Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


II.Bob. Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1545522
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan

II.Bob. Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar
2.1 Surxondaryo viloyatida tarqalgan zaharli ilonlar
Surxondaryo viloyatida ham zaharli ilonlarning bir necha turi tarqalgan
bo’lib,ularga quyidagilarni misol bo’ladi:
1. O'rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana eichw.


20
2. Charx ilon – Echis carinatus schneid.
3. Ko'lvor ilon – Vipera lebetina L.
Ularning har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
Tur: N. oxiana Eichw-O’rta Osiyo kapcha iloni
Kobra — O'zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir Tanasining
uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to'q sariq, qo'ng’ir yoki
qoragacha kuchli darajada o'zgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi
tomonida ikki-uchta qora ko'ndalang yo'llari bor. Yoshlarining orqasida uzunasiga
qora rangli ko'ndalang yo'llari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga
o'tib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida ko'zoynakka o'xshash
naqshi bo'lgani uchun ular ko'zoynakli ilon deb ataladi.
O'zbekistonda kobra faqat Bobotog’da, Hisor tizma tog’larining tog’
oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan ko'proq uchraydi. Qarshi dashtida
birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog’larida esa undan ham kam
uchraydi.
Sharqda uchraydigan eng so'nggi punkti — Xovos atroflaridir. Janubiy
Turkmaniston va Sharqiy Erondan to
g’arbiy
Hindistongacha tarqalgan.
O'zbekistonda kobra quruq yon bag’irlarda, kemiruvchilar inida yashaydi.
Vodiylarda va aholi yashaydigan punktlarda kamdan-kam uchraydi.
Masalan, bu ilon bir kuni Surxondaryo viloyatida Sho'rchi qishlog’i chekkasidan,
boshqa safar Samarqanddan tutilgan edi. Qishlovdan, odatda aprelda chiqadi.
Bahorda kunduzi, keyin esa faqat ertalab va kechqurun aktiv yashaydi, yozda
ko'pincha kechasi ovga chiqadi. Qurbaqa, kaltakesak va ilonlarni xush ko'rib yeydi,
uning oshqozonidan ikki marta zaharli qum efasini va bir marta ko'lvor ilonni
topishga muyassar bo'lishgan.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling