Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Download 40.5 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1254678
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)

Jinoyat huquqi borasida Rus huquqining imtiyoz huquqiga ega ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, xoloplarning shaxsi va mulki umuman himoya qilinmagan. Ular jinoyat subyekti hisoblanmagan. Qaram dehqonlarning shaxsi va mulki erkin kishilarnikiga qaraganda kamroq darajada himoya qilingan. Masalan, Rus haqiqatida ognishanin (yuqori tabaqa vakili) yoki knyazlik erkagini o‘ldirganlik uchun aybdor knyaz foydasiga 80 griven, erkin kishini o‘ldirganlik uchun esa - 40 griven, smerdni o‘ldirganlik uchun bor-yo‘g‘i 5 griven jarima to‘lashi nazarda tutilgan.
Rus haqiqati bo‘yicha jinoyat tushunchasi «ozor yetkazish» sifatida ifoda etilgan. Bunda moddiy, jismoniy yoki ma'naviy talofat yetkazish hisobga olinmagan. Jinoyat subyekti feodallar, shaharliklar va dehqonlar bo‘lgan. Xoloplar va qullar qilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Ular uchun xo‘jayinlari javob bergan. Rus haqiqati bo‘yicha, xolop erkin kishini ursa, erkin kishi xolopni o‘ldirish huquqiga ega edi. Bu qoida knyaz Yaroslav tomonidan bekor qilinib, uning o‘rniga aybdor xolopning xo‘jayinidan jarima olinadigan bo‘ldi. Jinoyat ishtirokchilari aybning darajasiga qarab ajratilmagan, ular bir xil jazolanganlar.
Jinoiy harakat obyekti knyaz hokimiyati, shaxs, mulk, axloq hisoblangan. Qasddan yoki tasodifan qilingan jinoyatlar ajratib ko‘rsatil-gan. O‘g‘rini jinoyat joyida o‘ldirish uchun jazo berilmagan. Mastlik yoki g‘azab natijasida qilingan jinoyat uchun yengil jazo berilgan.
R
Qadimgi Rusning huquq tizimi
usda uzoq vaqt qonli o‘ch olish odati saqlanib qolgan. Bu odat Yaroslav haqiqatining 1-moddasida ham ko‘rsatilgan edi. Lekin Yaroslavichlar qonli o‘ch olishni pul jarimasi bilan almashtirganlar.
Jazoning quyidagi turlari ma’lum:

  1. O‘lim jazosi. Bu Rus haqiqatida yozib qo‘yilmagan bo‘lsa ham, lekin yilnomalarda ko‘rsatilganidek, turli feodallar hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olonlar va xoinliklar uchun o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Masalan, 1068 yilda Kiyevda knyaz hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon tashkilotchilari va ishtirokchilaridan 70 kishi knyaz Izyaslav tomonidan osib o‘ldirilgan. Umuman Rusda xoin knyaz udelidan, boyarin esa boshidan mahrum qi-lingan.


  2. Download 40.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling