Qadimgi Sparta davlati Reja


Urushning ikkinchi bosqichi


Download 99.5 Kb.
bet15/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1479927375 66197

4. Urushning ikkinchi bosqichi. Ammo Nikiy sulhining shartlari to`liq bajarilmagach, Afina bilan Sparta o`rtasida yangidan urush boshlanadi.
Miloddan avvalgi 415-yilda afinaliklar 260 harbiy kema, 32 minglik katta qo`shin bilan Sitsiliya oroli tomon jo`nagan. Afina qo`shiniga Alkiviad, Nikiy va Lamaxlar rahbarlik qilganlar. Alkiviad xoinlik qilib spartaliklar tomonga qochib o`tgan va afinaliklarning harbiy sirlarini ularga aytib bergan. Nikiy urushni to`xtatishga umid bog`lab, urush harakatlarini paysalga solgan. Bu davr ichida sitsiliyaliklar mudofaaga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Ayni paytda Sitsiliyada yashayotgan yunonlar afinaliklarga dushmanlik munosabatida bo`lganlar. Afina qo`shinlari Sirakuzani qamal qilganlar. Lekin bu qamal muvaffaqiyatsiz chiqqan. Miloddan avvalgi 413-yili Demosfen boshliq Afina floti Sparta va ittifoqchilar tomonidan tor-mor etilgan. Jangda Nikiy, Demosfen va Lamaxlar ham halok bo`lganlar. Asir qilib olingan afinaliklar qul qilib sotilgan. Sitsiliyadagi mag`lubiyat Afinaning obro`sini tushirib yuborgan. Miloddan avvalgi 413-yili Sparta qo`shinlari Afinadan 22 kilometr naridagi Dekeleya qishlog`ini bosib olganlar. Spartaliklar Afina qullariga murojaat qilib Dekeleyaga qochib o`tishga da`vat qilganlar va ulaiga ozodlik berishni va`da qilganlar. Shundan so`ng 20 mingdan ortiq qul Dekeleyaga qochib o`tgan. Afina xavf ostida qolgan. Afinaliklar shaharni himoya qilish uchun barcha choralarni ko`iganlar. Afina floti dengizda kuchli edi. Uni yengish uchun Sparta eron shohi Doro II ga murojaat qilgan. Bu taklif Doro II tomonidan qabul qilingan. Jangda spartaliklar g`alaba qozonishgan. Sparta Yunonistonning Kichik-Gsiyodagi yerlarining hammasini Eronga berishga va`da qilgan. Bu davrda Afina butun kuchini flotni qayta tiklashga va o`z ittifoqchilari bilan aloqani yaxshilashga sarf qilgan.
5. Afmaning mag`lubiyati va urushning tugashi. O`z flotini mus-tahkamlab olgan Afina Egey dengizining turli joylarida Sparta floti bilan jang olib borgan. Bu orada Alkiviad eronliklarga sotilib, undan yana Afinaga qaytgan. Bir necha janglarda u spartaliklar flotini yenggan. Buning evaziga afinaliklar uni afv etishgan.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling