Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat
Download 23.71 Kb.
|
atamalar izohi va test
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ramzlari
- Dunyoqarash
- Insonparvarlik
Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o’z hissasini qo’shishga erishishi.
Vijdon erkinligi– fuqorolarning dinga munosabati; har qanday shaxs xohlasa dinga e’tiqod qiladi, xohlamasa e’tiqod qilmaydi. Yoki o’zi tanlagan dinga e’tiqod qiladi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta’qib qilinmaslik, jazolanmaslik, kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo’lishidir. Biror-bir dinga e’tiqod qilishga majburlash ham, vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. (Konstitutsiyaning 31-moddasi ). Davlat ramzlari – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shaqli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi. Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofidagi olamga va unda o’zining tutgan o’rni qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Kishilarning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig`indisi. Iymon–Dunyoviy davlatda qonun ustuvorligini tan oladigan, yurt farovonligi yo’lida xizmat qiladigan, har bir kishiga yaxshilikni ravo ko’radigan, mehnatsevar, kamtar, oriyatli, andishali, insofli, vijdonli odam iymon-e’tiqodli inson sanaladi. Insonparvarlik – odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, kishilarning baxt – saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g`oya va qarashlar tizimi. Komillik. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri. Komil inson g`oyasi va uni amalga oshirishga bo’lgan intilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Ma’naviyat (arabcha - ma’nolar majmui) — kishilarning falsafiy huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Prezident I.Karimov "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida unga shunday izoh beradi: "Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”. Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling