Qadimgi Suriya va Finikiya Reja
Yamxad davlati va geksoslar. Miloddan avvalgi XIII asrda
Download 46 Kb.
|
Qadimgi Suriya va Finikiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarimlim
- Miloddan avvalgi XVIII asr oxirlarida
- 120 yilcha
3. Yamxad davlati va geksoslar. Miloddan avvalgi XIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradilar. Ularning sardori Sumuepax Yamxad davlatini tuzib, o`zini podsho deb e`lon qiladi. U Karxemish bilan Katna shahri oralig`idagi Suriya yerlari ustidan hukmronlik qiladi. Sumuepax vafotidan keyin Yamxad taxtiga uning vorisi Yarimlim o`tiradi. Bu davrda Yamxadning poytaxti Xalap shahri bo`lgan. U Bobil podshosi Hammurapi va Mari podshosi Zimrilimga zamondosh bo`lgan. Yamxad, Mari va Bobil bilan qizg`in savdo ishlari olib borgan. Yamxad savdogarlari Mari va Bobilga bug`doy, zaytun moyi, uzum musallasi, mis, gazlama va boshqa hunannandchilik mahsulotlarini olib boiganlar. U yerlardan esa Yamxadga qo `rg `oshin, zargarlik buyumlari, qurol-aslahalar olib kelingan.
Miloddan avvalgi XVIII asr oxirlarida Yamxad davlati yemirilib, o`z mustaqilligini yo`qotadi. Miloddan avvalgi XVIII–XVII asrlarda Yamxaddan janubdagi poyonsiz joylarda giksos qabilalarining harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Palastin va Janubiy Suriyadagi bir qancha shahar-davlatlarni bosib oladilar. Giksoslar o`zlarining otliq qo`shini va ot qo`shilgan jangovar aravalari bilan Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Ular butun Misrni o`zlariga itoat ettirib, u yerda 120 yilcha hukmronlik qiladilar. Misrda mustaqillik uchun kurash boshlanib miloddan avvalgi 1580-yili giksoslar mamlakatdan quvib chiqariladilar. Misrdan quvilgach, giksoslar Palastin va Suriyaga borib o`rnashib, u yerda ham yuz yilcha hukmronlik qiladilar. Miloddan avvalgi XV asr boshlarida Misr fir`avni Tutmos III qo`shinlari giksoslarni yengib, Palastin, Finikiya va Suriyada o`z hukmronligini o`rnatadi. Shu bilan miloddan avvalgi XVIII asrda tashkil topgan giksoslarning harbiy ittifoqi miloddan avvalgi XV asrga kelib barham topdi. 4. Dehqonchilik va chorvachilik. O`rtayer dengizining sharqiy sohili dasht, tog`lik va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo`lgan. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling