Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan
XULOSA Sudralib yuruvchilarning ahamiyati
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan
XULOSA
Sudralib yuruvchilarning ahamiyati. Sudralib yuruvchilar turlarning ko‘p bo'lganligi va yer yuzida keng tarqalganligi uchun tabiatda va inson hayotida suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan katta ahamiyatga ega. Sudralib yuruvchilarning deyarli hammasi foydali hisoblanadi. Ko'pchilik kaltakesaklar va ilonlar zararkunanda hasharotlar, molluskalar va kemiruvchilarni qirib, ular sonini cheklab turadi va qishloq xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ko'pgina kaltakesaklar tulki, sassiqko'zan kabi ovlanadigan mo'ynali darrandalarga yem bo'ladi. Mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadigan zaharsiz ilonlarni ba’zi joylarda odamlar (Amerika, Janubiy Osiyo, Afrika) uylarida mushuk o'rnida saqlaydilar. Ayrim sudralib yuruvchilar ba’zan anchagina zarar ham keltiradi. Masalan; O'rta Osiyo cho'l toshbaqasi polizlarga, pista ekinlariga va don ekilgan maysazorlarga ziyon keltiradi. Cho'l toshbaqalari temir yo'l ko'tarmalari va sug'orish inshootlarini kavlab tashlaydi. Baliq yetishtiradigan xo'jaliklarda suv ilonlari yosh baliqiarni yeb, ma’lum darajada zarar yetkazadi. Quruqlikda yashovchi toshbaqalar, ba’zi kaltakesaklar va ilonlar odam hamda uy hayvonlariga ayrim yuqumli kasalliklami tarqatadi, chunki ularda kasallik yuqtiradigan kanalar parazitlik qiladi.Issiq iqlimli mamlakatlarda, shu jumladan, MDHda Kavkaz va O'rta Osiyoda zaharii ilonlar inson uchun katta xavf tug'diradi. Odamlar uchun o'ta xavfli ilonlarga shaqildoq ilon, kapcha ilon, ko'lvor ilon va dengiz ilonlari kiradi. Bu ilonlar chaqqanda odamlarning 1—2% i o'ladi.Zaharii ilonlar zaharining qanday ta’sir etishiga qarab 2 guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga kiruvchi ilonlar chaqqanda to'qima qizarib shishib ketadi, sovuq ter chiqadi, odam alahsiraydi, ko'ngli behuzur bo'ladi. Natijada odam o'lishi ham mumkin. Ikkinchi guruhga kiruvchi zaharii ilonlar chaqqanda zahar nerv sistemaga ta’sir etadi, qo'l va oyoqlar falaj bo'lib qoladi, nafas qisiladi, yuzi ko'karadi va nihoyat zaharlangan odam o'ladi. Ilon chaqqanda chaqqan joyni K^MnO,, ni kuchh eritmasi bilan 33 chayqab zaharni chiqarib tashlash kerak, chunki so'lak tegsa ilon zahari parchalanadi. Ilon chaqqanda choy yoki kofe ichish ham foydah, so'ngra zaharlangan odamni tezda shifoxonaga olib borib ilon zardobi bilan emlanadi. Monovalentli zardob m aium bir tur ilon chaqqanda ishlatilsa, polivalentli zardob bir necha zaharli ilon turlari chaqqanda ishlatiladi. Zahar olish uchun zaharli iloniar tabiatdan ushiab kelinadi va maxsus ilon saqlanadigan joylarda boqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli zoologiya instituti qoshida maxsus zaharli iloniar saqlanadigan pitomnik bor. Bu yerda kapcha ilon, qora ilon va koivor iloniar saqlanadi hamda uiardan qimmatbaho ilon zahari olinadi. Ilon zaharidan qimmatbaho davolash mahsulotlari (laxezis, vipratoks va boshqalar) olinadi va revmatizm, yurak tomirlari spazmasi, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda keng qoilaniladi. Shuning uchun ham zaharli ilonlarni muhofaza qilish va uiardan oqilona foydalanish talab qilinadi.Yirik kaltakesak, ilon, timsoh va ayniqsa, toshbaqa go'shti ko'pgina mamlakatlarda ovqatga ishlatiladi. Timsohlar, yirik iloniar va kaltakesaklarning (echkemar) terisidan chemodan, portfel, tasma, xaltacha va poyafzal tayyorlanadi. Ba’zi dengiz toshbaqalarining, ayniqsa, karettaning qalqonidan taroq, ko'zoynak gardishlari va boshqa buyumJar tayyorlanadi. Iloniar, timsohlar va toshbaqalarni ortiqcha ovlash, albatta, ular sonining keskin kamayishiga va hatto yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin. O'zbekistonda uchraydigan 58 ta tur sudralib yuruvchilardan quyidagi 16 ta turi kamyob bo'lib O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan: Molchanov to'garakboshi, xentog' to'garakboshi, shtraux to'garakboshi, Said-Aliyev taqir to'garakboshi, Rustamov ssink gekkoni, silliq gekkoncha, qalqonli gekkoncha, qoraxoldor kaltakesak, Farg'ona qum kaltakesagi, bo'z echkemar. Hind boygasi, to'rt yo'lli chipor ilon, ko'ndalang yo'lli bo'ritish ilon, Afg'on litorinxi, kapcha ilon, dasht qora iloni. Yuqorida keltirilgan sudralib yuruvchiiarni muhofaza qilish va uiardan oqilona foydalanish lozim. O'zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turiga O'rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana eichw, dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine, 34 charx ilon - Carinatus scheid, qalqontumshuq ilon - Ancistrodon halys pall, ko'lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi. Ulardan qora ilon va qalqontumshuq ilon tuxumdan tirik tug’ish yo'li bilan, O'rta Osiyo kobrasi, charx ilon, ko'lvor ilon esa tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi. Ekologik jixatdan ko'lvor ilon, qalqontumshuq ilon, tog’ va tog’ oldi zonalarini egallagan bo'lsa, O'rta osiyo kobrasi qora ilon dashtli teksliklarni, charx ilon esa qumli cho'llarni egallagan. Surxondaryo viloyati hududida o’zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarning ko’lvor ilon,qum charx iloni va O’rta Osiyo kobrasi kabi turlari tarqalgan. O'rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas markazlariga ta'sir ko'rsatsa, ko'lvor va qalqontumshuq ilonlar yurak qon aylanish sistemasiga ta'sir qiladi. Zaxarli ilonlar to’g’risidagi ma'lumotlarni keng xalq ommasiga yetkazish ayniqsa ilon chaqqanda birinchi yordam ko'rsatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling