Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan
I.Bob.O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan
I.Bob.O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar
1.1 O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarva ularning tarqalishi Yashash sharoiti va umumiy tarqalishi. Reptiliyalar amfibiyalarga qaraganda ancha xilma-xil sharoitda yashaydi. Bu holat reptiliyalarning muayyan sharoitga birinchi galda quruqlikka moslanishiga bog’liq. Muhim moslanishlardan biri bu reptiliyalarning yer muhitining quruqligiga voyaga yetganlari ham (ayniqsa muhim bo'lgan), embrional rivojlanayotganlari ham bardosh berishidir. Katta yoshdagi hayvonlarda bu epidermisning shox modda bilan qoplanishiga bog’liq. Embrional moslanishlar to’g’risida urchish haqidagi qismda bayon etiladi. Quruqlikda yashash va urchish reptiliyalar faqat issiq va nam iqlimda emas, balki quruq va issiq iqlimda ham yashashiga imkon berdi. Natijada, reptiliyalarning umumiy geografik tarqalish doirasi amfibiyalarnikiga qaraganda juda keng. Ular Arktika va Antarktidadan tashqari, yer sharining barcha iqlim zonalarida tarqalgan. Reptiliyalar tana temperaturasining turg’un bo'lmasligi tufayli ular faqat nisbatan yuqori harorat muhitida yashaydi Masalan, ilonlar 10°C da kam harakatchan, 6- 8°C da esa harakatchan, -2,-3°C da karaxt bo'ladi. Tanasi -4,-6° C gacha sovisa nobud bo'ladi. Yuqorida aytilgan sabablarga ko'ra, reptiliyalar tropik zonalarda keng tarqalgan bo'lib, qutbga tomon son jihatdan kamayib boradi. Masalan, Indoneziya orollarida 150—200, O'rta Xitoyda atigi 30 turi yashaydi. O'rta Osiyoda 50, Kavkazda 68, g’arbiy Yevropada 12 turi yashaydi; to Shimoliy qutb doirasigacha faqat ikki turi uchraydi. Tog’li mamlakatlarda dengiz sathidan ko'tarila borgan sari reptiliyalar soni xuddi shunday sezilarli kamaya boradi. Reptiliyalarning eng yuqori tarqalish chegarasi Markaziy Osiyoda, dengiz sathidan 5000 m balanddadir. Janubiy Amerika Kordileralarida kaltakesaklarning bir turi dengiz sathidan 4900 m balandlikda ham uchraydi. Shu bilan bir qatorda juda yuqori temperatura reptiliyalar uchun xavflidir. Yashirinish iloji bo'lmaganda, Q55°S da qum kaltakesaklar 1,5—4 minutda nobud bo'ladi. Kaltakesaklar isib ketishdan qochib, uyalarga yashirinadi (agamalar) yoki daraxt shoxlariga chiqib oladi. D. N. qashqarov O'rta Osiyoning qumli cho'llarida 6 yozda tush vaqtida xarorat yerdan 2 m balandlikda (daraxtlar shoxida) yerda soya joydagiga qaraganda 10°C, serquyosh joydagiga qaraganda 28°C past bo'lishini aniqlagan. Reptiliyalarda ma'lum darajada fizik termoregulyatsiya qilish qobiliyati bor, deb faraz qilish mumkin. Masalan, tirik tug’uvchi kaltakesakda tashqi muhit harorati 16 dan 42°C gacha ko'tarilishida nafas olish tezligi bir minutda 31 dan 114 martagacha oshadi. Bu holatni tanadan ortiqcha issiqlikni chiqaruvchi hansirash deb atasa bo'ladi. Bundan tashqari, Amerika stsinklari va iguanalarda teri orqali suv bug’latish katta termoregulyatsiya ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatish mumkin. Bir soatda bunday yo'l bilan terining 1 sm 2 yuzasidan millilitr bilan hisoblaganda u 0,1 dan 0,3 gacha teng. Butun teri orqali organizmning suv bug’latishi 66—76% ni tashkil etadi. Yuqori harorat reptiliyalarga bilvosita salbiy ta'sir ham qiladi. O'simliklarni qurishi cho'l toshbaqalarining uyquga kirishiga sabab bo'ladi. Tropikda haroratni baland bo'lishi, suv havzalarining qurish natijasida timsohlar, ba'zi bir toshbaqalar va ilonlar uyquga kiradi. Suvda yoki tuproqda tuzlar bo'lishi reptiliyalar yashashiga halaqit bermaydi. Kaltakesaklar bilan ilonlarning aksariyat turlari amfibiyalar yashay olmaydigan sho'r tuproqlarda yashaydi. Ilonlar, toshbaqalar uzoq muddat ichida dengiz va ko'llarning sho'r suvida yashaydi. Sudralib yuruvchilarning umumiy ekologik tarqalish areali niqoyatda keng. Ular orasida yer ustida, yarim suv va suv sharoitida, yer ostida daraxtlarda yashovchi turlari bor. hozirgi reptiliyalar faqat havoda yo'q. Hozirgi zamonda yashovchi reptiliyalar hayot formalarining bunchalik ko'p bo'lishi qadimiy reptiliyalarni turli-tuman sharoitda yashaganligiga bog’liq. Turlarning aksariyati yer ustida yashaydi. Ular yer ustidagi turli-tuman sharoitda yashaganligi uchun xatti-harakati ham har xil. Ular qum, tuproq, toshli cho'llarda, qalin o'tzorlarda, o'rmon va botqoqlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, ular ochiq serquyosh, harakatlanishga xalal bermaydigan joylarni yoqtiradi. Reptiliyalarning harakat shakllari juda xilma-xil. Faqat ulardan ayrimlarini «Sudralib yuruvchilar», ya'ni tanasini yerda sudrab yuruvchilar, deb atash mumkin. 7 Timsohlar, echkemarlar va ko'pgina kaltakesaklar tanasini baland ko'tarib chopib yuradi. Ba'zi bir quruqlikda yashovchi toshbaqalar ham tanasini yerda sudramaydi. Katta masofani faqat orqa oyoqlarida chopib o'tuvchi turlar ham bor. Masalan, ba'zi agamalar, iguanalar va, ayniqsa, avstraliya qalqonli kaltakesagi shulardandir. Mezozoyda yashagan guruhlar orasida bunday reptiliyalar ayniqsa ko'p bo'lgan. Cho'l reptiliyalarining tanasini ko'tarib chopishi moslanish xususiyatiga ega. Chunki bunday holatda tanasi issiq tuproq ta'siriga kamroq duch keladi. Bu holat Turkmaniston misolida ko'rsatilgan. Qumli cho'llarda yashaydigan reptiliyalarda sochiluvchi qumda yashashga imkon beradigan bir qancha moslanishlar bor. Aksariyat holatlarda ular barmoqlar atrofida joylashgan shoxsimon moddali tishchalardan iborat. Bu moslanishlar reptiliyalarning turli sistematik guruqlariga: agamalar, gekkonlar, kaltakesaklar, iguanalarga xosdir. Gekkonlarning Janubiy Afrikaning qumli cho'llarida yashovchi bir turining barmoqlari orasida teri parda bor. Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Reptiliyalarning aksari xillarining tana shakli yerda sudralib yurish uchun moslashgan. Shuning uchun ham shu sinf sudralib yuruvchilar deb ataladi. O‘zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarni 4 oilaga bo‘lish mumkin: 1.Suvilonsimonlar (Colibridae) 2.Aspidlar (Elapidae). 3.Qorailonlar (Viperidae). Ushbu oilalarga kimvchi ilonlar o‘z biologiyasi, zaharli apparatining tuzilishi, zaharining kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmiga ko‘ra farqlanadilar. Evolutsiya jarayonida ilonlarning ovqatni hazm qilish tizimida yirik o‘ljani yutish uchun moslamalar hosil bo‘lgan va o‘ljaning harakatsizligini ta’minlovchi zaharli apparat shakllangan.O‘ljani butunlay yutish bosh suyagining va ayniqsa jag‘laming o‘ziga xos tuzilishini talab qilgan; pastki jag‘ yuqorigi jag‘ga nisbatan deyarli to‘g‘ri burchak hosil qilib ochilishi mumkin, bundan tashqari ular bir-biridan uzoqlashishga imkon beradigan 8 boylamlar bilan bog'langan. Shuning hisobiga ilonlar diametri boshining diametridan katta o‘ljani ham yutishi mumkin. Turli oilaga mansub ilonlarning zaharli apparatining evolutsion o‘zgarishlari ular oziqlanishining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Ilonlardan ayrimlari so‘lagining tabiiy zahar-liligi ularda turli oziqni hazm qiluvchi fermentlar bo‘lishi nuqtayi nazaridan tushuntiriladi. Ushbu xususiyat evolutsiya jarayonida mustahkamlanib borgan, chunki zaharlilik o‘lja ov-lash samaradorligini oshirgan. Vaqt o‘tishi bilan so‘lak bezlari - yuqori lab, yonoq bezlari, asosan, zaharli sekret ishlab chiqarishga ixtisoslashib borgan. Shu bilan bir vaqtda, ushbu zaharni o‘lja tanasiga kiritish apparati ham shakllanib borgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling