Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi
Reja:
1.
Qadimgi Mitanni davlati
2. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi.
3. Mitanni davlatining xo`jaligi.
4. Yangi Bobil podsholigi.
5. Yangi Bobil podsholigining qulashi.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Qadimgi Mitanni davlati. Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g`arbida
joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog`lik, janubiy
qismi esa qisman tekisliklardan iborat. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan
boshlanadi.
Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida bu o`lkada
Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini
hurritlar
tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar bilan aralashib ketadilar.
Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi. Mitanni
Kichik Osiygi,
Finikiya, Suriya va Palastinga o`z ta`sirini o`tkazgan.
Miloddan
avvalgi XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett,
goh Bobil, goh Ossuriya bilan
urushlar olib boradi. Janglarda Mitanni qo`shinlari goh yengadi, goh yengiladi.
2. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi. Bu davrda Xett davlati
kuchayib, Mitanni ustiga qo`shin tortadi. Jangda
Mitanni podshosi Tushratti
qo`shinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti
o`ldiriladi. Ossuriya Alshi
davlatlarr ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni
qo`shinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o`g`li
Shattivasni taxtga
o`tqizib, unga o`z qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni
Xett daylatiga qaram
bo`lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o`ziga qaram qilib
olmoqchi bo`ladi. Ammo ossur qo`shinlari yana g`olib chiqib,
Mitanni podshosi
oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti
Vashshukan ossur qo`shinlari tomonidan
vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g`alaba qozonib, mamlakatni
vayron etadilar. Ko`p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi.