moldan chiqib qolgan. 2. Antik lotin yozuvlarida fuqaro burchlarining aks ettirilishi. Rim etnografik yodgorliklarida, ya`ni lavxa Yozuvlarida ismdan keyin albatta o`sha shaxsning urug`i nomi va vazifasi ko`rsatilgan. Ko`pgina xollar rimliklar mansablarni o`zlari tushunadigan xolda qisqartirib yozganlar. SHuning uchun bu tur Yozuvlarni o`qish ancha qiyinchiliklarni tug`diradi. Yozuvlardagi mansablar bizga o`sha shaxs haqida , shaxsning qaysi tabaqaga oid ekanligi haqida to`liqroq ma`lumot beradi. Umuman lotin epigrafikasining vazifasi lavhalardagi qisqartirilgan Yozuvlarni to`laligicha o`qishdan iboratdir. Masalan, respublika davridagi senatorning ismi va mansabini ko`rib chiqamiz: «Gai Mari, Gaining o`g`li, ettinchi bor konsul bo`ldi, pretor, xalq tribuni, kvestor, avgur, Harbiy tribun». Bu Yozuvda mashhur sarkarda Gai Marii haqida so`z boradi, uning ettinchi konsulligi bor-yo`g`i bir necha kun davom etgan xolos. U mil. avv. 86 yil yanvarda vafot etgan. Imperator davridagi senator ismi va unvonlari haqida quyidagicha Yozuv mavjud: «Lutsii Dasumi Tulli Tusk, Publiining o`g`li, Stelatina voxasidan, Avgust maslaxatchisi, avgur, jamoat ishlari raxbari, YUqori Germaniya va YUqori Pannoniya pretori xodimi, davlat xazinachisi Afrika provintsiyasi xukmdori xuzuridagi xodim, imperator Antoni Avgust Pii Kvestori. To`rtinchi Flavii legioni Harbiy tribuni, oltin, kumush va mis tangalar zarb qildirgan.» Bu Yozuv 161 yili imperator Antoni Pii sharafiga yozilgan. Imperatorlar ismi va unvonlari yozilgan lavxalar ham qiziqarlidir. Imperatorlar ismlari yozilganda an`anaviy ism unvon «Imperator TSezar Avgust» qo`shib yozilgan. Lavxalarda ushbu imperator xalq tribuni va konsulligiga nechanchi marotaba saylanganligi ko`rsatilgan. Bunday ma`lumotlar imperator unvonlarini aniq belgilashga xizmat qiladi. Imperator unvonini yozishda faxriy «Vatan otasi» unvoni qo`shib yozilgan. Bunday faxriy unvonlar asrdan – asrga o`tib kelgan. YUliy Klavdiy oilasi imperatorlari faqat Germaniya laqabi bilan yozilgan. Imperator Grayan (98-117) esa Germancha, Daniyacha va Parfiyacha laqablar bilan eslatilgan. Diokletianda esa (-284 – 305) bunday laqablar o`nlab bo`lgan. Imperator vafot etgandan keyin - divus (iloiy) unvonini olganlar, o`ldirilgan imperatorlar xurmat va extirom bilan tilga olinganda, iloxiy degan unvon berilmagan. Eng oddiy va qisqa unvon Oktavian Avgustda bo`lgan: «Imperator TSezar Avgust, iloxiy o`g`il (YUliy TSezarning), 11 marta konsul, 8 marta imperator, xalq tribuni 6753 yil» Bu Yozuv mil. avv. 23 yili imperator Avgust 11 marta konsulika va 8-marta imperator lavozimiga saylanganda 1 iyul kuni 1-marta xalq tribuni lavozimiga saylanganda yozilgan. Keyinchalik «TSezar Avgust» imperatorlar nomiga qo`shib yoziladigan bo`ldi: Tiberiy TSezar Avgust (14-37 yillar), Gai TSezar Avgust Germanik (Kaliguli 37-41), Tiberiy TSezar Avgust Germanik (41-54 yillar) Milodiy II asrdan boshlab imperator titullari uzundan uzoq yoziladigan bo`ldi. Masalan: «Imperator TSezar, iloxiy Mark Antoniy Pii nevarasi, iloxiy Avrian chevarasi, iloxiy Trayan Parfiyalik evarasi, iloxiy Nerv duvarasi, Lutsii Septimiy Sever Pii Pertinaks Avgust Arabii, Avianebskiy, Parfiyalik buyuk, buyuk jangchi, xalq tribuni lavozimiga saylangan, 9-marta tribun, 11-marta imperator, 2-marta konsullikka saylangan, Vatan otasi, konsul oldi va imperator TSezar Lutsii Septimiy, Sever Pii Pertinaks Avgust Arabii, Aviabenskiy, Buyuk Parfiyalik o`g`li, Iloxiy Mark Antoniy Pii Germanskiy, Sarmatlik nevarasi, iloxiy Avrian chevarasi, iloxiy Trayan Parfiyalik va Nerv evarasi, Mark Avrelii Antoni Pii Bxatli Avgust to`rtinchi marta xalq tribuni lavozimiga saylandi. Arki TSeliy voxasida joylashgan.» Bu lavxa TSeliy arkidan topilgan, bunda imperator Septimiy Sever va o`g`li Karakalla eslatiladi.Sever xalq tribuni lavozimiga 9-marta, 10 deqabr 200 yilda, imperator unvonini 2-marta 198 yozda, ikkinchi konsul lavozimiga 1 yanvar 194 yilda; Karakalla xalq tribuni 4-marta 10 deqabr 200 yil olgan. Bundan ko`rinadiki, yuqoridagi lavxa 200-yil oxiri yoki 201 yil boshida yozilgan. Imperator katta o`g`li odatda «princeps inventutis” (yoshlar boshlig`i) unvonini olgan. Ba`zan voris - imperat`r destinatus (imperatorlikka tayinlanuvchi) yoki imperii neres (imperator xokimiyati vorisi) unvonini olishi mumkin edi. Imperator oilasidagi ayollar faxriy unvon bilan yozilgan: AVG – Augusta – Avgusta MC – Mater Castrurum – lager onasi MP – Mater Patriae - Vatan onasi MS – Mater Senatus – Senat onasi Lavxalarda imperatorning butun oilasi dumus Augusta yoki dumus divina (iloxiy uy) deb atalgan. 3.Antik lotin lavxalari turkumlari. Qadimgi lotin epigrafik yodgorlklari quyidagi turkumlarga bo`linadi:
fahriy Yozuvlar ilohiy Yozuvlar qabrtoshidagi Yozuvlar qurilish Yozuvlari turli buyumlardagi Yozuvlar shartnomalar xujjatlar Faxriy Yozuvlar Rimda qadimdan mavjud bo`lib, ular elogiya nomi bilan atalgan.Elogiya bu - biror shaxsning ma`lum bir xizmatiga atab yozilgan Yozuvdir. Mashxur Rimliklar o`z uylarida o`z mansablari uchun berilgan belgilarni avaylab saqlaganlar. Eng qadimgi elogiya Rimdagi Appievo ko`lidagi Kapen darvozasida Karnelii Stsipionov familiyasi nomida 1614 yili topilgan. Bu yodgorlik Albaniyadan keltirilgan toshga yozilgan bo`lib, bu elogiya mil. avv. 259 yili Lutsii Kornelii Stsipion Barbatning o`g`li, konsul Lutsii Kornelii Stsipion sharafiga yozilgan. Xuddi shu erdan 1780 yili qurilish ishlari olib borilayotganda bir qabrga duch kelindi. Qabr ikki qavatdan iborat bo`lib, birinchi qavatdan to`qqizta qabrtosh chiqqan, keyinchalik aniqlanishicha, bu qabrtoshlar mil. avv. 298 yili konsul lavozmiga saylangan Lutsii Kornelii Stsipion Barbatga tegishli ekan. Mil. avv. III asrga tegishli bo`lgan lotin elogiyalarini tashqi kiyofasiga e`tibor beradigan bo`lsak, lotin Yozuvlarini qadimgi Yunon Yozuvi prototiplaridan ancha uzoqlashganligini ko`ramiz. Faqat ba`zi harflar o`zining arxaik formasini saqlab qolgan. Masalan: L, N va P harflari. Umuman lotin elogiyalari she`riy tarzda yozilgan. Lutsii Kornelii Stsepion Barbat elogiyasi: «Lutsii Kornelii Stsepion Barbat (Sokolli), Gneemdan tug`ilgan, olijanob va mag`rur inson, tashqi ko`rinishi uning mag`rurlanishidan darak beradi; qachon ki u sizda konsul, tsenzor va edil bo`lgan, u Tavryaziya, TSizavna, Samniumni olgan, butun Lukoniyani bo`ysundirgan va u erdan juda ko`plab asrlar keltirgan.» Pompeydagi forum maydonidan Romul sharafiga yozilgan elogiyaning nusxasi topilgan: «Romul, Marsning o`g`li, Rim shaxriga asos solgan va bu shaharni 38 yil boshqargan, Rimliklarning birinchi doxiysi, u doxiylar xudosi Akronni o`ldirgan. TSenin shahrini bosib olgan, YUpiter Feretriy sharafiga ko`p ishlar qilgan, Kivirin deb nomlanadi». Ma`lumotlarga ko`ra Romul mil. avv. 753 yildan 716 yilgacha Rimda podsholik qilgan. Fahriy Yozuvlar antik dunyoda juda keng tarqalgan edi. Eng ahamiyatli Yozuvlar Rimdagi Triumfal arkida joylashgan. Bular imperatorlar Tit, Septimii Sever va Konstantin sharafiga yozilgan faxrli Yozuvlardir. Dastlabki ikkitasi – Forumda, oxirgisi – Forum orqasida Kolizeyda joylashgan. Arkdagi Tit Yozuvi Iuda urushi g`alabasiga bag`ishlangan Yozuvlar bo`lib, milodiy 70-yilda, qisqa shaklda yozilgan: «Senat va Rim xalqi iloxiy shaxsi Tit Vespasian Avgust – ilohiy Vespasianning o`g`li». Ilohiy Yozuvlar bu asosan xudolar sharafiga yozilgan Yozuvlar bo`lib, asosan ibodatxonalarda joylashgandir. Mashhur xudolarning ismi va sifatlari Yozuvlarda qisqartirib berilgan: I`M – Iuvi Uptimu Maximu – YUpiter barcha iloxlardan yuksakdir. MDM – Matri Deum Magnae – Buyuk ona xudo DIM – Deu Invictu Mithrae – Engilmas Mitra xudosi Mana Shunday madxiya Yozuvlardan birini ko`rib chiqamiz: «Hamma ilohlardan ustun YUpiter Mark Trebiy Alfiy, Mark o`g`li. Palatin vodiysidan, yuksak martabali suvoriy, Akvilledagi sud xodimi, Norikadagi temir konlari soliq yig`uvchisi.» Ba`zan shaxslarning o`z xo`jayini va imperatorlariga madxiyalar o`qiganlar: «Hamma shoxlardan ustun YUpiter Mark Ulpiy Kvintian sharafiga, mening xujayinim, Prokul tayyorladi.» Qabrtosh Yozuvlari boshqa Yozuvlarga nisbatan yaxshi saqlangan. Qadimgi Yozuvlarning bu turi boshqa Yozuvlarga nisbatan qisqaligi bilan ajralib turadi, Yozuvlarda asosan dafn etilgan shaxs haqida qisqacha ma`lumot beriladi. Mil. avv. I asrga oid qabrtoshlardagi Yozuvlarda asosan Manam xudosi tilga olingan. Qurilish Yozuvlari asosan jamoat inshootlarida bo`lib, yangi qurilgan va qayta tiklangan binolarga yozilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: E.V. Fyodorova «Vvyodenie v latinskuyu epigrafiyu», MGU-1982 g. V. Dravchuk «Yozuvlar o`tmish sirlari shoxidi», Toshkent, O`zbekiston – 1980 yil. K.Konrad «Istoriya alfavita», Sankt – Peterburg, 1908 g. www.ziyonet.uz www.e-tarix.uz Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling