Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1545522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

Tarqalishi. Kavkaz, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘rta
Osiyoda, Janubiy Mo‘g‘uliston, Shimoliy-G‘arbiy Xitoyda keng tarqalgan.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi.
Tur: B. trigonatum
Morfologiyasi. Uzunligi 1m gacha yetadi. Katta boshi bo‘ynidan aniq
ajralib turadi. Ko‘zlari katta, tungi ilon bo‘lganligi uchun ko‘z qorachig‘i vertikal
joylashgan. Gavdasining usti och sariq, qo‘ng‘ir-kulrang yoki sariq-qizg‘ishdir.
Orqa tomonida egri-bugri va uzuq-yuluq oq chiziqlari mavjud.
5-rasm. Hindiston boygasi
Qorin tomoni oqish rangda, unda xollar yo‘q. Ikki yonidan qisilgan, ixcham
va
kelishgan gavdasining
usti
tangachalar
bilan
qoplangan,
yag‘rinidagi
tangachalari keng serbar, boshqa tangachalari esa kambar bo‘ladi.


15
Biologiyasi va ekologiyasi. O‘rta Osiyoda qumli va gilli sahrolarda,
chalacho‘llarda,
daryo vodiylarida, jarliklarda,
qurg‘oqchil o‘t-o‘simliklar
butazorlarga ega tog'oldi hududlarida, bog‘larda, madaniy ekinlar yetishtiriladigan
dalalar va aholi turar joylarida yashaydi. Kemiruvchilar inida, toshlar orasida va
tuproqdagi kovaklar, teshiklarda hayot kechiradi. Tojikiston sharoitida martning
birinchi kunlarida qishki uyqusidan uyg‘onadi. Yozgi davrda kechqurun va tunda
ov qiladi, kunduz kunlari yashirinib yotadi. Qushlar va turli kaltakesaklar bilan
oziqlanadi. O‘rta Osiyoda ko‘payish biologiyasi o‘rganilmagan. Hindiston
sharoitida iyul yoki avgust oylarida kattaligi 30 mm keladigan 3-11 donagacha
tuxum qo‘yadi. Bolalari sentabrda, oktabrda tuxumdan chiqadi. O‘ljasiga
tashlanishdan oldin yoki ta’qib qilayotgan dushmaniga qarshi boshi bilan
ko‘kragini ko‘tarib, kekkayib oladi. Shu holatda yon tomonlarga va oldinga hamda
orqaga chayqalib turadi, dum va tanasini sakkiz raqamiga o‘xshash o‘rab, dumini
tez silkitib turadi.
Tarqalishi. Sharqiy Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston, Shri Lanka,
janubiy Turkmanistonda, janubiy O‘zbekistonda, janubi-sharqiy Tojikistonda
uchraydi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling