6. Manzilgohlardagi yunon shahar-davlatlarining ahamiyati. Yunoniston manzilgohlarining tashkil topishi Yunoniston xo`jaligining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatdi. Manzilgohlarda barpo bo`lgan shahar-davlatda hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik tez rivojlana bo`lgan. Manzilgohlardan Yunoniston polislariga arpa, bug`doy, asal, mum, yog`och va boshqa mahsulotlar yuborib turilgan. Yunonistondan esa manzilgohlarga har turli hunarmandchilik mahsulotlari va zargarlik buyumlari kelib turgan. Ayni paytda Yunon qul bozorlariga manzilgohlardan ko`plab quljar ham keltirib turilgan. Manzilgohlar bilan yunon polislari o`rtasidagi savdo aloqalari har ikki tomon uchun katta ahamiyatga ega edi.
Shu bilan birga yunon madaniyati manzilgohda yashagan mahalliy xalqlar madaniyatining rivojiga o`zining ijobiy ta`sirini o`tkazgan. O`z o`rnida manzilgoh xalqlarining madaniyatidan yunonlar ham bahramand bo`lganlar.
Peloponnes-Afina urushlari
1. Urushning kelib chiqish sabablari. Miloddan avvalgi V asr o`rtalariga kelib Yunonistonda bir-biriga dushman ikki ittifoq vujudga keldi. Ulardan biri Sparta boshliq Peloponnes, ikkinchisi esa Afina boshliq 1-Afina dengiz ittifoqidir. Yunon-Eron urushi davrida har ikki ittifoq birlashib Eronga qarshi kurash olib bordilar. Bu urush Yunon davlatlari ittifoqining g`alabasi bilan yakunlandi. Yunon-Eron urushidan so`ng har ikki ittifoq davlatlarning boshliqlari Yunonistonda o`z mavqelarini kuchaytirish uchun kurash boshladilar. Bu masala urushni keltirib chiqargan bosh omil edi. Bu urush tarixda Peloponnes urushi nomi bilan mashhur bo`lgan. Peloponnes urushi ikki bosqichdan iborat bo`lib, birinchi bosqichi miloddan avvalgi 431–421-yillarni, ikkinchi bosqichi esa 415– 404-yillarni o`z ichiga olar edi.
2. Urushning boshlanishi va borishi. Miloddan avvalgi 431-yilga kelib Afina bilan Sparta ittifoqiga birlashgan davlatlar o`rtasida qarama-qarshilik kuchayib ketadi.
Miloddan avvalgi 431-yili Peloponnes ittifoqining rahbari Sparta Afinaga qarshi urush harakatlarini boshlab yuboradi. Urushga Sparta podshosi Arxidam II boshchilik qilgan. Shuning uchun bu urash Arxidam urushi ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |