Qadimgi Sparta davlati Reja


Spartaning siyosiy tuzumi va xo`jaligi


Download 99.5 Kb.
bet3/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

5. Spartaning siyosiy tuzumi va xo`jaligi. Mahalliy aholini asoratda saqlash uchun spartaliklarga kuchli davlat kerak edi. Mamlakatda butun hokimiyat spartaliklar qo`lida edi. Ular o`z yig`inlarida aslzoda spartaliklardan oqsoqollar kengashini sayllar edilar. Davlatning ma`muriy va harbiy ishlariga saylangan ikki podsho rahbarlik qilgan. Har ikki podsho ham oqsoqollar kengashining a`zosi edi. Kengash davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni podsholar rahbarligi ostida hal etganlar va jinoyatchilarni sud qilganlar. Qurol-yarog` ko`tarishga kuchi yetgan spartaliklarning hammasi jangchi bo`lib, ular faqatgina harbiy ishlar bilan shu-g`ullanganlar, Tinchlik vaqtlarda esa jangchilar harbiy mashq bilan shug`ullanganlar. Spartalik jangchi yoniga qurol-yarog`ini qo`yib uxlagan. Ular qilich, nayza, kamon, dubulg`a, qalqon va gurzilar bilan qurollanganlar. Ular saf tortib, tartib bilan jangga kirganlar. Harbiy safning bu turi falanga deyilgan.
Lekonika va Messeniya vodiysi o`zining unumdor yerlari bilan ajralib turgan. Vohalarda aholi o`troq yashab, asosan dehqonchilik bilan shug`ullangan.
Dehqonlar arpa, bug`doy, tariq va boshqa don ekib parvarish qilganlar. Sabzavotchilik ham dehqonchilikning muhim tarmog`i hisoblangan. Sohibkor dehqonlar bog`dorchilikka ham katta ahamiyat berganlar. Mamlakatda katta-katta tokzorlar va zaytunzorlar barpo qilingan. Katta-kichik xo`jaliklar uzum va zaytundan mo`1 hosil olganlar. Dehqonchilik aholini doimiy oziq-ovqat bilan ta`minlab turgan.
Messeniya va Lakonikadagi tog`larda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Bu yaylovlarda erkin ahqli va ilotlar xo`jalikning boshqa turlari bilan bir qatorda chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Chorvadorlar qo`y, echki, ot, eshak, xachir va qoramol boqib parvarish qilganlar. Chorva mahsulotlari aholini sut, sariyog`, qatiq, pishloq va go`sht mahsulotlari bilan ta`minlagan.
Qo`y-echkilardan olingan jun, qpramol terilari to`qimachilik va charm ishlashga xomashyo yetkazib bergan. Ho`kiz, ot va xachirlardan qishloq xo`jalik ishlarida va minib yurishda foydalanilgan.
Otlar esa otliq qo`shin va jang aravalari uchun juda zarur bo`lgan. Spartada to`qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik, kemasozlik, me`morchilik, temirchilik va hunarmandchilikning boshqa sohalari yaxshi rivojlangan edi.
Sparta dengizchilik yaxshi rivojlangan davlat bo`lgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiqning ravnaqi uchun katta imkoniyat ochib bergan. Spartaliklar suv va quruqlik yo`Uari orqali Arkadiya, Elida, Korinf, Attika va Yunon daryosining ko`p joylari bilan savdo-sotiq olib borganlar. Ayni paytda Sparta, Misr, Kichik Osiyo, Italiya, Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan ham savdo qilgan.
Xo`jalikning rivojlanishi tabaqalanishni kuchaytirgan. Miloddan avvalgi VII–VI asrga kelib Spartada kuchli quldorlik davlati vujudga kelgan. Keyinchalik Sparta Yunon olamida hukmdorlikni qo`lga kiritish uchun Afina bilan kurash olib borgan.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling