Qadimgi Sparta davlati Reja


Yunonistonda qulchilikning kuchayishi


Download 99.5 Kb.
bet8/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

3. Yunonistonda qulchilikning kuchayishi. Yunoniston qulchilik rivojlangan qadimgi mamlakatlardan biridir. Bu mamlakatda qulchilik miloddan avvalgi III mingyillik oxiri va II mingyillik boshlarida vujudga kelgan. Qulchilikning asosiy manbai urush bo`lgan. Urushda mag`lub tomonning askarlari asirga olinib qulga aylantirilgan. Dengiz qaroqchilari ham savdo kemalariga hujum qilib savdogarlarni talaganlar, o`zlarini asir olib qul sifatida sotib yubo`lganlar. Qaroqchilar ba`zan tinch aholiga hujum qilib mol-mulklarini talab, odamlarni qul qilib olib ketar edilar.
Qulga aylantirishning shakllaridan biri qarzdorlik edi. Qarzini to`lay olmagan odamlar qarzdan qutulish uchun o`z bolalarini boylarga berar yoki qarz badaliga o`zlari qulga aylanar edilar.
Yunon-Eron urushidan so`ng Yunonistonda qulchilik munosabatlari kuchayib ketadi. G`olibona janglardan so`ng yunon askarlari mamlakatga ko`plab asirlarni haydab kelar va ularni qul qilib sotishar edilar. Kichik Osiyo sohillariga qilingan g`olibona yurish va janglardan so`ng yunonlar 20 mingdan ortiq kishini asir qilib, ularni qul bozorlarida sotganlar. Yunonistonning barcha shaharlari va orollarida qul bozorlari bo`lgan. Bozorlarning eng kattasi Xios orolida bo`lib, unda turli mamlakatlardan olib kelingan ayollar, erkaklar, qizlar va yosh bolalar qul qilib sotilgan. Qul egasi qullarning ko`kraklariga taxtachalar osib qo`ygan bo`lib, unga qulning yoshi, kasb-kori, qayerlik ekani va boshqa sifatlari yozilar edi.
Xaridorlar qullarni har tomonlama ko`rib, sinab, so`ng mol singari savdolashib olganlar.
4. Qullar mehnatidan foydalanish va ularni jazolash. Qullarni sotib olishdan maqsad ularni ishlatishdir. Qullar asosan tosh va ma`dan konlarida, shuningdek yo`1 qurilishida, me`morchilikda, portlarda kemalarga yuk ortish va yuk tushirish kabi og`ir ishlarda ishlatilgan. Savdo va haibiy kemalarning eshkakchilari ham qullardan bo`lgan. Qullar kulolchilik, temirchilik ustaxonalarida ustalar top-shiigan barcha ishlarni bajaiganlar. Katta yerli dehqonlar ham qullar mehnatidan foydalanganlar. Qullar yer haydar, qo`1 tegirmonlarida arpa-bug`doyni maydalab un tayyorlar edilar. Ular uzumzor va zaytunzorlarda ishlab, uzum va zaytun mevalaridan sharbat chiqarganlar. Ular har turli qishloq xo`jalik mahsulotlarini eshak, xachir, aravalarga ortib, yelkalarida ko`tarib bozorlarga olib borganlar.
Yunon aslzodalari qul va cho`rilardan uy xizmatkorlari sifatida ham foydalanganlar. Boy-badavlat kishilar va o`ziga to`q xonadonlarda 3–4 dan 50–60 gacha qul va cho`rilar xizmat qilganlar.
Qadimgi Yunonistondaqullar baicha insoniy huquqlardan mahrum edilar. Shuning uchun ularga tirik mavjudot sifatida qaraganlar. Qullar o`z mehnatlari samarasidan bahramand bo`lmay, juda qashshoq yashaganlar.
Nazoratchilar ularni qo`rqitish va jazolash bilan mehnat qilishga majbur qilganlar.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling