Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi
Download 179.65 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy materiallar 752b6ce678e65b173180aee3f7 230302 150619
Klavdiy Galen Kadimgi Rim vrachlari orasida eng mashxuri bulgan.U Pergam shaxrida
arxitektor oilasida dunyoga ketgan. Galen falsafa va tibbiyotni chukur o‘rgangan. SHundan so‘ng gladiatorlar maktabida 6 yil davomida vrach sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U Rimga ko‘chib kelganidan keyin imperator Mark Avrsliy saroyida xizmat kiladi va uning vafotidan so‘ng o‘gliga xizmat kiladi. Galen tibbiyot soxasida 2UU dan ortik asarlar yozgan. SHundan 14Utasi bizgacha etib kelgan. Galen organizmda rux borligini e’tirof etgan. U: ““Rux organizmdagi barcha jarayonlarni idora kilib turadi. Agar organizm va rux o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lsa, kasallik kelib chikadi”-, deb gumoral nazariyani yoklagan. Galen anatomiya fanini rivojlantirib, asosan, cho‘chka va maymunlarning korin bo‘shligini yorib, tajriba o‘tkazgan. Bunda u organizmdagi 2 xil to‘kimani kashf etadi: 1. Muskul, pay, tomir va nervlar. 2. Jigar, o‘pka, yurak. Galen bir kancha yangi muskullariga, jumladan, orka, bo‘yin, umurtka, ko‘z, chaynov, xikildok, ko‘l va oyok panjalari muskullariga yaxshi ta’rif bergan. Galen miyadan chikkan nerv tolalari miya moddasining o‘zidan xosil bo‘lishini birinchilardan bo‘lib isbotlagan. SHuningdek, u ““nervusvagus” ning tolalarini o‘pka va oshkozon soxalarida borligini anikladi. Olim fiziologiya soxasida xam tekshirishlar olib borib, orka miyani kesib organizmdagi o‘zgarishlarni batafsil bayon etgan va orka miyada sezuvchi va xarakat lanuvchi nerv tolalari borligini tasdiklagan. XIX asrga kelib CHarlz Ber va Majandilar buni yana bir karra isbotladilar. SHu sababli xam Galen jaxon tibbiyotiga o‘zining klinik karashlari bilan ilmiy materialistik nazariya asosida yuksak muvaffakiyatlarga erishgan. Gippok rat - YUnon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. Gippokrat YUnonistonda mashxur bo‘lgan shifokor Gippokrat sulolasidan bo‘lib, ularning 18-avlodi xisoblanadi. U tibbiyotga oid ma’lumotlarni otasi Gerakmetdan olgan. Gippokrat asarlari G‘arb, SHarq vrachlari qo‘lida mutabar qo‘llanma bo‘lib kelgan. Gippokratga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. «Majmuada Bukrotiya» (Bukrot to‘plamasi) nomi bilan mashxur bo‘lgan bu asarlarning aksariyati Gippokrat vafotidan keyin o‘g‘illari va shog‘irdlari yozgan. Gippokrat asarlarining va ularga Galen berilgan sharxlarni Xunayn Ibn Isxok Surayyoni arab tillariga tarjima qilganlar. Ularga o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlarida keng tarqalgan. Gippokratning «Kitob alfusi» (aforizmlari) kitobi juda mashxur. Unga ko‘p olimlar sharx berishgan. SHu sharxlardan biri O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi SHarqshunoslik Institutida 3139 raqami bilan saqlanmoqda. Gippokrat tibbiyotini koxin ta’siridan qutqardi. Jaxon tibbiyoti tarixida Gippokrat aloxida o‘rin egallaydi. Gippokrat eramizdan oldingi 460 yilda Qadimgi YUnonistonda Kos orolida tug‘ilgan. Uning xamma o‘tmish avlodlari tabiblik kasbi bilan shug‘ullanganlar. Otasi Geraklid tabib avlodidan bo‘lgan. Gippokrat tabiblar oilasidan tavallud topadi. U tabiblik sana’tini dastlab o‘z otasidan o‘rganadi. Gippokrat 17-18 yoshida Afina shaxriga ko‘chib keldi. Gippokrat o‘z davrida jaxonga mashxur olimlari, shoirlari, faylasuflari bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan va o‘z bilim va tajribalarini oshirib bordi. Rivoyatlarga ko‘ra, Gippokratning o‘tmish avlodi qadimda afsonaviy tabib Podaliyriyga borib taqaladi. U esa o‘z navbatida iloxiylashtirilgan tabib Askleypiyning o‘g‘li xisoblanadi. Umuman bu avlodda 3 ta Gippokrat bo‘lgan.. Bu Gippokrat uchinchisidir. Gippokrat o‘z bilim tajribasi bilan juda erta shuxrat topdi. Tibbiyotda Gippokrat shug‘ullanmagan soxa bo‘lmagan. Tibbiyotning mustaqil rivojlanish yo‘llarini ta’sirlantirdi. Vrach kasallikni emas, balki davolashni bilishi kerak deb ta’rif berdi. Tashqi muxit olimlari iqlim, suv, tuproq, kishilarning xayot yo‘li mamlakat qonunlari va boshqalarni odamga, unga jismoniy va ruxiy xususiyatlarini shakllantirishga ta’siri jixatdan ajralib turadi. Gippokrat tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Kasallik etiologiyasi kasalliklarni kelib chiqish sababi va uning (anatomiyasi diagnostika tashxis ko‘rinish) masallarini ishlab chiqdi. Xulk atvorning qisqacha ta’siri bo‘lib, qasamiyod «Gippokrat qasamyodi» matnini ham Gippokrat yozgan deyishadi. Gippokrat – «tibbiyotning otasi» deb xam atashadi. Gippokrat turli geografik zonlarda turlicha odamlar yashaganligini ko‘rdi. Ular o‘z tana to‘zilishlari xarakatlari va mijozlari bilan farq qilishlarini aniqladi. Gippokrat juda moxir jarrox ham bo‘lgan. U xar xil jarroxlanishlar va chiqqan- singanlarga davolanishning kompleks uskunalari ishlab chiqqan. CHiqqan-singanlarni davolashda qo‘llanilgan xar xil moslamalar, taxtakachlar, suyak tortkichlaridan foydalangan. Masalan: singan suyak tortib, o‘z joyiga tushiradigan g‘altaklar, qiyshik bo‘lib qolgan umurtqa ustuning to‘g‘rilaydigan taxtakachlar va boshqalar. Maxsus bog‘lov usullarini ishlab chiqqan. Masalan: bosh jaroxatlanganida uni bint bilan maxsus bog‘lash usuli. Bu usul «Gippokrat kalpog‘i»nomi bilan ma’lum. Tibbiyotda Gippokrat shug‘ullanmagan biron soxa bo‘lmagan. U tibbiyotning deyarli xamma masalalarini o‘sha davr fani darajasida mukammal, amaliy jixatdan to‘g‘ri ifodalab bergan. Gippokrat bemorlarni davolashda asosan 2 usuldan foydalangan. Bo‘lardan biri – gigienik-parxez usulini amalga oshirish, ikkinchi – dori darmonlardan foydalanish olim xar qanday kasallikni oldini olishni birinchi galdagi vazifa deb bilgan. SHuning uchun u gigienik-parxez usulini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Dori-darmon masalasida Gippokrat ko‘proq organizmni bo‘shatuvchi moddalardan foydalangan. Masalar: ich suruvchi, qayd qildiruvchi, siydik xaydovchi dorilar ishlatilgan. Gippokrat maxsus davolash prinsipini ishlab chiqqan. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat: 1. Bemorga faqat foyda keltirish, uni tanasiga zarar etkazmaslik. U «Non nosere» (zarar keltirma) degan. Buning ma’nosi agar davolash qo‘lingdan kelmas ekan, kasalni o‘z xoliga qo‘y, bilib-bilmay xarakatlar bilan unga zarar keltirma. Download 179.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling