Qadimgi turkiy tilning fonetik va leksik xususiyatlari Reja: Unlilar fonetikasi Undoshlar fonetikasi
Download 50.76 Kb.
|
2-ma`ruza 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- U n l i l a r
- Ï unlisi
Qadimgi turkiy tilning fonetik va leksik xususiyatlari Reja: 1. Unlilar fonetikasi 2. Undoshlar fonetikasi 3. Singarmonizm 4. Turkiy yozuvlar FONETIKA Ma’lumki, fonetika ma’lum bir til unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar kabi masalalarni o‘rganadi. Qadimgi turkiy til fonetikasi, undagi unli va undosh tovushlar haqida aniq va qat’iy bir fikr aytish mushkul, chunki ularning bevosita talaffuz me’yorlarini kuzatishdan, tadqiq qilishdan mahrummiz. Bu haqda yodnomalar tilini o‘rganish orqali xulosalar chiqarish mumkin. U n l i l a r Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, u orqa qator va ә, i, ө, ү old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ә, o, ө; tor unlilar - i, ï, u, ү. Lablanmagan unlilar – a, ә, o, ө; lablangan unlilar – o, ө, u, ү. Qadimgi turkiy tilning unli fonemalari munosabatidagi bunday mikdoriy tenglik ularning sistemasini kub shaklida ifodalashga imkon beradi. ә Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng unlilar, old qismida old qator unlilari, orqasida orqa qator unlilari, o‘ng tomonida lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi. Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; ә - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq va qirg‘iz hamda ko‘pgina turkiy tillarda, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqa tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida õ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon õ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ә ga aylangan. Qadimgi turkiy tillardagi ә unlisi esa hozir torayib, ko‘pgina turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘inda e ga aylangan. Misollar:
Ï unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; i lablanmagan, tor, old qator unli. Bu ikki unli fonema hozirgi o‘zbek adabiy tilida va singarmonizmsiz lahja va shevalarda ï ning oldinga siljishi natijasida konvergentsiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (i)ga aylangan. Ammo o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda o‘z holicha saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ï bilan old qator i ikki mustaqil fonemadir. yig (yaxshi) yïg (yig‘) tik- (tik-) tïq (tiq-) yal (yol) yïl (yil) Download 50.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling