Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi
Download 179.65 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy materiallar 752b6ce678e65b173180aee3f7 230302 150619
2. Qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash. Bunda bemorning (xarakati susaysa) xarorati ko‘tarilsa, isitmani tushiruvchi, ichi ketsa, ichini to‘xtatuvchi dorilar berish kerak. 3. Organizmning o‘z tabiatiga yordam berish. Gippokrat odam tanasidagi kasallik bilan kirishuvchi tabiiy kuch bir deb biladi. Davolash asosan shu kuchni zo‘raytirishdan iborat. 4. Bemor tanasi va uning asrash. Bu erda Gippokrat bemor tanasiga nisbatan juda extiyotkorlik bilan muolaja qilishni, uning kasallikka qarshi kuchini kamaytirmaslikka o‘rgatadi. YAna bemorga dorini xa deb almashtiraverish kerak emasligini ta’qidlaydi. Faqat juda zarar bo‘lgandagina dorini va muolaja usullarini o‘zgartirish mumkin. Gippokrat tomonidan bundan 2500 yil muqaddam ishlab chiqilgani bu muolaja prinsiplari xozir xam o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Kishining jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi yoki shu xam ichki sharoitga kiritgan. Gippokratning fikricha, kasallik kelib chiqishida turmushdagi salbiy xodisalar va ovqat xam juda katta rol o‘ynaydi. Uning bu fikrlari xozircha xam o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. U kasallik paydo qiluvchi qandaydir g‘ayritabiiy joxil kuchlarni bo‘lishini rad etadi. Gippokrat to‘g‘ri ovqatlanishga juda katta axamiyat bergan. Uning fikricha, xar qanday ovqat maxsulotidan ma’lum darajada o‘t moddasi, qon moddasi, shilliq moddasi va suv moddasi bo‘ladi. Kishi iste’mol qiladigan ovqatda shu moddalarda bir xil muvozanatda bo‘lsa, salomatlik saqlanadi. Agar ovqatlanish bo‘zilsa kasallik paydo bo‘ladi. Gippokrat tibbiyotga yangi prognostika bobini kiritdi. Prognostika – ya’ni kasallikni taqdirini oldindan bilish juda muxim. Olimning tibbiyotga qo‘shgan xissasi shuki, u tibbiyot tarixida birinchi bo‘lib, xar xil bemorga «kasallik tarixi» tuzishni joriy qildi. «Kasallik tarixi»ga yozib olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, turli kasalliklarni asosiy belgilarini va oqibatda xulosalar chiqariladi va umumiy davo ko‘riladi. Gippokrat juda o‘tkir mushoxadali tabib bo‘lgan. U bemor kishini tashqi qiyofasini ko‘zdan kechirib, uning kasalligi qolishi yoki qolmasligini oldindan aytgan. Gippokrat – «Epidemiya» kitobida aytgandiki «Kasalliklarni muxim uni engilashtirish yoki zarar keltirmaslik» deb yozgan. Tibbiyotning xamma sanat 3 so‘zdan ko‘rinadi. 1 kasallik 2 kasal odam 3 vrach Vrach san’atiningt xizmatchisidir. Kasal odam o‘zi kasallikni engish uchun vrachga yordam berish kerak. Gippokratning aytishicha, falsafa tibbiyotni onasi deb xisoblangan. Falsafa qattiq ishonishdan ruxni xolos etadi. Tibbiyot esa tanani kasalliklardan xolos etadi. SHu kabi fanlar vrach faylasufini faoliyatini aniqlagan. Qadimgi Gretsiya o‘sha paytda juda ko‘p mashxur insonlarni etishtirib bergan. Gippokratning eng asosiy xizmati uni tibbiyotga induktiv usulni kiritgan. Davolash asosini Gippokrat tabiat deb atagan. Uning aytishicha, tabiat kasallar vrachi xisoblnadi. U xronik kasalliklar boshqa davlatlarga o‘tib ketsa xam fikrini aytgan. Qadimgi Rim tibbiyotining tarixini o‘rganishda mashxur tibbiyot olimi Klavdiy Galen va o‘sha davrda yashagan boshqa buyuk xakimlarning asarlari biz uchun asosiy manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Bu asar o‘sha zamon G‘arbiy Ovrupa tibbiyoti va uning erishgan yutuqlari xaqida ma’lumotlar beradi. Rimda ko‘p minglik armiyani jangovar xolatda saqlash choralarini ko‘rish zarur edi. SHu tariqa gospitallarda tabiblar ko‘paydi. Davo ishlari bilan ko‘proq qullar yoki boshqa mamlakatlardan kelgan xonimlar shug‘ullanar edilar. SHu sababli Qadimgi Rimning mashxur kishilari yunonlar bo‘lgan. Masalan, Asklepiad, Galen kabi mashxur Rim xakimlari asli kelib chiqishlari jixatdan YUnon edilar. Klavdiy Galen – tug‘ilgan yili taxminan 129-201. Galen nomi tibbiyot bilan bevosita bog‘liq. Tibbiyot tarixida juda katta o‘rin tutadi. Uning faqat Gippokrat va Avesto bilan tenglashtirish mumkin. Uning kitoblarida xamma eralari vrachlarining kitoblaridan qisqa-qisqa olib, jamlab, to‘liq kitob xolida chiqargan. Masalan: Aleksandriya mediklarining kitoblari yozuvlari Galen kitobida aniq ifodalangan va xozirgacha ma’lum. Galen tibbiyotini, falsafa dinini yaxshi ko‘rgan. O‘zining kitoblarida u 2 ta ishni amalga oshirgan. 1. Bir tomonda meditsinaga tarif bergan. 2. Ikkinchi tomondan esa bu tarifga asos qilib, anatomiya va fiziologiyani boshlab bergan. Bu uning kashfiyoti xisoblanadi. Anatomiya va fiziologiya kashf etilishi juda katta axamiyatga ega. Galenning juda ko‘p shog‘irdlari bo‘lgan. Galen 6 yil mobaynida gladiator fojiasi shundaki, u aqilli, tantili, ajoyib medik bo‘la turib o‘zini g‘oyaviy falsafasiga bo‘ysunardi. Uning asarlari, g‘oyalarini yaxshi tushunish uchun chuqurroq o‘rganish kerak. Galen vrach bo‘lgan, lekin uning qalbida falsafaga qiziqish saqlanib qolgan edi. Dadasi buyuk grek arxitektori Niqon davrida o‘sha paytdayok falsafaga chuqurroq o‘rgangan. Platon Afinalik –Aflotun (xaqiqiy ismi Aristokl; miloddan avvalgi taxminan 427 – 275) YUnon faylasufi, platonizm asoschisi, Sokratning shog‘irdi. Sokrat unga «P» (keng elkali, keng ko‘krakli degan ma’noni bildiradi) deb nom qo‘ygan. «P» mashxur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda bo‘lib, ulardan ta’lim oldi. Geraklid, Parmeiid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini o‘rgandi. Miloddan avvalgi 380-yillarda Afrika yaqinidagi Akademiya nomli bir bog‘ni sotib oladi (bu nom shu erlik afsonaviy qaxramon Akadem sharofatiga berilgan) va bu bog‘da o‘zining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashqil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000 yil faoliyat ko‘rsatadi. Unda Aristotel xam o‘qigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geometriya, astronomiya,geografiya, zoologiya va botaniqadan xam ta’lim berilar edi. Biroq siyosiy ta’lim markaziy o‘rinda edi. Ta’lim ma’ro‘zalar, munozaralar va suxbatlarga asoslanardi. Xar kuni gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilardi. Platon falsafasining asosiy moxiyati- «g‘oya» («eydos») lar xaqidagi ta’limotida bayon etilgan. Uning fikricha, g‘oya, xaqiqiy borlik, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. xaqiqiy o‘zgarish va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi xarakat esa uning inchiqosidir. G‘oyalar dunyosinig qonuniyatlarini xamma xam bila olmaydi. Ularni bila oladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar o‘lkan aql egalari bo‘ladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalaniladi. Pifagor g‘oyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qo‘yadi, chunki g‘oyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson g‘oyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi o‘rtasidagi zotdir. Uning ruxi g‘oyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. SHuning uchun rux va manna birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Rux insonning xaqiqiy qismidir. GOMER. Biz xayot deb ataydigan narsa rux jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. Platonning bilim nazariyasi uning g‘oyalar xaqidagi nazariyasiga asoslanadi. Platon pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida bo‘lgan. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb xisoblanadi. Uning fikricha, bolalar xayotining birinchi kunidayok maxsus mussasalarda tarbiyalanishi kerak: 3-7 yoshda uyinlar maktablaridagi uylar yoki bog‘chada ta’lim olishi; 7- 17 yoshda maktabda yozuv, o‘qish, musikasini o‘rganish; 17-20 yoshda xarbiy gimnstik ta’lim olish; 20-30 yoshda kelajakda xukumdor uchun zarur bo‘lgan falsafiy ta’lim olish zarur. Platon qarashlarida jamiyat, davlat to‘g‘risidagi ma’lumot markaziy o‘rinlardan birini tashqil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo‘lgan: 1-tabaqa – davlatni boshqarib turadigan donishmand xukumdorlar; 2-tabaqa – davlatni dushmandan ximoya qiladigan xarbiylar; 3-tabaqa – davlatni va yuqori ikki tabaqani moddiy jixatdan ta’minlab turadigan dexqonlar va xunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy xokimiyat tanxo amalga oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq xokimiyatni boshqaradigan demokrtiyaga ajratadi. Pluton to‘rt asosiy fazilatni farq qiladi: donishmandlik, mardlik, aql bilan ish qilish va eng asosiysi – boshqa fazilatlar o‘rnini to‘ldiradigan va qo‘shilib ketadigan fazilat – adolat. Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari asosida adolat g‘oyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qaerdaki qonunlar xokim ustidan xukumron bo‘lsa, xokimlar esa qonunga bo‘lsa, o‘sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz xokimyatining o‘rnatib qo‘yadigan bo‘lsa, u xolda qonun xech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi deb ta’qidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot (polis)ning gullab yashnashi yoki tanazzuli omili xisoblanadi. Ishlab chiqarish siyosatini emas, siyosat ishlab chiqarishni boshqarish kerak. Jamiyatni barqaror xolatdan chiqaradigan xar qanday o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Platon estetik qarashlarida borlik xayot «abadiy g‘oyalarning» makindi, nusxasi; san’at esa borlik, xayotning maqsadi, ya’ni taqlidga, degan xulosaga asoslangan. U xudolrg bo‘lgan e’tiqodni qo‘llab- quvvatlagan, xudosizlarni qoralagan, davlatlarni boshqaruvchi shaxslar xudojo‘y bo‘lishlri kerak, deb xisoblagan. Falsafa tarixida Platon ta’limoti turlicha qabo‘l qilingan. Unga «iloxiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining mutobira (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uyg‘onish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar xamda xatlar saqlanibg qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muximlari: «Apologiya» (Sokratni ximoya qilish), «Kriton» (qonunni xurmat qilish xaqida), «Laxet» (mardlik xaqida), «Menon» (notiklik san’atining moxiyati xaqida), «Bazm» (eros xaqida), «Berd» (Eydoslar xaqidagi ma’lumot), «Fedon» (adolat xaqida), «Davlat» (adolat xaqida), «Piemem» (bilim xakid), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va boshqalar, Platonning asarlari asrlar davomida Garbda, SHarqda ma’lum v mashxur bo‘lgan, ko‘p tillarga tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar» Farobiy shrxi e’tiborga loyiq. Farobiyning sharxi «Talxisu navomisi Aflotun» (Aflotunning qonunlri moxiyati) deb ataladi. Bu asar 1993 yilda «Fozil odamlar sharxi» kitobida nashr qilingan. 2002 yilda Aflotunning «Qonunlar» asari Toshkentda o‘zbek tilida nashr etildi. YOzuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop etildi. (Toshkent, 1998 y.). Download 179.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling