Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)


Bosqinchilik va talon-taroj jazosi


Download 40.5 Kb.
bet5/5
Sana09.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1254678
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Rus davlati va huquqi (IX-XII asrlar)

Bosqinchilik va talon-taroj jazosi. Bu og‘ir jazo bo‘lib, ot o‘g‘rilariga, o‘t qo‘yuvchilarga va talonchilarga nisbatan qo‘llanilgan. Bunda jinoyatchining mol-mulklari musodara qilingan, o‘zi va uning oila a’zolari qulga aylantirilgan.

  • Vira - tovon, xun haqi jazosi. Qadimgi Rusda odam o‘ldirganlik uchun knyaz foydasiga undiriladigan pul jarimasi shunday deb atalgan. Boylar uchun - 80-40 griven; oddiy xalq uchun - 6-5 griven kumush, shuningdek jabrlanuvchi oilasiga boshqacha alohida jarima undirilgan. Uning miqdori aniq belgilanmagan. Qadimgi Rusda jamoa javobgarligi ham mavjud edi.

  • Sotish. Bu - knyaz foydasiga undiriladigan jarima.

  • Tana a’zolaridan mahrum qilish jazosi. Qo‘l, burun, quloq va barmoqlarni kesish.

    Jinoyat turlari:

    1. Knyaz hokimiyatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar: qo‘zg‘olon, xiyonat, fitna va boshqalar.

    2. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar. Odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, urish, qo‘l, oyoq yoki ko‘zidan mahrum etish, haqorat qilish: so‘z bilan yoki harakat bilan - soqollarini, mo‘ylovlarini kesish, itarib yuborish va hokazo.

    3. Mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar. O‘g‘rilik, binolarga o‘t qo‘yish, chegara belgilarini buzish va boshqalar.

    4. Dinga qarshi qaratilgan jinoyatlar. Cherkov o‘g‘irligi, qabrni o‘g‘irlash, cherkovga hayvon va parranda olib kelish, o‘rmonzorlarda, suvlarda xudoga sig‘inish, jodugarlik kabilar.

    Sud jarayonida jinoyat va fuqarolik ishlari bir-biridan ajratilmagan. Ikkalasi bo‘yicha ham yagona sud jarayoni mavjud edi. Rus haqiqati bo‘yicha sud jarayoni tortishuvdan iborat edi. Ikkala tomon ham da’vogar hisoblangan va deyarli bir xil huquqlarga ega bo‘lgan. Sudda ular o‘z qarindoshlari va qo‘shnilari o‘rtasida so‘zga chiqqanlar. Qarindosh va qo‘shnilar sudda ularning yordamchilari sifatida qatnashishgan.
    Sud jarayoni javobgarni sudga chaqirish bilan boshlangan. Alohida jinoiy ishlar bo‘yicha jinoyatchini izlab topish uchun qidiruv choralari ham ko‘rilgan.
    Download 40.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling