Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Download 1.15 Mb.
|
Abdualimova Saodat
U urug‘chilik, aslzodalik pozitsiyasini himoya qildi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash uchun u ma’naviy poklanish dasturini ilgari surdi. Chunki o‘sha davrda Xitoyda temirni qayta ishlash kuchayib, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida savdo va savdogarlarning jamiyatda ta’siri ortdi. Hukmron sinf ichida sinfiy bo‘linish vujudga keldiki, yirik avloddan-avlodga o‘tuvchi aristokratiya bilan yosh yangi aristokratiya o‘rtasida adovat kuchaydi. Aynan shu davrda bu qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intiluvchi mafkura (ideologiya) sifatida konfutsiychilik maydonga keldiki, bu ta’limot quldorlik tuzumini himoya qilib “tabiiv huquq” g‘oyasini ilgari surdi. Bu ta’limotga ko‘ra, Xudo olamni yaratuvchidir. Ammo xudo ijtimoiy hayotga aralashmaydi, chunki jamiyat tabiiy qonunlar asosida rivojlanadi. Uni bilib olish esa Xudo bergan aqlga bog‘liq, u esa fiiqarolik qonunlari bilan himoyalanadi. Bu ta’limot asrlar davomida Xitoyda o‘rganilib kelinmoqda.Konfutsiychilikda yoshlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g‘oyasi asos qilib olingan. Davlat bu “katta oila”, podsho esa “xalqlar otasi”dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammaning o‘z vazifasini bajonidil ado etishi zarur, deyiladi. Ayni chog‘da, Konfutsiy quldorlikni himoya qilish bilan birga yirik quldorlarni ham himoya qiladi. Bu bilan ijtimoiy “tenglikka” erishishga harakat qiladi. Konfutsiy mulkning ikki shaklda bo‘lishini e’tirof etadi:
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling