Qadimgi Sparta davlati Reja


Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida


Download 99.5 Kb.
bet7/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida Afina o`z kuch-qudratining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan.
2. Yunoniston xo`jaligi. Yunoniston, shuningdek Attika aholisi xo`jaligining asosiy tarmoqlaridan biri dehqonchilik bo`lgan. Ular sabzavot va mevali daraxtlar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar. Yunonistonda arpa, bug`doy, tariq va boshqa don ekinlari ham ekkanlar. Biroq, Yunonistonda yetishtirilgan g`alla aholi talabini qondira olmagan. Shu tufayli g`alla Yunonistonga Italiya, Sitsiliya va Shimoliy Qora dengiz bo`ylaridagi viloyatlardan keltirilgan.
Yunonistonda chorvachilik sero`t yaylovlar kam bo`lganligi uchun yaxshi rivoj topmagan edi. Lekin yunonlar chorvachilik bilan ham shug`ullanganlar. Ular qoramol, cho `chqa, qo`y, echki, eshak, xachir va ot boqqanlar. Chorva aholini go`sht, yog`, jun, teri, sut, qatiq mahsulotlari bilan ta`minlagan. Ot, eshak, xachir va ho`kizlardan uy-ro`zg`or, qishloq xo`jaligi va harbiy maqsadlarda foydalanilgan.
Yunonistonni hunarmandchilik mamlakati desa ham bo`ladi.
Miloddan avvalgi VI–V va undan keyingi asrlarda hunarmandchilik juda ham rivojlangan.
Yunonistonning yirik qishloqlari va shaharlarida Ergastriyalar nomi bilan mashhur bo`lgan ishxonalar va ustaxonalar ko`p edi. Bunday Ergastriyalarda 20–30 kishi ishlab, ularning asosiy qismini yollanma ishchilar va qullar tashkil etgan. Mashhur notiq Demosfenning yozishicha otasining qurolsozlik ishxonasida 32 qul ishlagan ekan. Hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida Yunoniston polislari, xususan Afina nihoyat darajada boyib ketgan. Yunonistonda qishloq xo`jaligi, ayniqsa hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiqning yanada ravnaq topishiga olib kelgan. Yunonistonning har bir shahri va yirik qishloqlarida ochiq va yopiq turdagi bozorlari bo`lgan. Yunoniston fuqarolari va xorijiy savdogarlar shu bozorlarda o`z mahsulotlarini sotganlar va boshqa buyumlar sotib olganlar. Polis markazlari, xususan Afina savdo-sotiqning muhim markaziga aylangan. Afinadan 5–6 km masofada joylashgan Pirey Attikaning asosiy savdo-sotiq porti hisoblangan. Bu portda turli buyumlar saqlanadigan omborxonalar, kema quradigan va ta`mirlaydigan ustaxonalar bo`lgan. Portga uzoq-yaqin mamlakatlarning savdo kemalari tez-tez kelib-ketib turgan. Afinaning dengizdagi hukmronligi savdo-sotiqning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan. Yunoniston, Afmaning savdo kemalari harbiy flot himoyasida Sitsiliya, Italiya, Misr, Kichik Osiyo, Frakiya, Finikiya, Sparta, Qora va Marmar dengizi so-hilidagi mamlakatlar va shaharlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.
Savdo-sotiqning rivojlanishi Afinani Yunonistondagi eng qudratli, boy davlatga aylantirgan.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling