Qadimgi Sparta davlati Reja
Miloddan avvalgi 333-yili
Download 99.5 Kb.
|
1479927375 66197
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Men Doro III bilan urushayotirman. Sizlarga oliy darajadagi xizmat bajo keltiriladi»
- Artakserks IV
Miloddan avvalgi 333-yili Iskandar Kichik Osiyoning o`rtasidagi Kappidoniya viloyatini ishg`ol qilib qishni o`sha yerda o`tkazadi. Shu vaqtda eron qo`shinlari Kappidoniyaga tomon kelayotgan edi. Bu xabarni eshitgan Iskandar o`z qo`shinlarini Kilikiyaga olib o`tib, Tars shaharchasini ishg`ol qiladi.
Miloddan avvalgi 333-yili eron va Makedon qo`shinlari Kilikiyaning Iss shahri yaqinida to`qnashadilar. Jang nihoyatda dahshatli bo`lib, to`qnashuv Iskandarning g`alabasi bilan tugaydi. Doro III chekinishga majbur bo`ladi. Shohning xotini, ikki qizi, qarorgohi va katta boyliklari Iskandar ixtiyoriga o`tadi. Doro III ilojsiz mamlakat ichkarisiga qochishga majbur bo`ladi. Iskandar shohning xotini va qizlariga maktub yo`llab, «Men Doro III bilan urushayotirman. Sizlarga oliy darajadagi xizmat bajo keltiriladi», – deb yozgan ekan. Issdagi g`alabadan so`ng Iskandar qo`shinlari Finikiya, Suriya va Palastin ustiga qo`shin tortib, ko`p shaharlarni bosib oladilar. Tir shahri makedonlarga yarim yil davomida qarshilik ko`rsatadi. Qattiq janglardan so`ng Tir bosib olinib, vayron etiladi, boyliklari talanadi, 30 mingdan ortiq shahar aholisi asir olinib qul qilib sotiladi. Iskandar Suriya, Finikiya va Falastinni o`ziga itoat ettirgach, miloddan avvalgi 332-yili Misrga kirib boradi. Misrliklar Eronga tobe edilar. Ular Iskandarni xaloskor deb qabul qilib, unga tobeliklarini bildiradilar. U Misr fir`avni deb e`lon qilinadi. 5. Erondagi so`nggi janglar. Turon va Hindistonga yurish. Miloddan avvalgi 331-yilda Iskandar Misrdan chiqib, Mesopotamiyaga qo`shin tortadi. Doro III o`zining ko`p sonli piyoda, otliq jangchilari, o`tkir chalg`i bog`langan jangovar arava va jangga o`rgatilgan fillari bilan Dajla daryosining o`ng sohilidagi Gavgamel degan joyda Iskandarni kutib turardi. Eron qo`shini tarkibida So`g`diyona, Baqtriya, Marg`iyona va Eronga itoatda bo`lgan o`lkalardan chaqirilgan jangchilar ham bor edi. Doro III Iskandar qo`shinlarini qurshab olish uchun otliq askarlarini tekislikka joylashtirgandi. Shoh dastlab o`tkir chalg`i bog`langan jangovar aravalarini yunon piyodalari safiga yo`naltiradi. Makedon piyodalari ikki tomonga surilib shiddat bilan kelayotgan jang aravalarini o`z saflari orasidan o`tkazib yuboradilar. Makedonlar esa ular ustiga kamon o`qi yog`dirib ko`plarini qirib tashlaydilar. Doro III ning jangovar fil mingan jangchilari ham eroniylargag`alaba keltirmaydi. Jang qizg`in borayotgan vaqtda Makedon sarkardasi Parmenion boshliq makedon qo`shinlari eroniylardan mag`lubiyatga uchrayotgan edi. Iskandar o`zining tanlangan qismlari bilan Parmenionga yordamga kelib, uni mag`lubiyatdan saqlab qoladi. Gavgameldagi jang goh eron, goh makedonlar ustunligi bilan kechgacha davom etadi. Jang oxirida makedonlar shunday shiddatli hujum qiladilarki, bunga eroniylar bardosh bera olmaydilar va chekinadilar. So`nggi jang Iskandarning g`alabasi bilan tugaydi. Eron qo`shinlari va shoh jang maydonini tashlab qochadi. Gavgamel g`alabasidan so`ng Iskandar birin-ketin Bobilni, Suzani va poytaxt Persepolni ham bosib oladi. Iskandar lashkarlari Persepolda qishlab, so`ng Doro III ni izlab Ekbatanga yo`1 oladilar va uni ishg`ol qiladilar. Shoh esa Baqtriya tomon chekinadi. Chekinib borayotgan shoh Baqtriya satrapi – noibi Bess tomonidan o`ldiriladi. Bess o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi. Iskandar Doro III jasadini izzat-ikrom bilan dafn etishni buyurib, o`zi Bessni taqib qilishda davom etadi. Miloddan avvalgi 330-yilda eron shohligi barham topadi. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling