Qadimgi Suriya va Finikiya Reja
Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi. Miloddan avvalgi VIII–VII mingyilliklarda
Download 46 Kb.
|
Qadimgi Suriya va Finikiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Kadesh, Ebla
- Miloddan avvalgi XIV–XIII asrlarda
- Bibl, Sidan va Tir
2. Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi. Miloddan avvalgi VIII–VII mingyilliklarda O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi o`lkalarda ilk o`troq dehqonchilik madaniyati, chorvachilik va savdo-sotiq qaror topdi. Miloddan avvalgi VI–IV mingyilliklarda esa xo`jalik yanada rivojlanib, o`lkada katta-kichik qishloqlar paydo bo`ladi. Aholi orasida xususiy mulk, tabaqalanish boshlanib, odamlar boy va kambag`allarga bo`lina boshlaydilar. Ibtidoiy qishloqlar asta-sekinlik bilan shahar tusini ola boshlaydilar. Ularning atrofi minorali mudofaa devorlari bilan o`rab olinadi. Dushman kirolmasligi uchun devor ortiga xandaq-chuqur qazilib, unga suv to`latib qo`yilgan. Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Kadesh, Ebla davlatlari Suriya va Finikiyadagi eng qadimgi shahar-davlatlari edi. Har bir shahar-davlatning o`z podshosi, qo`shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma`muriy idoralari bo`lgan.
Miloddan avvalgi XX asrdan XVI asr boshlarigacha Finikiya va Suriyaning ayrim shahar-davlatlari, xususan Bibl Misrga tobe bo`lgan. Miloddan avvalgi XIV asr oxirida esa shimoldan xettlar Shimoliy Suriyaga bostirib kirib, uni o`zlariga qaratib olganlar. Miloddan avvalgi XIV–XIII asrlarda Finikiya va Suriyani talashib Misr bilan Xett davlati o`rtasida qattiq janglar bo`lgan. Bu urush miloddan avvalgi 1280-yili Misr-Xett sulh shartnomasi bilan tugagan. Bu ikki davlat O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni bo`lishib olganlar. XIII asrda g`arbdan «dengiz xalqlari»ning istilosi boshlanib, Suriya va Finikiyaning qirg`oq bo`yi shaharlari talangan va vayron etilgan. Uzoq davom etgan urushlar va ichki nizolar natijasida Misr va Xett davlatlari kuchsizlanadi. Bu hol Suriyada ham, Finikiyada ham mustaqil davlat tuzish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Shu davrga kelib Bibl, Sidan va Tir kabi shahar-davlatlari yuksaladi. Ayni paytda Tir-Sidan podsholigi tashkil topadi. Xiram I (965–936) davrida Tir-Sidan podsholigi ravnaq topadi. Miloddan avvalgi X va IX asrlarda Finikiya kuchaydi. Finikiya qo`shinlari Shimoliy Afrikadagi Utika, Kichik Osiyo sohillari, Sitsiliya, Malta va Ispaniyagacha suzib boradilar. Ular hatto Britaniya orollarigacha suzib borib, ko`p joylarda o`z manzilgohlarini quradilar. Misr fir`avn Nexo iltimosiga binoan Finikiya dengizchilari Qizil dengiz bo`ylab suzib 3 yilda Afrika qifasi atrofini aylanib, O`rtayer dengizi orqali vatanlariga qaytib keladilar. Ular borgan joylarida o`z manzilgohlarini quradilar. Keyinchalik Finikiya va Suriya o`z mustaqilligini yo`qotib Ossuriya, Makedoniya va Salavkalar davlati tarkibiga kiritiladi. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling