Qadimgi Xitoyda 28 yoshli Chen ismli yigit 25 yoshli Yuan ismli qiz bilan turmush qurdi. Lekin Yuan ahloqsiz bo’lib chiqdi. U qaynonasi, eri va qo’shnilari bilan doimo janjallashar edi


Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishida uchta bosqichni


Download 40.53 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi40.53 Kb.
#1618697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хукук тарихи

Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishida uchta bosqichni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi bosqich Shan (In) va qadimgi Chjou davriga to'g'ri kelib, bu davrda Xitoyda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odob-axloq me’yorlari (li) asosiy rol o'ynagan. Ular (li)da Xitoy jamiyati a’zolari bilan hukmdor - van o'rtasidagi munosabatlar va ichki oilaviy munosabatlar belgilangan. Bunday me’yorlar ota-onalarni, kattalami hurmat qilish, aslzodalar oldida ta’zim qilish, vanga sadoqatli bo'lish ruhi bilan sug'orilgan. Huquqiy me’yorlar bu vaqtda diniy-axloqiy me’yorlardan ajratilmagan, ular bilan birga harakat qilgan. Shu bilan birga van hokimiyatining mustahkamlanib borishi bilan hukmdoming, yaqinlarining, oliy chinovniklarning farmoyishlari va buyruqlari katta ahamiyat kasb etib borgan, ulami bajarish majburlash kuchi bilan ta’minlangan. Miloddan avvalgi VI asrda xitoyliklar orasida asrlar davomida shubhasiz katta obro'-e’tiborga sazovar bo'lgan Konfutsiy o'z ta’limotini yaratgan. Konfutsiylikning asosiy falsafiy g'oyasi - uyg'unlik g'oyasi bo'lib, unga ko'ra, uyg'unlik umumiy kosmogonik tartibning, dunyodagi muvozanatning va, demak, odamlar baxtining asosiy shartidir. Bu g'oya
o'z ichiga odamlar va tabiat o'rtasidagi uyg'unlik singari, odamlaming "tabiiy tartibga", ya’ni yaxshi fazilatlar va axloq-odobga mos kelishi lozim bo'lgan yurish-turishlarida ifodalanadigan o'zlari orasidagi uyg'unlikni ham qamrab oladi.
Konfutsiylikda adolatli tartibni ushlab turish vositasi qonunga emas, balki an’analarga, axloq-odob me’yorlariga rioya etish hisoblangan. Axloq-odob me’yorlari, an’analar barcha "o'lchov"larga rioya etishga asoslanadigan, o'z navbatida insonni yon berishga, kelishishga undaydigan yuksak axloq-odob timsolini mustahkamlaydi2.

Konfutsiy ta’limotiga asosan, " Allohning amri" bilan tuzilgan uyg'un jamiyat - guruhlar yig'indisi (odamlar birlashmasi) bo'lib, bunda ulardan har biri o'zlariga ajratilgan funksiyalarni maksimal darajada amalga oshirishlari uchun ijtimoiy va huquqiy sharoitlarda yashashlari lozim.


Bunday birlashmaning asosiy g'oyasi - "syao" g'oyasi - o'g'illarcha muhabbat,
kattalami, shuningdek mansabi bo'yicha yuqori turuvchilami hurmat qihsh kabilar hisoblangan. Puxta ishlangan diniy marosimlarda o'z ifodasini topgan "li"ga qattiq rioya etishni talab qilish konfutsiylarning alohida, legistlardan asosiy farq qiladigan, har qanday hollarda rioya etish, majburiy sud himoyasi qattiq talab qilinmaydigan yaxshi xulq-atvor namunalari singari qonunchilik shakliga qandaydir mezonlar sifatida qarashini belgilaydi.
Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishining 2-bosqichida, ya’ni Chjango davridan (miloddan avvalgi V-III asr) boshlab muntazam jazo kompleksiga ega bo'lgan huquqning roli kuchaygan. Bu davrda legizmning eng yorqin vakili Shan Yan tomonidan xalq va davlatni boshqarish haqidagi legistlaming mukammal ta’limoti yaratilgan. Shan Yan hukmdoming mutlaq hokimiyatini yoqlab chiqqan. Uningcha, hukmdor qattiq o'matilgan, muhokama qilinmaydigan qonunlar yordamida barcha fuqarolarning hayotinibelgilashi lozim.
Kosmogonlya - astronomiyamng osmon jismlari, ularning paydo bo'lishi va O'zgarishlari haqidagi bo'limi. Legistlar odamlarni qattiq jazolar doirasidan tashqarida yashashlari befoydaligi va mumkin emasligi g'oyalarini targ'ib qilganlar, "yaxshi boshqaruv"ni ta’minlaydigan ehtiyot choralarining va jamoaviy javobgarlikning zarurligidan kelib chiqqanlar, jazo chorasi va sodir etilgan jinoyatning og'irligi o'rtasida qandaydir bog'liqlik bo'lishini tan olishdan voz kechganlar. Ulaming fikricha, hatto podshoning buyruqlarini ozgina bo'lsada buzishlik uchun og'ir jazo berilishi lozim. Legistlar qonun oldida o'ziga xos "tenglik"ni, sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolaming muqarrarligini targ'ib qilib, kuchli markazlashgan hokimiyatni mustahkamlash shiori ostida zodagonlarni, turli knazliklarning chinovniklarini eski, urug'chilik imtiyozlaridan mahmm etishga harakat qilganlar. Jazolaming juda qattiqlashtirilishi, ulaming muqarrarligini talab qilinishi davlatga qarshi jinoyatlar tushunchasining rivojlantirilishi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lganligi ham tasodifiy hoi emas, albatta.
Miloddan avvalgi III asming 2-yarmida qadimgi Xitoy huquqining an’anaviy belgilari va institutlarining qaror topishiga yangi turtki bergan ikkita mafkuraning qarama-qarshi kurashi juda keskinlashgan. Legizm birinchi Xitoy imperiyasi - Sin davlatining (miloddan avvalgi 221-207 yillar) rasmiy mafkurasi bo'lib qolgan. Legistlar hokimiyat tepasiga kelgach, o'zlarining huquqiy qarashlarini hayotga tadbiq etganlar va konfutsiylikka qarshi qattiq kurash olib borganlar, konfutsiylikka oid kitoblami yo'q qilganlar. Rivoyatlarga qaraganda, Sin imperatori Shixuandi- miloddan avvalgi 213 yilda konfutsiylaming kitoblarini yoqib yuborishga buyraq bergan, konfutsiylik oqimiga mansub 400 ta olimni qatl ettirgan3.

Xan sulolasining o'rnatilishi bilan qadimgi Xitoy huquqining tashkil topishidagi oxirgi 3-bosqich (miloddan avvalgi III asr - milodning III asri) - konfutsiylaming rasman g'alabasi bosqichi boshlangan. Bu vaqtda legizm va konfutsiylikning qo'shilib ketishi natijasida yangi ta’limot – ortodoksal Xan konfutsiychiligi maydonga kelgan.


Uning asosiy maqsadi o'sha vaqtda to'plangan bilimlar asosida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumni qadimgi Xitoy jamiyatining yashashi va saqlanib qolishi maqsadlariga to'liq javob beradigan ma’qul va oqilona tuzum sifatida oqlash va abadiylashtirishdan iborat edi.
Bu mafkuraning hukmron g'oyasi odamlarning tengsizligini, ulaming ijtimoiy, tabaqaviy, xizmat martabasidagi farqlarini, shuningdek, oilada tutgan o'rnidagi, jinsiy, yoshidagi va boshqa farqlarini oqlaydigan konfutsiylik g'oyasi bo'lgan. Bu farqlarning o'zgarmasligi ”li”ning qattiq axloq-odob me’yorlari, rasman tan olingan marosimlar yordamida jamiyatda, oilada odamlarning yurish-turishlarini
puxta tartibga solishga xizmat qilishi lozim bo'lgan. Ortodoksal konfutsiylik qonunni, qattiq jazolami rad etmagan, u qattiqqo'llik va shafqatsizlik birga qo'shib olib borilishini nazarda tutgan. Demak, axloq va huquq mos tushgan. Axloq yurish-turish, hulq-atvor andozasini belgilagan, huquq esa jazolar yordamida undan bo'yin tovlashni taqiqlagan. Konfutsiylik axloqida hukmron bo'lgan me’yorlar bundan buyon kuch bilan, qattiq qonun ("fa") jazosi bilan o'matilishi lozim bo'lgan. Bu ortodoksal konfutsiylikning quyidagicha qisqa va aniq qoidasida ham o'z aksini topgan: "qayerda "li" kamlik qilsa, o'sha yerda "fa"ni qo'llash lozim, yoki nima "fa" bo'yicha jazolansa, u "li" bo'yicha ruxsat etilmaydi, nimaga "li” bo'yicha ruxsat etilgan bo'lsa, uni "fa" bo'yicha jazolash mumkin emas”. Konfutsiylik va legizmning qo'shilishi shunga olib keldiki, "li" me’yorlari endi majburiylik va rasmiylik xarakterini olgan, huquqqa esa o'sha vaqtda muqaddaslashtirilgan ko'pgina konfutsiylik asarlari - "Chjou li", "I li ", "Li szi" kabilar ko'chirilgan. Bu asarlarda miloddan avvalgi 1 ming yillik 2-yarmi boshlaridayoq konfutsiylarning axloq me’yorlari sistemalashtirilgan va mustahkamlangan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, birinchi yozma qonunlar Xitoyda Shan davlatida paydo bo'lgan. Qadimgi davrlardayoq Xitoy podsholari tomonidan chiqarilgan qonunlar va farmoyishlaming tobora ko'payib borishi huquqda qarama-qarshi me’yorlami keltirib chiqargan va ulardan foydalanishni qiyinlashtirgan. Oqibatda huquqni kodifikatsiya qilish zaruriyati tug'ilgan. Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van - Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega bo'lgan Jinoyat kodeksi - jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. Qonunnomada aybni yengillashtiradigan va og'irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma alohida sud qarorlari yozuvi bo'lganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi me’yorlari mustahkamlangan.
Xitoyda yozma qonunlaming bir muncha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI-V asrlarga to'g'ri keladi. Bu qadimgi xitoy jamiyatining tabaqalashuvi kuchayishi bilan bog'liq4.

Miloddan avvalgi VI asrda Lu podsholigida qabul qilingan yer solig'i haqidagi jamoa yer egaligining tugatilganligi va xususiy yer egaligining o'matilganligi ham bejiz emas. Qadimgi Xitoyda ayniqsa Chjango davrida qonunchilik faoliyatining juda tez. rivojlanishi eslatib o'tiladi. Bu miloddan avvalgi V-III asrlarda alohida xitoy podsholiklaii o'rtasidagi og'ir va tinimsiz kurashlar sharoitida siyosiy ahvolni barqarorlashtirish maqsadlarida qonunlardan foydalanish


zaruriyati bilan bog'liq.
Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 536 yilga taalluqli "Qonunlar obzori" ilk yozma qonunlarga yorqin misol bo'la oladi. Unda jinoyatlar uchun jazolaming quyidagi beshta turi: tamg'a bosish, bumini kesish, bitta yoki ikkala oyog'ini kesish, kastratsiya (axtalash, bichish) va o'lim jazosi berish nazarda tutilgan edi. Bu jazolar keyinchalik eng ko'p tarqalgan jazo turlari bo'lib qolgan.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda legistlarning ilg'or vakillaridan biri Li Kuy tomonidan tuzilgan "Vey podsholigi qonunlari kitobi" qadimgi Xitoydagi ilk qonunlar to'plamlaridan muhimi hisoblanadi. U quyidagicha oltita bob: o'g'rilar haqidagi, bosqinchilar haqidagi, zindonda saqlash haqidagi, jinoyatchilami tutish haqidagi, qatl etish va qiynash qurollari haqidagi qonunlardan iborat.
Bu to'plam kelajakda shunday qonunlar to'plamlari ishlab chiqish tajribasini boshlab bergan. Miloddan avvalgi III-П asrlarda Xan davrida Xitoyda qadimgi qonunlami bayon qilish, yozish, sharhlash va qayta tiklash bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilgan. Bu vaqtga kelib "Vey podsholigi qonunlari kitobi" qator boblar bilan, jumladan, harbiy ishlar haqidagi, davlat ot-ulovi haqidagi va moliya haqidagi huquq me’yorlari bilan to'ldirilgan. Shuni aytib o'tish kerakki, yozma qonunlaming paydo bo'lishi odat huquqi me’yorlarining tugatilishiga olib kelmagan. Qadimgi Xitoy davlati rivojlanishining barcha bosqichlarida odat huquqi muhim o'rin tutib, ijtimoiy munosabatlaming ko'p tomonlarini, jumladan yer munosabatlarini tartibga solib turgan.

Download 40.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling