Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi
Download 384 Kb.
|
eng to`gri
So`z birikmalari.
Qadimgi turkiy tildagi so`zlar o’zaro birikib, ma`lum bir so`z birikmasini tashkil etgan va ma`lum fikrni yoki uning ayrim elementlarni ifodalagan. Bu so`z birikmalarining biri hokim — boshqaruvchi so’z bo’lib, ikkinchisi unga tobe so`z bo`lgan va hoki so’z tomonidan boshqarilgan. Boshqaruvchi so`zning xarakteriga ko`ra, so`z birikmalarini ikki gruppaga bo`lish mumkin: Otli birikmalar. Fe`lli birikmalar. 1. Otli birikmalarda boshqaruvchi so’z ot bo`lib, u boshqarib kelayotgan so’z ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bo`lishi mumkin: Typyk bodun (To`n,1) - turk xalqi. 2. Fe`lli birikmalarda boshqaruvchi so`z fe`l yoki uning funksional shakllari — sifatdosh, ravishdosh, shart fe`li, harakat nomi bo`lib, unga tobe bo`lib boshqarilib kelayotgan so`z ma`lum kelishik yoki ko’makchi bilan birikib kelgan ot yoki otlashgan so`z, olmosh, ravish yoki ravishdosh, shart fe`li bo`lishi mumkin: qag`an qыsdыm - (To`n,5) xoqonni qo`lga oldim. qadimgi turkiy tilda so`z birikmalarini tashkil etgan bo’laklarni o’zaro aloqaga kirish usuliga ko’ra uch turga bo`lish mumkin: 1. Bitishuv. 2.Boshqaruv. 3.Moslashuv. 1. Bitishuv. So`zlar hech qanday grammatik vositalar yordamisiz o`zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunaday so`z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o`zaro birikadi. quyidagi so`z turkumlari bitishuv yo`li bilan so’z birikmasini tashkil etgan: 1) Ot bilan ot: Typyk bodun (To’n, 1) - turk xalqi. 2) Ot bilan fe`l: Kishi og`lan (Irq bitig,80) - o`gil bola. Bu xil birikmalarning ko`pi hozirgi zamon o`zbek tilida ma`lum grammatik vosita bilan bog`lanadi. 3) Sifat, son, olmosh yoki sifatdosh bilan ot: Yag’ыz yэr (Kt 28) qora er. Sifatdosh aniqlovchili birikmalar ko`pincha sostav jihatidan keng bo`ladi. Tэngri tэg tэngridэ bolmыsh typyk bilgэ qag`an - (Kt,1) — Falakday xudodan bo`lgan turk dono xoqoni. 4) ravish, ravishdosh, shart fe`li bilan fe`l: Sabыmыn tukэti эsidkil (Kt,27) — so`zimni to`liq eshitgil. 2. Boshqaruv. Tobe so`z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko`makchilar orqali bosh so’zga birikadi. 1) Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum, Jo`nalish, o`rin-chiqish, vosita kelishiklari bo`lib, tobe so`z ma`lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so`zga bog`lanadi: a) tushum kelishigi -g`(-g, -ыg`), -ig, -ug`, (-ug, -ыn), -in, -n vositasida. Bodunыg’ qon almыs (Kt,29) — ko`p xalqlarni oldi. b) jo`nalish kelishigi -qa(-kэ, -g`aru), -gэrу, -a, -э vositasida. On tуnkэ... bardыmыz (To’n,26) - o`n tunda bordik. v) o`rin-chiqish kelishigi - -da//-dэ//-tэ vositasida. Tabg`achda adrыltы (To`n,2) - Tabg`achdan ayrildi. g) vosita kelishigi —n; -ыn, (-in, -un), -уn vositasida Yuz artыq oqun urtы( (Kt,33) — yuzdan ortiq o`q bilan urdi. 2) Ot yoki ot ma`nosidagi so`zlar ko`makchilar bilan birikib, hokim so`zga bog`lanadi. qadimgi turkiy tilda quyidagi ko`makchilar qo`llanadi: birlэ, asha. Kul tэgin birlэ (Kt,27) — Kul tigin bilan. Ba’zi o`rinlarda ma`lum kelishik formasini olgan ot yoki olmosh ko’makchiga bog`lanib, u bilan birga hokim so`zga birikadi: Tэmir qapыg’qa tэgi (To`n,45) — temir darvozagacha. Misollardan ko`rinadiki, boshqariluvchi tobe so`z ot yoki otlashgan so`z bo`lib, u ma`lum kelishik formasini oladi yoki ko`makchi bilan birikadi. Boshqaruvchi so`z esa fe`l yoki harakat bildiruvchi so`zlar bo`ladi. Ammo ba`zan boshqaruvchi so`z sifat, ravish, ko`makchi yoki shu vazifadagi so`z bo’lishi ham mumkin. Chэchэk уz tolУ boltы ( Oуо, 617 (11-12)) ~ gul bilan to`ldi. 3. Moslashuv. qadimgi turkiy tilda ega bilan kesim, hozirgi zamon o’zbek tilidagi kabi, shaxs va sonda o`zaro moslashgan. Ammo bunda quyidagiga o`ziga xoslik bo`lgan: Uchiichi shaxs ot kesim ko`pincha ol bog’lamasi bilan kelib, u kesimlik belgisi bo`lib, ega bilan kesim munosabatini ifodalaydi. Ashы nэgU ol (Oyo, 610(11)) —ovqati nimadir? Kesimi shart fe`li (-sar), (-sэr), sifatdosh (duq), duk, - mыsh, (-mis), kesim bilan ega orasida ham shaxs va sonda moslik bo`lmaydi, kesim har uchala shaxs uchun bir xil shaklda qo`llanadi: Elgeris qag`an qazg`anmasar, yoq erti erser, ben ozum, bilge Tonyuquq, qazg`anmasar, ben yoq ertim erser - . . Idi yoq ertechi erti. Eltaris hoqon g`alaba qozonmasa, u bo`lmasa, men, o`zim dono To`nyuquq, g`alaba qozonmasam, men yo’q bo’lsam edi, erga ega ham yo`q edi. Qadimgi turkiy tilda, hozirgi o`zbek tilidagidek, sondagi mosslashish shart bo`lgan emas. Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling