Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Download 40.5 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1254678
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)

Ijtimoiy tuzumi
X asrda qadimgi Rusda feodal munosabatlar, ya’ni feodallarning yerga egaligi paydo bo‘ladi. Qabila boshliq-lari katta yer egalariga aylanadi. Feodal yer egalariga: knyaz, boyarlar va ruhoniylar kirardi. Knyaz eng yirik yer egasi bo‘lib, uning yer egaligi jamoa yerlarini, bo‘sh yerlarni egallab olish orqali kenga-yib bordi.
Boyarlar - urug‘, qabila ichidan o‘sib chiqqan savdogarlar, ja-moa a’zolari, boy hunarmandlar bo‘lib, asta-sekin knyazning vassaliga aylangan. Knyaz drujinachilari ham boyarlarga aylandi. Ular xizmat uchun yer olib, tobora boyib boradilar. Yerga egalikning asosan quyidagi ikki shakli mavjud bo‘lgan: votchina va pojalovaniya (xizmat uchun haq) tarzida in'om qilingan yerlar.
Knyazning boyarlari, drujinachilari bo‘lib, ular knyazga harbiy jihat-dan ham bo‘ysunardi. Feodallarning hayoti, sog‘ligi, mulki qattiq himoya qilinardi.
Mehnatkashlar ommasining asosiy qismini smerdrlar (feodallar tomonidan asoratga solingan qishloq aholisi) tashkil etardi. Zakuplar ham bo‘lib, ular feodallardan kupa - pul summasi yoki natural yordam olib, buning evaziga unga ishlab berishi lozim edi. Ularning qarz to‘lashi juda og‘ir edi. Agar zakup qochsa, xolopga - qulga aylantirilardi. Lekin zakupni urish, xoloplikka sotish mumkin emas, uning sudga shikoyat qilish huquqi mavjud edi. Zakupning mulki ham daxlsiz hisoblanardi.
Qadimgi Rus davlatida qullar ham bo‘lgan. Ular xoloplar, chelya-dinlar deb atalgan. Lekin qulning mehnati uy xarakterida edi. Dehqonlar qarzini o‘z vaqtida to‘lay olmasa, ruxsatsiz uylansa, xo‘jayinini haqorat qilsa xolopga aylanishi mumkin edi. Qullar umuman huquqsiz bo‘lib, ular uchun xo‘jayini javob berardi.
Dehqonchilikning rivojlanishi bilan undan hunarmandchilik va savdo ajralib chiqadi. Hunarmandlar va savdogarlar paydo bo‘ladi. Ularning ha-yoti va mulki himoya qilinardi. Shaharliklar soliq to‘lashdan ozod edilar.
K
Davlat tuzumi
iyev Rusi qat’iy markazlashgan davlat emas edi. U boshqarish shakliga ko‘ra ilk feodal monarxiyasi bo‘lib, u syuzerenitet-vassalitet prinsipiga asoslanardi. Kiyev knyazi buyuk knyaz hisoblansa ham hokimiyati kuchli emas edi. Joylardagi knyazlar unga, ya’ni syuzeren knyazga vassal hisoblanardi. Kiyev knyazi va mahalliy knyazlar o‘rtasida krest (xoch, but)ni o‘pib, qasam ichish orqali shartnomalar tuzilardi. Bunday shartnomalarda katta knyazlarning huquq va majburiyatlari o‘rnatilardi. Bular: «kichik, vassal knyazlarga har-biy yordam ko‘rsatish, yer berish va uni himoya qilishdan iborat edi. Vassal syuzerenga quloq solishi, harbiy, iqtisodiy yordam berishi, uni hur-mat qilishi lozim edi va hokazo. Knyazlararo shartnomalarni buzganlik uchun vassallar yeridan mahrum qilinardi.
Davlat tepasida buyuk knyaz turgan. U sud, harbiy va qonun chiqarish hokimiyatiga ega edi. Tashqi munosabatlar ham u tomondan olib borilgan. Taxt katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tardi.
Buyuk knyaz Boyarlar kengashiga tayanib ish olib borardi. Boyar-lar kengashi maslahatchi organ edi. U yirik boyarlar, oliy ruhoniylar: mit-ropolitlar, yepiskoplar va boshqalardan iborat tarkibda edi. Kengashda urush, sulh, boshqa davlatlar bilan ittifoq tuzish masalalari hal qilinardi. U qonunlarni muhokama qilar, ba’zi sud funksiyalarini ham amalga oshirar, harbiy, ma’muriy, moliyaviy va boshqa masalalarni hal etishda ishtirok etardi. Knyaz yo‘qligida yoki o‘limidan keyin Kengash asosiy hokimiyat organi bo‘lib qolardi. Lekin u doimiy organ bo‘lmay, vakolatlari ham aniq o‘rnatilmagandi. U knyaz tomonidan vaqti-vaqti bilan chaqirilgan.
Buyuk knyaz zarur hollarda Veche - shahar aholisining yig‘ilishini ham o‘tkazardi. Vecheda asosan erkaklar qatnashardi. Xoloplar va oila boshlig‘iga bo‘ysunuvchilar qatnasha olmasdi. Veche knyazni saylash, tasdiqlash yoki ishdan olish, urush va tinchlik, yuqori mansabdor shaxs-larni tayinlash masalalarini hal qilardi. Unda qarorlar baqirishlar yo‘li bilan qabul qilingan. Keyinchalik feodalizm rivojlanishi bilan Veche o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Maxsus hollarda knyaz tomonidan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etish uchun feodallarning syezdlari chaqirilardi. Syezdlarda knyazlarni saylash va haydash, urush e’lon qilish, tinchlik shartnomalarini imzolash, yangi qonunlar chiqarish va boshqa masalalar hal qilinardi.
Davlat apparati tizimida markazda saroy-votchina boshqaruvi, joylarda esa boqimandalik (kormleniya) tizimi mavjud edi.
Dastlab harbiy boshliqlardan iborat mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilar bo‘lgan. Keyin mingboshi harbiy boshliqqa aylangan, yuzbo-shi esa shaharning sud-ma’muriy mansabdor shaxsi bo‘lib qolgan. Keyin-chalik boshqaruvning songa oid tizimi o‘rniga saroy-votchina boshqaruv tizimi vujudga keladi va buyuk knyaz xo‘jaligida saroybon, xazinachi, otboqar singari xizmatchilar shakllanadi.
Joylarda boshqaruv juda sodda tashkil etilgan. O‘lkalarda mahalliy knyazlardan tashqari noiblar (namestniklar) va volost boshqaruvchilari ham mavjud edi. Ular o‘z xizmatlari evaziga aholidan yegulik («korm») olardilar. Shu tariqa kormleniya (boqimandalik) tizimi vujudga keladi.

Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling