Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O’rxun-Enasoy obidalari Dars rejasi
Download 48 Kb.
|
Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O’rxun-Enasoy obidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Savol va topshiriqlar
Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O’rxun-Enasoy obidalari Dars rejasi: Qadimiy-adabiy yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi haqida O’rta Osiyo - qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri Toshbitiklarning badiiy qimmati Tayanch so’z va iboralar: Obidalarning topilishi, o’rgatilishi, tosh bitiklari, turkiy xalqlar, VI –VIII asr voqealari, Tunyuquq - buyuk vatanparvar shaxs, qahramonlik va vatanparvarlik g’oyasini ulug’lash. Mazkur obidalarning topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarning havzalari bilan bog’liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi hatto Sharqiy Yevropadan topilgan bo’lsada tarixda bu nom muhim o’rnashib qoldi. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rgatilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Missershmitd yodgorlilarini Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O’rxun, Selenga va Tuli daryolari atrofidan Shimoliy Mo’g’ilistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O’rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg’oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o’qish, o’rganish muammosi ko’ndalang bo’ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo’lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o’qish uchun dastlabki qadam qo’yiladi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovning yodgorlilklardagi barcha harflarini o’qidilar. Shundan so’ng ularni jiddiy o’rganish boshlandi. O’rxun–Enasoy obidalari “tosh bitiklari” deb ham yuritiladi. Buning sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidadir. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar O’rxun-Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko’pgina joylaridir. Shunga ko’ra, ularning Mo’g’uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mans), Rossiya (Sank –Peterburg, Qizil, Minsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran, Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanishi kuzatiladi. Ma’lumki, turkiy xalqlar o’z davlatiga ega bo’lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O’rxun –Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O’rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo’lgan o’lkan hududda o’z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar asosan VI –VIII asr voqealarini aks ettiradi. V-VI asr o’rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamalakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O’rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o’lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog’lab turuvchi, “Buyuk ipak yo’li”ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo’lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hukmdorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashtirishga olib keldi va 545-yilda Turk hoqonligi yuzaga keldi. Bu hoqonlik VII asrgacha hukmronlik qildi. Tosh bitiklarning katta qismi ana shu hoqonlikning o’ziga xos badiiy solnomasidir. Jumladan, “Tunyuquq” bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Elizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo’g’ilistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan Batordan 66 km Janubi –Sharqdagi Bain Sokto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. “Kultegin” bitiktoshi marmardan ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib brogan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.M.Yadrinsev (1842 –1894) 1889-yili Mo’g’ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Kukshin O’rxun-Enasoy daryosi qirg’og’idan topgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda Bolosog’un shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar o’ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan. “Bilga hoqon” bitigini ham N.M.Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 km janubi-g’arbga o’rnatilgan. Uning bo’yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. Bitiktosh ag’darilib, 3 ga bo’lingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar ko’rgan. U 80 satrdan iborat “Bilga hoqon” bitiktoshida “Kultegin” bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o’rganmoqda. V.Tomson va V.Radlovlardan keyin S.E.Malov, S.G.Klashtorniy, I.V.Stebleva, X.O’rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov o’zbek olimlaridan A.Rustamov, G’.Abdurahmonov, N.Rahmonovlarlar o’rganishgan. Minisensk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to’qasi, qog’ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko’pdir. So’zni “Tunyuquq” bitiktoshidan boshlaylik. Tunyuquq shaxs nomi. U ikkinchi turk hoqonligiga asos solgan Eltarish hoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo’lgan. “Tunyuquq” so’zining ma’nosi “to’ng’ich javhar” demakdir. Tunyuquq “Turk Bilga hoqon davlatida u bitigni yozdirdim” deydi. Bilga hoqon Eltarish hoqonining o’g’li edi. Bitiktoshdagi voqealar Tunyuquq tilidan hikoya qilinadi: ”Men Dono Tunyuquq erurman. Tabg’ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg`ach davlatiga buysunar edi.” Tunyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo’ladi. U yetti yuz kishini birlashtirib, “shad” degan unvon oladi. Bu turk hoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi. Tunyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o’z atrofdagilarining mustahkam jipsligini ta’minlaydigan, yagona maqsad yo’lida xalqni birlashtira olishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo’ladi. U odamlarning ko’nglidan kechayotgan o’ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga ularning qalblariga ta’sir etishning yo’llarini ham yaxshi biladi. Shunga ko’ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqning kelajagini o’z qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida, oz sonli qo’shin harakatga keladi, natijada ko’p sonli dushman tor –mor bo’ladi. Tunyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o’z vatani, hoqoni, qo’shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o’zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Tunyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. O’rxun-Enasoy obidalarining asosiy qismi shu xoqonliklar tarixining badiiy solnomasidir. Ularning dastlabkilari yuqorida aytilganiday, qabrlarga qo’yilgan toshlardan iborat bo’lgan. Masalan, “Bilga hoqon” bitigi ham Kultegin qalamiga mansub. Bitigda “Kultegin” va “Tunyuquq” obidalariga xos bo’lgan an’ana –qahramonlik va vatanparvarlik g’oyasini ulug’lash asosiy o’rin tutadi. Yodgorliklarda inson shaxsi va ayniqsa, uning erki bilan bog’liq masalalar teran badiiy tahlil qilingan. Savol va topshiriqlar Toshga bitilgan bitiklarning O’rxun –Enasoy obidalari nomini olishiga sabab nima? Ular qachon topilgan? Ularni o’rganish bilan shug’ullangan olimlar nomini bilasizmi? Yodgorliklar qanday mavzuda yaratilgan? Tunyuquq siymosiga tavsif berish uchun tayyorlaning. U qanday obraz? Yodgorliklardagi xalq mustaqilligi, ona yurt dahlsizligi, shaxs va erk g’oyasi ifodalangan o’rinlarni belgilang. Ularning qanday so’zlar bilan tasvirlanganligiga e’tibor bering. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling