Qadimgi Sparta davlati Reja
Miloddan avvalgi 443-yilda
Download 99.5 Kb.
|
1479927375 66197
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi V asrda
Miloddan avvalgi 443-yilda aslzoda va badavlat oiladan chiqqan Perikl degan kishi xalq yig`ini tomonidan Afinaning bosh strategi qilib saylangan. U bu vazifada 15 yil uzluksiz ishJagan. Perikl iste`dodli, bilimli va notiq kishi bo`lgan. U o`z faoliyati davomida demos manfaatini himoya qilib, butun Yunonistonni Afina qo`l ostida birlashtirishga harakat qilgan. U butun choralar bilan Afina dengiz ittifoqini mustahkamlab, unga yangi ittifoqchilarni jalb qilgan. Ittifoqdan chiqib ketishga uringan shahar-davlatlarni ittifoqda qolishga undagan. Ittifoqda qolishni istamaganlarni esa qurol kuchi bilan ittifoqqa itoat ettirgan. U Afina davlatini mustahkamlash uchun quruqlikdagi qo`shin va harbiy-dengiz flptini kuchaytirishga alohida e`tibor bergan.
Perikl mamlakat xalq xo`jaligining ravnaqi, me`morchilik va madaniyat ishlarini rivojlantirish uchun o`zining katta hissasini qo`shgan davlat arbobi edi. U miloddan avvalgi 429-yili yuqumli kasallikdan vafot etgan. 2. Afina demokratiyasining quldorlik xususiyatlari. Afinada davlatni Sharq mamlakatlaridagi cheksiz huquqqa ega bo`lgan fir`avn, shahanshoh va podsholar emas, balki xalq yig`ini saylab qo`ygan strateglar boshqarganlar. Bu so`zning ma`nosi yo`lboshchi, harbiy boshliq demakdir. Afinada davlatni boshqarish usulini demokratiya deb ataganlar. Demokratiya «demos» so`zidan olingan bo`lib, ma`nosi xalq demakdir. «Demokratiya» esa xalq hokimiyati demakdir. Chunki Afinani boshqaradigan hamma amaldorlar va kengash a`zolari xalq yig`inida ma`lum muddatga saylangan. Miloddan avvalgi V asrda Afina quldorlik demokratiyasi o`zining eng yuqori pog`onasiga ko`tarilgan. Yunonistonning boshqa shahar-davlatlarining aksariyatida Afina demokratiyasi singari boshqaruv usuli qo`llanilgan. Bu quldorlik demokratiyasi quldorlarning qullar ustidan hukmronligini ta`minlaydigan idora usuli edi. Bu idora usulidan Attikaning tub joy aholisiga mansub bo`lgan erkaklar foydalanganlar. Ular xalq yig`inida faol qatnashib, saylash va saylanish huquqiga ega edilar. Boshqa mamlakat, boshqa shahar-davlatlardan kelgan kishilar esa saylash va saylanish huquqidan mahrum bo`lganlar. Ular Attikada yashayotganliklari uchun soliq to`lar edilar. O`zini attikalikman deb aldagan o`zga mamlakat fiiqarosi qulga aylantirilgan. Attikalik va afinalik ayollar xalq yig`inida qatnashtirilmas, ular saylash va saylanish huquqidan mahrum edilar. Ularning bosh vazifasi – «uy-ro`zg`orni yaxshi tutish va eriga itoatda bo`lish»dan iborat bo`lgan. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling