Qadrli talabalari!


Download 7.12 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi7.12 Kb.
#1801034
Bog'liq
17-noyabr tabrigi direktorga


Qadrli talabalari!
Barchangizni bugungi 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshman.
Bugungi kunda davrning o‘zi Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch bo‘lgan yoshlar jamiyatning muhim qatlami ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, azmu shijoatli, iqtidorli yigit-qizlarning o‘z sohasida, jamoat ishlarida erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalarining qisqa davr mobaynida respublika va jahon miqyosida erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. Joriy yilda filialimizning bir qator talabalari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining “Ta’lim iftixori” ko‘krak nishoni, Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan raqs festevali sovrundori kabi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, Respublikamizda o‘tkazilayotgan xalqaro miqyosdagi tadbirlarda faol qatnashib, oliygohimizning nufuzini yuksaltirayotgani, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar yetishib chiqayotgani barchamizni quvontirmoqda.
Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga sadoqatli farzandlar sifatida uchinchi renesanssning munosib davomchilari bo‘lasiz.
Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman.


Hurmat bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi Urganch filiali direktori
Shonazar Botirov Xusayinovich
Download 7.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling