Qadimgi yunoniston o’rganishda gerodot va fulidit asarlarini ahamiyati
Download 0.79 Mb.
|
QADIMGI YUNONISTON O’RGANISHDA GERODOT VA FULIDIT ASARLARINI AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siluyanovoy I. V. Bioetika v Rossii: sеnnosti i zakono`., M. 2001. R
QADIMGI YUNONISTON O’RGANISHDA GERODOT VA FULIDIT ASARLARINI AHAMIYATIReja
Рынок Траяна Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi ,,Krit-Mikena" yoki Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming yilliklarda juda katta ko`tarilishta ega bo`lib, bir muncha sodda ko`rinishda bo`lsa-da arxitektura, tasviriy san‘at, haykaltaroshlik va diniy qarashlarda o`z aksini topgan. Krit madaniyati mil.avv. III - II ming yilliklarda shakllanish jarayonini boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi hududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Krit orollari va quruqlik-Elladada /Mikena deb ham yuritiladi/ olib borilgan arxeologik qazishmalar natijada topilgan ko`plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini ko`rsatadi. Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena"deb atalishiga asosiy sabab, ingliz arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini olib bordi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikeanada topilgan madaniy qatlamdan ham ko`ra qadimiyroq bo`lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning birinchi o`n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan kelib chiqib, , ,Krit-Mikena madaniyati'' atamasi ishlatila boshlangan. Taxminan,mil.avv.II ming yillikda qurilgan Knoss saroyi qoldiqlari qadimgi Kritda arxitektura, tasviriy san‘at ancha Rivojlanganligini ko`rsatadi. A.Evansning ko`rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto to`rt qavatli qilib qurilgan. Saroy markazida xalq yig`inlari o`tkazilib turiladigan zal mavjud bo`lgan. Sopol quvurlar orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Арка Тита Арка Септимия Севера Mil.avv.X1-1X asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi.Bu davr madaniyatini o`rganishda Gomerning ,,Iliada" va ,,Odessiya" dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug`lovchi, yuksakliklarga ko`taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy ta‘kidlaganidek, „Gomerning ,,Iliada" dostonini o`qiganda undagi kishilar obrazi ikki marta ulug’vor bo`lib ko`rinadi". Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida qadimgi yunonlarning o`ta ulug`vorlik darajasiga olib chiqilganligi muhim rol o`ynagan. Chunki, ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida oddiy insonlar xudolar darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson ahloqiy idealining eng yuqori cho`qqisi deb bilgan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug`vor bo`lib ko`rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, tarafkashlik urushida tomonlarni qo`llab-quvvatlab turadi. Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini yo`qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-asrorini ocha boradi. Акведук — система водоснабжения, арочная конструкция Акведук в Сеговии Гарский мост Мост Фабриция Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya‘ni antik quldorlik shahar-davlatlarining shakllanish hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi. ,,Arxaika" so`zi grekcha ,,arxayos" so`zidan olingan bo`lib ,,qadimgi" degan ma‘noni anglatadi. Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan O`rta Yer dengizi sohillarida o`rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, O`rta Yer dengizi qirg`oqlaridagi davlatlar va ayniqsa, Misr bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradilar. Ularning madaniyati bilan tanishadilar. Qadimgi Bobil va Misr madaniyati yutuqlaridan foydalanishib, o`zlarining takrorlanmas sanati asarlarini yaratadilar. Bu davrga kelib Greklarning siyosiy-iqtisodiy va madaniy ta‘sir doirasi O`rta Yer dengizi bo`ylari Marmar va Qora dengiz qirg`oqlarigacha kengayadi. Greklarning vatanparvarlik va milliy g`urur tuyg`usi shaxsiy manfaat tuyg`usidan ustun kela boshlaydi. Shu boisdan ,,fanlarning fani" sanalgan filosofiya, diniy e‘tiqod va san‘ati qaerda bo`lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda o`zlarining grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta‘sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql jihatidan ustunlik qilishini unutmagan. Qadimgi yunonlar qo`shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari natijasida o`zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissiyotini uyg`ota olganlar. Bu hissiyot natijasida o`sha davr kishilari aql-bovar qila olmaydigan san‘atlarini yarata olganlar, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, aqliy-ma‘naviy tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-ahloqiy sistemani yuzaga keltirganlar. Taryana minorasi Svili minorasi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Siluyanovoy I. V. Bioetika v Rossii: sеnnosti i zakono`., M. 2001. RKarimov Sh.I. Soglom ovkatlanish –salomatlik mеzoni 2015 yilFaulеr M.. Etika i sеstrinskoе dеlo. M., 1994.Mеrta Dj.. Spravochnik vracha obhеy praktiki. M.,1998.Magazanik N.A.. Iskusstvo obhеniya s bolno`mi. M., 1991Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling