Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya


Download 356.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.01.2023
Hajmi356.98 Kb.
#1095674
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.QADIMGI YUNONISTON, RIM VA RUSDA JISMONIY TARBIYA (2)

ANTIK GIMNASTIKA 
Qadimgi Gresiyaning jismoniy madaniyati sistemasida “gimnastika” degan umumiylangan bilan 
birlashtirilgan jismoniy mashqlar shaklidagi juda ko‘p vositalardan foydalanilgan. Qadimgi yunon 
gimnastikasi o‘z mazmuniga ko‘ra uch qismga: polestrina, orxestrika va o‘yinlarga ajratilgan. 
Polestrina asosan yugurshisakrashnayza va disk uloqtirish hamda kurashishdan iborat bo‘lgan 
besh kurash musobaqasi tashkil etar edi. Yugurishning turli turlaridan foydalanilar edi: stadiodrom-birinchi 
bosqichdagi masofaga yugurish (192m); diaul- ikkinchi bosqichdagi masofaga yugurshi (qariyib 384m); 
dolixodrom-chidamli bo‘lish uchun o‘zoq masofalarga yugurish; odatda, ikkinchi bosqichda o’tkaziladigan 
qurollangan holda (nayza va qalqonlarni qo‘lga olib, shlyom va sovutni kiygan holda) yugurshi; ma’shala 
ko‘tarib yugurish. Lo‘qianning ko‘rsatishicha, mashqlar “qattiq yerda emas, balki chuqur qumlak joyda” 
o’tkazilgan yugurishda g‘oyat chidamli bo‘lishi yunon yuguruvchilari uchun xarakterli bo‘lgan. Buning yorqin 
misoli sho‘qi, eramizdan avvalgi 490 yil Marafon ostonasida eronliklar bilan bo‘lgan qattiq jangda keyin bir 
jangchi g‘alaba xabarini yetkazganligi uchun jang maydonidan Afinagacha (42km. dan ziyodroq yo‘l bosib) 
yuugurib kelgan. 
Sakrash mashqlaridan o‘zo‘nlikka sakrash ko‘proq qo‘llanilgan. Xandaqlardan va boshqa to‘siqlardan 
sakrash katta amaliy ahamiyatga ega edi. Musobaqalarda ko‘pincha qo’lga gontellar ushlab sakrash mashqlari 
ko‘proq bajarilgan. 
Nayza uloqtirish mashqi harbiy ish bilan bevosita aloqador bo‘lgan. Nayzani ma’lum nishonga va 
masofaga uloqtirganlar. 
Disk uloqtirish tosh otishdan kelib chiqqan qadimgi mashq bo‘lib, u harbiy amaliy ahamiyatiga ega 
bo‘lgan. Toshdan yoki metaldan diskalarning og‘irligi 1.7 kg dan 4.7 kg gacha, dinametri esa 14 sm dan 21 sm 
gacha bo‘lgan.
Kurash mashqlari ikki xil variantda bo‘lgan. Birinchi variant shundan iboratki, unda qaysi kurashchi 
o‘z oyoqlarini yerdan o‘zmagan holda raqibini uch marta yerga ko‘tarib ursa, u g‘olib hisoblangan. Kurashning 
ikkinchi variantida raqibning yelkasini yerga tekizishi maqsadida turli holatlarda kurashilgan. 
Bu asosiy mashqlardan tashqari polestrina tarkibiga mushtlashish va pankration ham kiritilgan. 
Pankrition murakkab mashq bo‘lib, unda kurash va mushlashish elementlari qo‘shilgan. Suzish, qilichbozlik, 
otda yurish, yoydan otish ham polestrina takibiga kigan. 
Orxestrika nafis-harakatlarni rivojlantirish uchun bajariladigan turli mashqlardan iborat bo‘lgan. Bu 
mashqlardan foydalanilgan. Gresiyada diniy-urf-odatlar va ommaviy takomillar vaqtida katta rol o‘yinab 
kelgan. Ko‘p sonli raqslar ham orxestrini tarkibiga kirgan. 
O‘yinlar ko‘pincha bolalar bilan o’tkaziladigan mashqlar vaqtida foydalanilgan gimnastika qismini 
tashkil qilgan. Koptok bilan o‘ynaladigan juda ko‘p o‘yinlar, bir-biri bilan arqon tortishuv o‘yinlari, muvozanat 
saqlash o‘yinlari, yugurib o‘ynaladigan, o‘yinlar (tutmachoq o‘yini singari va hokazolar) ana shunday o‘yinlar 
jumlasiga kirgan.

Download 356.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling