Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi
Download 179.65 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy materiallar 752b6ce678e65b173180aee3f7 230302 150619
- Bu sahifa navigatsiya:
- Knidos maktabi
- KOS tibbiyot maktabi
Kroton maktabi.Qadimda Kroton Yunoniston koloniyasi bo`lgan. Ushbu maktab olimlari
inson organizmining masalasini aniq ishlab chqqanlar. Ular asosan faylasuf Anaksimenning “xamma narsani xavo tashkil etadi” degan fikriga asoslanar edilar. Shu tariqa tibbiyotda “Pnevmatik nazariya” paydo bo`ldi. Alkmeon odam organizmi va uning barcha a’zolari shu pnevmadan kelib chiqadi, deydi. Bu pnevma o`zida turli qarama - qarshiliklarni chiqarib, shu qarama-qarshiliklar muvozanati buzilsa, kasallik payda bo`ladi, deb xisoblaydi. Ushbu maktabning yana bir vakili bu Diogen bo`lib, u eramizdan avvalgi III asrda yashab o`tgan. U yurakning o`ng qorinchasida qon, chap qorinchasida bo`shliq, vena qon tomirlarida qon, arteriyalarda bo`shliqni ko`rgan. Shunga ko`ra u arteriyalarni “aera” deb atagan. Ushbu maktabning faoliyati xam tibbiyotni rivojlanishida uz o`rniga ega bo`ldi. Knidos maktabi. Ushbu maktabga Evrifon asos solgan. Bu maktab vakillari kasalliklar belgilarini sinchiklab o`rganganlar. Ular xam “Pnevmatik nazariya” ga asoslanar edilar. Ular faqat “issiqlik” va “sovuqlikni” tan olganlar. Ushbu maktab vakillari kasalliklarni rivojlanish yo`llarini (patogenezini) ishlab chiqqanlar. Ular kishi organizmidagi suyukliklar odamning salomatligi va kasalligini belgilaydi, deb o`ylaganlar. Natijada patogenez nazariyasi paydo bo`ldi. KOS tibbiyot maktabi. Ushbu maktab KOS orolida tashkil topgan. Uning eng yirik vakili Gippokrat bo‘lgan. Gippokratni tibbiyotning otasi, deb bilishadi. Bu maktab praktik yutuqlarga erishgan. Jarroxlik uslublari yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lsa- da, Sushruta maktabi darajasiga etolmagan. Ular churrani davolay olmaganlar va plastik operatsiyalarni yasashni bilmaganlar. Gippokrat Kos shaxrida tug`ilgan. Uning otasi - Geraklid vrach, onasi - Fenarata akusherka bo‘lgan. Gippokrat uylanganidan keyin Afina shaxriga ko‘chadi. O‘sha vaqtlarda Afina fan va madaniyat markazi bo‘lgan. U erda ko‘plab olimlar, tarixchilar, shoirlar, vrachlar yashaganlar. Bular mashxur tarixchi Gerodot, shoir Pindar, Dramaturglar Sofokl, Evrinid, Aristofan, xaykaltaroshlar - Miron, Fidiy, Pachiklet va boshka larni ko‘rsatish mumkin. Jaxonda birinchi marta atom nazariyasini kashf etgan Demokritni aloxida ta’kidlab o‘tish kerak. Bundan tashkari Anansagor, Protagor, Sokratni xam keltirish mumkin. Gippokrat bularning xammasi bilan tanishib, ularning dunyoqarashini o‘rganadi. Unga ayniqsa Demokritning materialistik falsafasi zo‘r ta’sir ko‘rsatadi. Gippokratning vrachlik va olimlik nazariyasi Demokritning materialistik qarashlariga asoslangan. Gippokrat ko‘p mamlakatlar bo‘ylab sayoxat qilgan. U Misr, Kichik Osiyo, O‘rta dengiz mamlakatlari bo‘ylab yurib, u erdagi xalqlarning turmushini o‘rgangan, ularning kasalliklarini sinchiklab tekshirgan. Shuning natijasida Gippokrat o‘z maxorati va bilimini oshirgan. Gippokrat odamlarni tur toifaga ajratgan. Bu fikrini o‘zining “Xavolar, suvlar, mamlakatlar”degan kitobida bayon etgan. Bundan tashqari, u “Aforizmlar”, “Prognostika” va “Epidemiyalar” degan asarlar yozgan. “Epidemiyalar” kitobida yuqumli kasalliklar xaqida fikr yuritgan. Bu kitobda 42 kasallikning nomi keltirilgan. Gippokrat o‘z dunyoqarashiga binoan materialist bo‘lgan. Uning fikricha, xamma borlik atomdan iborat bo‘lgan. Xàyot esa atomlarning xarakatidan kelib chiqadi, degan fikrda bo‘lgan. Gippokrat kishilarning turmush tarzlarida o‘zgarishlar bo‘lishini, ularning ko‘p yoki kam ovqat yeyishiga, ichkilikka nisbatan qanday munosabatda bo‘lishiga, mexnatni sevish yoki sevmasligiga e’tibor berishni tavsiya kilgan. Chunonchi, urf-odatlarning xam kishi sog`ligiga ta’sir etishi ta’kidlanadi. Masalan, ba’zi xalklarda chiroyli bo‘lish maksadida yosh bolaning boshini tangib ko‘yib, kalla suyagini cho‘zik shaklga keltirishga xarakat kilingan. Bu esa tibbiyot nuktai nazaridan miyalarning yaxshi rivojlanmasligiga va boshka salbiy okibatlarga olib kelgan. Bu xol albatta ko‘p xolatlarda nasliy kasalliklar kelib chikishiga sabab bo‘lgan. Umuman kasalliklarning kelib chikishi masalasida Gippokrat boshqa yunon vrachlari singari “kraziya” (organizmdagi karama-karshi kuchlarning muvozanatda bo`lishi) va “diskraziya” (shu muvozanatning buzi lishi) nazariyalariga asoslangan. Gippokratning fikricha, xar xil temperamentli kishilarga bulingan odamlar turli kasalliklarga nisbatan sezgir bo‘ladilar. Masalan, flegmatiklar quruq va issiq kunlari o‘zlarini yaxshi xis etib, kop yomg`irli kunlarda esa yomon xis etadilar. Xoleriklarning iklimi quruq bo‘lgani uchun ular xavo nam bulganda, o‘zlarini yaxshi xis etadilar. Quruq va issik xàroratga chiday olmaydilar. Melanxoliklar kasalliklarga tez-tez chalinib turishadi. Sangviniklar eng chidamli toifadagi odamlar xisoblanadi. Gippokrat dunyoda birinchi bo‘lib xar kasalga kasallik tarixi varakasini joriy etgan. U vrachlar kasamyodini kiritgan. SHuningdek, tibbiyot bo‘yicha eng yirik asari “Gippokrat to‘plami” xisoblanib, xar bir vrach uchun asosiy ko‘llanma bo‘lgan. Gippokrat davolashdan oldin o‘ylab ko‘r, davolayman deb zarar etkazma” degan dono iborasi tibbiyotda davolovchi shifokorlar uchun shior bulib kolishi kerak. Gippokrat umrining oxirida Larisase shaxrida yashagan va shu erda vafot etgan. Download 179.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling