Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi
Download 179.65 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy materiallar 752b6ce678e65b173180aee3f7 230302 150619
Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti: shakllanishi va rivojlanishi. G‘arbda klassik quldorlik jamiyati dastlab Yunoniston va Rimda paydo bo‘lgan. Antik Yunoniston meditsinasida mustakil vrachlar va vrach omillari paydo bo‘lgan. Bu davr eramizdan avvalgi XII asrga to‘gri keladi. Yunoniston va Rim Ovrupa xududida qadimda eng rivojlangan mamlakatlar edi. Ular boshga mamlakatlarga nisbatan siyosiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan taraqqiy etgan edi. Ushbu mamlakatlar xududida bir qator faylasuflar, madaniyat, san’at namoyondalari xamda tibbiyot olami vakillari etishib chiqdilar. Xar bir shaxarda o`zining tibbiyot maktablari vujudga keldi. O´sha zamonda Ovrupa tibbiyotining rivojlanishida qadimgi Yunoniston va Rim tibbiyotlari muxim o`rin egalladi. Qadimgi Yunoniston tibbiyotini o`rganishda asosiy tarixiy manba’ bu Gomerning “Iliada” poemasidir. Bu asarda asosan yunonlarning eramizdan avvalgi XII asrda (1193-1184 yillar) bo`lib o`tgan Troyan ostonasidagi jang tafsilotlari yoritilgan. Jumladan, yunon armiyasi tarkibida faoliyat yuritgan tabiblar xaqida so`z borib, ularning yarador bo`lgan xarbiylarga ko`rsatgan tibbiy yordamlari yoritib o`tilgan. Ushbu poemada yoritilgan muxim bir rivoyatga ko`ra, ushbu urushda tibbiyot xudosi bo`lmish Asklepiy xam ishtirok etgan. Asklepiyning ikki qizi – Panakeya va Xigiena, ikki o`gli – Maxaon va Podaliriylar bo`lgan. Ular xam tabiblik bilan shug`ullanib, ushbu urushda qatnashganlar. Maxaon Panakeya va Xigiena jarroxlik qilgan bo`lsa, Podaliriy ichki kasalliklarni davolagan (terapevt). Rivoyatlarda aytilishicha, Akslepiyning otasi Apollon (Quyosh xudosi), onasi Kronida bo`lgan. Asklepiyni dunyoga kelishida onasining qornini yorib olish orqali olganlar. Bu usul xozirda Kesarcha kesish deyiladi. Kadimgi Yunon tasviriy san’atida Asklepiy ilon o`ralib olgan xassaga tayanib turgan keksa yoshdagi kishi sifatida, qizi Xigiyena esa qo`lida ilon o`ralgan qadax ushlab turgan qiz sifatida tasvirlanadi. Ilon o`ralib olgan qadax tibbiyot ramzi sifatida qabul kilingan. Xigieyani salomatlik xudosi deb ataganlar. Shundan kelib chiqib, xozirda kasalliklarni oldini olish bilan shugullanuvchi fan gigiena deb ataladi. Panakeya esa turli kasalliklarga davo bo`luvchi dori tayyorlash usullari bilan shug`ullangan. Bunday dorilarni panatseya deb ataganlar. Ushbu so`z xozirda fakat ramziy ma’noda ishlatiladi. Maxaon va Podaliriylar to`grisida deyarli ma’lumotlar etib kelmagan. Qadimgi Yunon tibbiyotini o`rganishda “Gippokrat to`plami” asari muxim o`rin tutadi. Ushbu kitob eramizdan avvalgi V-VI asrlarda yozilgan. Kitobni mashxur tabib Gippokrat boshlab berib, uni uning shogirdlari davom ettirganlar. Qadimgi Yunositonda tibbiyot ikki yo`nalishda – amaliy tibbiyot va ibodatxona tibbiyoti yo`nalishlarida rivojlangan. Keyinchalik ibodatxona tibbiyoti o`z axamiyatini yo`qotgan. Amaliy tibbiyot keng rivojlana boshlagan. Ushbu yo`nalishning rivojlanishida Demokrit va Anaksimen kabi buyuk yunon faylasuflarining ilgor ta’limotlari katta ro`l o`ynagan. Tabiblar o`zaro birlashib, ayrim shaxar va o`lkalarda tibbiyot maktablarini barpo etadilar. Download 179.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling