Ocharchilik
kuchayib, odamlar bir-birlarining go`shtlarini yeydilar.
Bobil
ossurlarga tobe bo`lib qoladi.
5. Yangi Bobil podsholigi. Ossurlarning
jabr-zulmiga qarshi miloddan
avvalgi 628-yili Xoldey hukmdori
Nabopalasar boshchi-ligida qo`zg`olon
ko`tariladi. U ossurlarni Bobildan haydab chiqarib, Yangi Bobil podsholigiga asos
soladi. Bobildan quvilgan ossurlar Misr fir`avni
Nexo bilan ittifoq tuzib,
bobilliklarga qarshi kurashni davom ettiradilar.
Miloddan avvalgi 605-yilda Nabopalasar vafot etib, taxtga uning o`g`li
Navuxodonosor II (605–562) o`tiradi.
Miloddan avvalgi 605-yili Karxamish
yaqinidagi bo`lgan jangda Bobil qo`shinlari Misr-Ossuriya qo`shinlari ustidan
porloq g`alabaga erishadilar. Navuxodonosor II qo`shinlari Suriyani ishg`ol qilib,
misrliklarni o`rtaer dengizining sharqiy sohilidan siqib chiqaradi.
Shu davrda quldorlikka
asoslangan Yangi Bobil podsholigi kuchayib, Bobil
shahri gullab-yashnaydi. U sharqning eng obod, ko`rkam
va aholisi gavjum
shaharlaridan biriga aylanadi.
6. Yangi Bobil podsholigining qulashi. Miloddan avvalgi 562-yili Yangi
Bobil podsholigining so`hggi podshosi Navuxodonosor II olamdan ko`z yumadi.
Podsho vafotidan so`ng mamlakatda toj-taxt uchun ruhoniylar bilan harbiylar
o`rtasida kurash boshlanib ketadi. Bu kurashda ruhoniylar g`olib chiqib, Bobil
taxtiga o`z vakillari
Nabonidni o`tqizadilar. U Bobilda
miloddan avvalgi 556–
Do'stlaringiz bilan baham: