Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Download 1.15 Mb.
|
Abdualimova Saodat
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bozor – shunday narsaki, unga qarab jamiyatda tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin”.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta’limotlarida “Guan-Szi” (er. av. VI asr) traktati juda katta o‘rin tutadi. Unda o‘sha davr uchun xo‘jalikni davlat tomonidan boshqarishning butun bir tizimi talqin qilinadi. Bu asarni mualliflar jamoasi tayyorlagan bo‘lib, oldingi ta’limotlardan farqi shundaki, unda tovar-pul munosabatlarini yaxshi o‘rganish asosida xo‘jalikni boshqarishni unumli yo‘lga o‘tishiga da’vat etilgan edi. Xalq xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat non va pul metalini tartibga solish yo‘lini qo‘lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa, dehqonchilikka alohida urg‘u berilgan. Agar legistlar hunurmandchilik, ayniqsa, savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo‘lsalar, bu asarda esa o‘sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. Asarda iqtisodiyotni bozor stixiyasidan himoyalash masalasi ham o‘rtaga tashlanib, buning uchun baho mexanizmidan foydalanish kerakligi aytilib, bunday yoziladi:
“Bozor – shunday narsaki, unga qarab jamiyatda tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin”. “Yerni boshqarish” uchun davlat yerning tabiiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur. Dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog‘liq ravishda) bo‘lishi taklif etilgan. Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda hisob-kitob bo‘lishi qayd etiladi. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o‘tkazish va ularni daromad topish yo‘lida foydalanish baholarni tartibga solish yo‘li va boshqa ko‘pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar amalda ham qo‘llaniladi va yaxshi samara beradi. Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g‘oyalari alohida o‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli “xalq kambag‘allashmoqda” degan edi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling