Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi
Download 384 Kb.
|
eng to`gri
- qanlan (xonlik bo`l); qatыg`(qattiq) - qatыg`lan (chiniq).
-ad; -әd qo`shimchasi. Bu qo`shimchadagi d o`rnida tish ora z ham bo`lishi mumkin. Otdan fe’l yasaydi. Qul (qul) – qulad (qulga aylan); Kung (cho`ri) - kungәd (cho`riga aylan). 5. (-ы), -q, -(i)k qo`shimchasi. Otdan fe`l yasaydi. tash (tashqari) - tashыq (tashqari chiq) ich (ichkari) – ichik (ichkari kir) 6. -sыra, -sirә qo`shimchasi. Otdan fe’l yasaydi va "-sizlan" ma’nosida ishilatiladi: qag`an (xoqon) - qag`ansыra (xoqonsiz bo`l) el(davlat) - elsirә (davlatsizlan) 7. -sa, -sә qo`shimchasi. Ot na fe’ldan fe’l yasab, istak bidiradi. et (gusht) - etsә (go`shtsiradi) ach (och) – achsa (ochmoqchi bo`ldi) Daraja formalari. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma daraja qo`shimchalari bor: 1- -z qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor unli paydo bo`ladi: tut(tut) – tutuz (tutqiz) 2. -r qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor, ba’zan keng unli paydo bo`ladi; yash (yashirin) - uashur(yashir) өl(o`l) - өlur (o`ldir) 3. -m qo`shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo`ladi: oqы (o`qi) – oqыt (o`qit) kuchә (zo`rla) - kuchәt (zo`rlat) 4. -tur, -tur, -dur, -dur qo`shimchasi. aq(oq) - aqtur(oqiz) bin (min) – bintur (mindir) 5. -qur, -kur, -g`ur, -gur qo`shimchasi. 6. -l. -n, -q(-k) o`zlik va majhul darajada fe’l formalarini yasaydi. Undosh bilan tugagan negizlarga qo`shilganda oldida bir tor unli paydo bo`ladi va uning sifati o`zakning qalin-ingichkaligi va oxirgi bo`g`indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog`liq. Adыr (ayir) – adrыl (ayril) Bol (bo`l) – boduq (bo`lin) -n qo`shimchasi sub`ekt hiraktni harqiqatda bajarmasdan, bajarayotgandek qilib ko`rsatganda ham ishlatiladi. 7. -sh(-s) qo`shimchasi birgalik va raqobatni anglatadi. Undosh bilan tugagan negizga qo`shilganda oldida tor unli, n li lahjada keng unli paydo bo`ladi. baq(qara) - baqыsh (bir-biriga qarshi) oqu (chaqir) – oqush (chaqirish) Bo`lishsiz forma. Fe’lning bo`lishsiz formasi -ma, -mә qo`shimchasi bilan yasaladi. Buning -ma varianti qalin negizga, ingichka negizga -mә orttiriladi. bar(bor) - barma(borma) kel(kel) - kәlmә (kelma) Buyruq va istak formalari. Buyruq formasining ikkinchi shaxs birligi fe`lning bo`lishli va bo`lishsiz negizi bilan yasaladi. Ay (ayt), esid (eshit), barыn (boring(iz). Buyruqning -qыl, -kil, -gыl, -gil formasi ham bor: bilgil (bilgin), qachg`ыl (qochgin). Buyruq formasining III shaxsi -zun, -zun qo`shimchasi bilan yasaladi. barzun(borsin), barmazun (bormasin)- Istak formasining I shaxs birligi -ayыn, (-ә)yin, ko`pligi -alim, әlыm qo`shimchasi bilan yasaladi: Bol (bo`l) – bolayыn (bo`lay) Bolma (bo`lma) - bolmalыm(bo`lmaylik) N lik lahjada bu qo`shimchalardagi ы va i o`rnida a va ә kelishi mumkin. Sifatdosh formalari. Qadimgi turkiy tilda quyidagi sifatdosh formadari mavjud: I. –mыsh (mыs), -mish(mis), -mush, -mush formasi. N li lahjada -mish, -mәsh shakliga ham ega. Hozirgi o`zbek tilidagi -gan sifatdoshi ma`nosida ishlatiladi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-inpgichkaligiga va oxirgi unlining lablangan-labdanmaganligiga bog`liq. Qal (qol) – qalmыsh (qolgan) Tut (tut) - tutmus(tutgan) Bu sifatdosh ham sifatlovchi, ham kesim vazifasida keladi. ыchg`ыnmыsh bodunug` - qo`ldan chiqqan xalqni (Ktu. 13); kishi og`lы qыlы`nmыs - inson bolasi yaratilgan (Ktu, I). 2. -duq, -duq, -tuq, -tuk formasi. Bu ham sodir bo`lgan harakatni sifatlashtiradi, qaysi variantining qo`llanilishi negizning qalin- ingichkaligiga bog`liq. bar(bor) - barduq(borgan) bol(bo`l) - boltuq(bo`lgan) Bu sifatdosh ham sifatlovchi, kesim va hol vazifasida keladi. barduq yerdә - borgan yerda (Kgu, 24); ichikduk uchun - taslim bo`lgani uchun (To`k, 3). 3. -g`u, -gu formasi. Bu forma sodir bo`lib turgan yoki sodir bo`lishi lozim bo`lgan harakatni sifatlantiradi. Qaysi variantining qo`llanishi yuqoridagi qo`shimchaniki singaridir: bar(bor) - barg`u (borish ksrak bo`lgan, boriladigan) kir(kir) - kirgu (kirish kerak bo`lgan, kiriladigan) Hozirgi borgim yo`q, ko`rgisi kelmadi singari iboralaridagi -gi o`sha -g`u, -gu ning yangi shaklidir. Undan so`ng -luq, -luk ham qo`llanilishi mumkin; uzguluk (uzadigan). Bu qo`shimcha hozirgi o`zbek tilida ham bor: ko`rgiligi bor ekan, borgilik qilmasin. 4. -tachы, -tәchi, -dachы, -dәchi formasi. Bu forma sodir bo`lishi muqarrar bo`lgan harakatga bog`liq sifatni bildiradi: bol(bo`l) – boldachы (bo`lajak) өl(o`l) - өltәchi (o`lajak) 5. -sыq(-sыg`), -sik(sig), -suq(-sug`), -suk(-suk) formasi. Bu forma doimiylik yoki munosiblik, loyiqlikli bildiradi. Qaysi variantining qo`llanishi negizning qalin-ingichkaligiga va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog`liq. alqan(olqishlan) – apqansыq (olqishlanishga loyiq) tut(tug) – tutsuq (tutishlik, tutishga loyiq) 6. -g`uchi -guchi, -quchы, -kuchi formasi. Qaysi variantining qo`llanishi negizdagi unlining sifatiga va qalin-ingichkaligiga bog`liq. Bu qo`shimcha harakat nomi qo`shimchasi bilan ot yasovchi –chы, -chi qo`shimchasining qo`shilishidan hosil bo`lgan. Shuning uchun bunda snfatdoshlikdan ko`ra otlik xususiyati ko`proq: kul(kul) –kulguchi (kuluvchi) ay(ayt) – aug`uchi (mushovar, maslahatchi). Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling