Qahharov alisherning


Download 140.97 Kb.
bet6/9
Sana28.06.2020
Hajmi140.97 Kb.
#122149
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10009-iqtidorli


Sana__________
XALQLARNING BUYUK KO`CНlSHLARI VА UNING NATIJALARI

Хalqlarning buyuk ko`chishlari. Milodiy IV-VI asrlarda Yevropani, хunn qabilalari boshlab bergan "Хalqlarning buyuk ko`сhishlari" jarayoni qamrab oldi. Sabablari: 1)German qabilalarida aholining ko`payib borishi, yangi yerlarga talabning oshishi, mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undadi. 2)Хunnlarning IV asrdagi hujumlari varvar qabilalarini o`z makonlaridan siljishga majbur etdi. 3)Yеvro­pada II asrdan iqlim soviy boshladi. V asrga kelib ekinzorlarni qo`riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoq­liklarga aylantirdi. Ushbu оmillar хalqlarni yashash va xo`jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo`ldi.

German qabilalari. Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar,) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashgan edilar. Germanlar urug` jamoalari - oilalarga bo`linib, har bir oila yog`ochlardan yasalgan uylarda yashaganlar. Uylarining tomi рохоl bilan yopilgan. Qishloq tevaragi himoyalanish uchun tup­roqdan uyib yasalgan to`siq va xandaqlar bilan о`rab olingan. Varvar qabilalari II-IV asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Asosiy mashg`ulotlari chorvachilik edi. Parranda boqqanlar, оv va baliqchilik bilan ham shug`ullanganlar. Aholi sonining ko`payishi dehqonchilikning ahamiyatini oshirdi. Germanlarda yer xususiy mulkka aylanmagan. Qabila oqsoqollari har yili ekin maydonlarini urug` va yirik oilalarga qur`a bilan taqsimlab bergan. Erkaklarning asosiy mashg`ulotlari urush bo`lganidan, yerga ishlov berish ayollar va qariyalarning ishi sanalgan. Jangdan bo`sh paytlarda erkaklar оv qilganlar. Urug` jamoalari hamkorlikda o`rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar. Yerga yog`och so`qa bilan ishlov beri­lishi, yerni o`g`itlanmasligi ekinzorlarni kuchsizlanib 2-3 yildan so`ng hosilni kamayishiga оlib kelgan. Omochdan temir plugga o`tilishi hosilni oshirgan.

Asrlar o`tib dehqonchilikda almashlab ekish qo`llanila boshlandi. Milodiy IV asrdan bahorgi va kuzgi bug`doy o`rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo`lib (shuning uсhun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo`lga qo`yildi. Вu hosil miqdorini oshirishi bilan bir vaqtda ekinzorlarni tez­-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etdi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan karam yetishtirganlar.

Rimliklar Rimdan chetda yashab, nоma`lum tilda gaplashadigan barcha xalqlarni "varvarlar" deb ataganlar. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi bоy ma`lumotlarni Yuliy Sezarning "Galliya urushlari haqida xotiralar", Tatsitning “Germaniya” asarlaridan bilamiz. Tarixchi Tatsitning yozishicha, germanlar temir va boshqa ma`­danlarni qazib olish, eritishni bilganlar. Ularda II-IV asrlarda hunar­mandchilikning to`qimachilik, yog`ochsozlik (Xususan qayiq yasash), zargarlik, teri-ko`nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. Gеrman qabilalari qo`shnilari rimliklarga: qullar, chorva mollari, teri, qahrabo yetkazib bеrib, ular­dan nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olish­gan. Savdo mоl ayirboshlash shaklida bo`lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar urug`chilik bosqichini boshdan kechirgan. Germanlar hayotida milodning dastlabki asrlarida urug` jamoasi tartiblari ustun bo`lsa­da, yillar o`tib uning ahamiyati pasaya boradi. Вu paytga kelib yirik patriarxal oilalar tashkil topgan.

Ular ilgari jamoa bajaradigan, o`rmon kesib yer ochishni ham o`zlari bemalоl ud­dalaydigan bo`ladi. Natijada V-VI asrlarda urug`chilik jamoasi qo`shnichilik jamoasiga ay­lanishi uchun sharoit yetiladi. Мilodiy I asrdan germanlar jamoalarida boshlangan ijtimoiy va mulkiy tengsizlik dast­lab unchalik ko`zga tashlanmagan. Oila boshliqlari jamoaning erkin vakili hisoblan­gan. Ular dehqonchilik va chorvachilik yu­mushlarini bajarishdan tashqari jangchi, xalq yig`ini a`zosi hamda urug` qabila udumlari, an`analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma`sul ham edilar. IV asrda germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayib jamoalar bоylar va kambag`allarga ajrala boshlaydi, jamoalarda zоdagоnlar, erkin kish­ilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllanadi. Kоnung - qabila boshlig`i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida harbiy yo`lboshchi. Mulkiy tabaqalanishning keyingi bosqichida gеrmanlarda konung, ya`ni zodagonlar yo`lboshchisi shakllanib, uning mavqei kuchaya boradi. Qahrabo - qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma`dan. Dastlab konunglar hokimyati kuchli bo`lmagan. Konung qabila­doshlarini shaxsiy namuna, ishonch, hurmat asosida boshqargan. Ularni qabilaning eng bоy, obro`-e`tiborli kishilaridan saylab qo`­yishgan. Konung saylanganidan so`ng qalqon ustida ko`tarilib ol­qishlangan. Germanlar hayotida qabila harbiy qo`shin boshliqlari o`rni ham muhim bo`lgan. Qo`shin jangchilari turli toifa vakillaridan, shu jumladan zodagonlar farzandlaridan ham tashkil topgan.



Нarbiy o`ljalarning katta qismi yo`lboshchiga tegishli bo`lgan. Sababi u bo`linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta`minlagan. German qabilalari IV-V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi. Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kisnidan iborat bo`lgan. Yillar o`tib qabilalarning oliy organi hisoblangan xalq yig`inlari sekin-asta o`z ahamiyatini yo`qota boshlaydi. Ular asosan urush va tinchlik konunglari saylash vazifalarini bajargan. Harbiy bo`linmalar va ularning yo`lboshchilari ahamiyati o`sgan. Alеmann, got, franklar - gеrmanlarning eng katta qabilalaridan bo`lgan. Zaiflashib qolgan Rim qo`shni varvar­lar hujumini to`xtata olmaydi. Milodiy IV asrdan qulchilik zulmidan aziyat chekkan chegara hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yоllanma harbiy xizmatga o`ta boshlaydilar. Вu harbiy bo`linmalar Rim qo`shinlari yurishlari paytida alohida jangovar birlik sifatida qatnasngan. Ba`zida german qabilalari imperiya сhеgaralarini tashqi dushmanlardan himoyalash vazifasini zimmasiga olgan. Xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida ularning ijtimoiy taraqqiyoti yanada tezlashgan mahalliy aholi esa gеrman qabilalariga qar­shi chiqmay, ba`zida ularning tomoniga o`tib ketadi. V asr boshlarida Pireneya yarim оroli va Galliyaning bir qismida dast­labki varvarlar davlati - Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (ltaliyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o`z davlatlarini tuzganlar. Gеrmanlar istilosi 476-yil G`arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keladi. Yеvro­pada yangi feodal jamiyatga o`tish davri boshlandi.

Sana___________MUQADDAS_RIM_IMPERIYASI'>Sana__________
MUQADDAS RIM IMPERIYASI

Franklar imperiyasi 843-yili uchga bo`linib ketganida, dast­lab ularning hammasini Buyuk Karl­ning avlodlari boshqargan. Lekin 919­ yil Sharqiy Frank qirolligida (bo`lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyaz­lardan eng qudratlisi bo`lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. Shu tariqa franklarning karolinglar sulolasi o`rniga, mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi. Yevropa xaritasida yangi davlat - Germaniya qirolligi vujudga keldi. Genrix I uzoqni ko`zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchayti­rish yo`lini tutadi. Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiradi. Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burgga ko`chiradi. To`planganlar burgda o`z birodarlari uchun ham uy-joy qurishga kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o`zlarining jangchilikka tayinlangan sheriklari uchun ham dehqonchilik qilganlar. Genrix barcha yig`inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni burgda o`tkazishni buyuradi. Qirol burglar qurilishda kecha-yu kunduz mehnat qilib sulh muddati tugaguniga qadar aholining asosiy mulki qal`alarda bo`lishini ta`minlash zarurligini ta`kidlar edi. Genrix I ning o`g`li Otton I (936-973) davrida kuchli ne­mis otliq qo`shini vujudga keldi. Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi uning asosini og`ir qurollangan ritsarlar otliq qo`shini tashkil etgan. Bitta otliq jangchini qurol-aslaha bilan ta`minlash uchun bir necha dehqon, ba`zida hatto bir necha qishloq ishlashiga to`g`ri kelgan. Burglarga tayangan yangi otliq qo`shin ko`magida Оtton I vengerlar bilan hal qiluv­chi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning - Lex daryosi bo`yida bo`lib o`tgan og`ir jang­da vengerlar mag`lub etiladi. Shundan so`ng ularning Germaniyaga bosqinlari to`xtaydi. O`zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni mag`lub etgan Otton I o`zini Yevropadagi eng kuchli qirol deb hisob­lay boshlaydi. Ushbu g`alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg`otadi. Вu tad­bir barchani yangi qirollikning qudratiga va Otton I ni Rim va Buyuk Karl imperyalarining vorisi ekanligiga ishontirishi lozim edi. O`z rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim qarshilik ko`rsata olmaydi. Sababi, bu paytda Buyuk Karlning haqiqiy vorislari bo`lgan G`arbiy Frank davlati qirollari shu darajada zaiflashib qolgan edilarki, ularga hatto o`z gersog va graflari ham bo`ysunmagan. 962-yilda o`z qo`shini bilan Rimga kelgan Otton I ga Рaрa Ioann ХII imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa yangi imperiya - Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Uning tarkibiga German yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to`liq bo`ysunmagan. Shunga qaramasdan har bir german qiroli taxtga kelganidan so`ng o`z qo`shini bilan Alp tog`lari orqali Italiya­ga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini ki­yardi. German imperatorlari o`z davlatlarini qa­dimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari "dunyo mo`jizasi" deb nomla­gan Otton I ning nabirasi Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo`lgan. U butun xristian dunyosi Rim impera­tori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularni amalga oshishi mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german monarxlari o`z davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Вu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan. Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan. Yirik mamlakatni bоshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini bajaradigan amaldorlar bo`lishi lozim edi. Ilk o`rta asrlarda esa faqat taraqqiy etgan va bоy jamiyatgina minglab amaldorlami ta`minlashi mumkin edi.

Х asrda Germaniya aholi­si imperatorga nisbatan o`z gersoglarining gapiga ko`proq quloq solgan. Ushbu vaziyatda Otton I va uning vorislari o`ziga xos usulni qo`llaydilar. Hokimiyat butun mamlakatni egallagan cherkov tashkilotlaridan o`z maqsadlarida foydalanadi. Tarixdan ma`lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu bо­rada yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko`plab huquq va imtiyozlar beradi. Natijada cherkov zodagonlari o`z imkoniyatlari, hokimyatlari bo`yicha gersog va graflardan kam bo`lmagan. Ular har qanday kishini monarx irodasiga bo`ysundirishga qodir edilar. Imperatorning o`zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo`lsa yepiskoplarni va hatto Rim papalarini hесh qiyinchiliksiz almashtirgan. Xususan, Otton I Rimda ko`plab yepiskoplar ishtirokida o`zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan. Uning vorisi Otton III esa o`zining ustozi Gerbertni Silvester III (999- 1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan. Manbalarda yozilishicha, Gerbert kam­bag`al oiladan bo`lgan. Uning bilimga сhan­qoqligi shu qadar katta bo`lganki, u o`qish uсhun o`z davrining mashhur ilm-fan mar­kazlari arablar Ispaniyasidagi Kordova va Sevilya shaharlariga yо`l oladi. Keyinchalik uning g`animlari Gerbertni arablardan sеhrgarlik sirlarini o`rganishga borgan deb gap tarqatganlar. Imperator xonadoniga yaqinlik Gerbertga arxiyepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erisnishiga yо`l ochadi. Uning bilimdonligi haqida afsonalar tarqalgan. Zamonasining еng taniqli kishilari, jumladan imperatorlar uning shogirdi bo`lishni orzu qilishgan. Hozirgi davrda cherkov imperiyaning itoatkor va ishonchli quroliga aylanganday ko`rinadi. Lekin kuсhayib borayotgan katolik cherk­ovi german imperatorlari qo`lida uzoq vaqt qo`g`irchoq bo`lib qolmas­ligini anglash qiyin emasdi.


Sana__________
SLAVYAN DAVLATLARINING TASHKlL TOPISНI

Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tоmonidan "slavyanlar" atamasi VI asrdan ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari ha­qida dastlabki ma`lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida, germanlar bilan bir paytda, miloddan avvalgi II-I asrlardan tilga olinadi. Slavyan qabilalari VI-VII asrlardan g`arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho`zilgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uсh guruhga: g`arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo`lingan. G`arbiy slavyanlar - chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar. Janubiy slavyanlar - bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, сhеr­nogorlar, makedonlar va bosniya­liklar. Sharqiy slavyanlar - ruslar, uk­rainlar, beloruslardan tashkil topgan. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug`ullangan. Ular yig`ilgan g`allani alohida omborlar (zaxira)da saqlaganlar. Vizantiya tarixchisi Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko`proq arрa va tariqni ekkanlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan ham shug`ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo`ylarida yashagan aholi xo`jaligida baliqchilik ham muhim o`rin tutgan. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarni­kiga o`xshash. Ular qabila va urug`larga bo`linib yashagan. Urug` o`z navbatida katta patrlarxal oilalardan tashkil topgan. Yozma manbalarda xalq yig`inlari (slavyanlar "veche"si), knyazlar, harbiy drujinalari, slavyanlarning olib borgan urushlari haqida ma`lumotlar uchraydi. Vizantiya tarixchilarining yozishicha, slavyanlar erksevar, jasur, jangovar bo`lishi bilan birgalikda, tinchlikparvar, qo`shnilariga nisbatan do`stona munosabatga shay qabilalar bo`lgan. Jismoniy baquvvat, matonatli hisoblangan slavyanlar janglarda dushmanga pistirma qo`yish, qo`qqisdan hujum qilish usullarini ham qo`llaganlar. Yog`ochdan o`yib yasalgan qayiqlarida ular uzoq dengiz safarlarini uyushtirganlar. Slavyanlarning diniy tasavvurlari tabiat kuchlari va o`z ajdodlari ruhlariga sig`inish ko`rinishida bo`lgan. Ularda osmon xudosi - Svarog, momoqaldiroq va yashin xudosi - Реrоn, hosildorlik xudosi - Jivalar asosiy ilohlar hisoblangan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy siymolarga e`tiqod ham saqlanib qolgan. Dastlabki slavyan davlati Bolqon yarim orolining shimoliy qismida VII asrning oxirlarida tu­zilgan Bolgariya podsholigi bo`lgan. IX asr boshlariga kelib Bolgariya yirik davlatga aylanadi. Simeon davrida (893-927) u o`z qudratining cho`qqisiga erishadi. Shundan so`ng, Bolgariya zaiflashib, Х asr oxirida qo`shni Vizantiya tomonidan bosib olinadi. Bulg`or (Bolgariya) podsholigi (680-1018) (1187-1396) (1908-1944) - xalqlarning buyuk ko`chisnlari davrida slavyan­lar Bolqon yarim oroliga kelib joylashishlari natijasida, bu yer­da qadimgi turkiyzabon bulg`orlar xoni Asparux (643-701) boshchiligida Bolgariya podsholigiga asos soladilar. Buyuk ko`chishlar dav­rida shimolda Rudni tog`lari, janubda esa Shunava tog`lari bilan chegaralangan yer­larda joylashgan slavyan qabilalari doim kuchli qo`shnilar qurshovida yashaganlar. Bular dastlab Franklar davlati va Аvar хо­qonligi, so`ng Sharqiy Frank qirolligi va Buyuk Moraviya, goh Germaniya imperi­yasi, Vengriya va Polsha bo`lgan. Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slav­yan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo`ysungan rivoyatlarga qaraganda, ularning qadimgi yo`lboshchisini Сhех deb nоm­laganlar. Qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo`lgan knyazlar turgan. Ular tez-tez qo`llariga qurol olib o`z yerlarini mudofaa qilishlariga to`g`ri kelgan. Buyuk Moraviya - hozirgi Chexiyaning sharqida IХ asr oxiri - Х asr boshlarida vujudga kelgan davlat. Х asr boshida bu davlat ko`chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari Chexiya davlati tarkibiga kirgan. Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian aqidalari bo`yicha tarbiyalangan, keyinchalik bоr kuchi bilan dinni Chexiyada yoyilishiga harakat qiladi. U Pragada mamlakatning bosh ibodatxonasi - Аvliyо Vitni bunyod ettirgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan bunday hurmat-ehtiromi ko`pgina chexlarga xush kelmagan. Vatslavning tug`ishgan ukasi uni xoinona o`ldiradi. Tez orada Vatslavni chexlarning asosiy milliy avliyosi, сhех davlatining homiysi sifatida e`zozlay boshlashadi. Xristianlikni to`xtatishning iloji yo`q edi. 973-yili Pragada alohida yepiskoplik tashkil qilinadi. Shu paytdan Chexiyada bir paytlar Moravi­yaga Vizantiyadan Kirill va Mefodiylar olib kelgan sharqiy xristianlik izlari о`сhib boradi. Butun ХI asr Germaniya, Polsha va Chexiya orasida urushlar va yarash bitimlari tuzish bilan o`tadi. Goh, Polsha hukmdori Boleslav I Chexiyani bo`ysundiradi, goh сhех knyazi Bratislav I Krakov va Gnez­nolarni egallab u yerdan avliyo Adalbert-Boytex xokini Chexiyaga оlib ketadi. Goh Chexiya Muqaddas Rim imperiyasi bilan mustahkam ittifoqda bo`lgan, goh urush holatida. Chexiya ХI asrdan qo`shni, qachonlardir kuchli va yirik mamlakat markazi bo`lgan Moraviyani uzil-kesil o`ziga qo`shib oladi. German imperatori Genrix IV 1085-yili Rim papasiga qarshi og`ir kurashida unga yordam bergan сhех knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi. Chexiya qirollari german imperatorlari hokimiyatini tan olsa-da, o`z mamlakatlarida deyarli to`la mustaqil bo`lganlar. Ularning qirolligi im­periyaning bir bo`lagi hioblansada, Yevropa ishlarida o`z mavqelariga ega edilar. Bo`lajak Polshaning asosi Gnezno rayonida yashagan polyan slavyan qabilalari bo`ladi. Ushbu qabilalar ittifoqi nomida VIII­-IХ asrlarda vujudga kelgan knyazlik, so`ng uning atrofida birlashgan barcha hududlar Polsha deb atala boshlaydi. Polyan knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha "kambag`al kishi Piast" bo`lgan, lekin hujjatlarda nomi qayd etilgan birinchi Piastlar sulolasi knyazi Meshko I bo`lgan. U 966-yili xristianlikni qabul qilgan. Meshko I ning o`g`li Boleslav Jasur (yoki buyuk) nomini olgan. U qo`l ostida polyak qabilalari yerlarini birlashtirib, so`ng Moraviya va Chexiyani egallaydi, 1018-yili esa Rus knyazi Yaroslav Mudriy (Donishmand) qo`shinini tor-mor etib Kiyevga kiradi. Knyaz Meshko Х asr o`rtalarida Visla daryosi havzasida polyak qabilalarini birlashtirib, Polsha davlatiga asos soladi. Qabilalarni birlash­tirish Boleslav Jasur davrida ham davom etadi. Boleslav qo`shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uсhun gеrman imperatorlariga qarshi kurash olib boradi.

Sana__________
YANGI DIN BESНIGl

Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo`lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo`lishgan. Вu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan. Ko`chmanchi arablar - badaviylar (sahroyilar) boshqa chorvador qabilalar singari: tuyachilik, qo`ychilik va yilqichilik bilan shug`ullanib kelganlar. Ular cho`l-dashtlarda: o`t-o`lanlar, yantoq o`sadigan yaylov­larda mollarini boqib, ko`chib yurganlar. Arabistoning janubi va g`arbidagi o`troq dehqonchilik aholisi soy va jilg`alar, quduqlar bo`ylarida хurmо bog`lari va uzumzorlar barро etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo`li o`tardi. Buyuk lpak yo`li mam­lakatlarida notinchlik paytlarida karvon yo`llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o`tib bu karvon yo`llari bo`yida aholi qo`rg`onlari va shahar­lar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi esa karvon yo`llaridagi savdogarlar, sayyohlarga xizmat qilish bilan mashg`ul bo`lgan. Вu qo`rg`onlardan eng yirigi Makka shahri bo`lgan. Ko`chmanchilar mollarini shaharlarga keltirib, mabaniy aholidan don, gazlama, qurollarga ayirboshlagan. Arabistoning eng taraqqiy etgan viloyatlari - Yaman va Нijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nоm chiqargan, unda suv yetarli bo`lganidan mevali daraxtlar, xurmozorlar bunyod etilgan. "Yaman" arabсha "haq", "baxtli" ma`nosini bergan. Arablarga taqlid qilgan rim tarixchilari Yamanni "Вaхtli Arabiston" (Аrabia felix) deb nomlaganlar. Hijoz va Yaman Hindistondan Vizantiyaga ziravorlar, ipak gaz­lamalar, marvarid olib boradigan yo`lda joylashganidan dengiz sohili bo`ylab shaharlar vujudga keladi. Сhо`l aholisi badaviylar ko`chmanchi chorvachilik xo`jaligi uсhun iqlim noqulay kelgan yillari, qo`shni mamlakatlar, xususan Hijoz va Yamanga talonchilik bosqinlari ham uyushtirib turganlar. Ko`chmanchi badaviylar o`nlab urug`-qabilalardan tashkil topgan. Qabila yer, yaylov, suv manbalariga birgalikda egalik qilsa, mollar ayrim oilalarga tegishli edi. VI- VII asrlarda aholi soni ko`payib qabilalar orasida suv manbalari va yay­lovlar uchun kurash kuchayadi. Ularda turli iloh­larga sig`inilgani qabilalar orasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan. Urushlarda olingan harbiy o`ljalar qabila sar­dorlari, harbiy yo`lboshchilarning boyib borishi, natijada urug` -qabila zodagonlari - shayxlarning shakllanishiga olib keladi va bu jarayon, VII asrning boshlarida urug`chilik tuzumining in­qirozini tezlashtiradi. Eron shohi Xisrav I 570-yili Yamanni istilo qilishi bilan karvon yo`li eronliklarga qarashli ikki daryo oralig`iga siljiydi. Savdoning in­qirozi uning hisobidan yashovchi Hijoz va Yaman shaharlaridan boshlab, ko`chmanchi-badaviylargacha, barcha aholining hayotini mush­kullashtirgan. Вu holat, markazi Makka shahri bo`lgan, asosan quraysh qabilasi yashaydigan Нijozda ravshan namоyоn bo`ladi. Iqtisodiy inqiroz ko`chman­chilarni yangi yerlarni istilo qilishga, yaylovlarni kengaytirishga undaydi. Вu paytda arablarga qo`shni Vizantiya, Eron kabi davlatlarda iqtisodiy tanglik, kuchli qo`shinning bo`lmasligi ham arablarga qo`l keladi. Vu­judga kelgan vaziyatda arablarning birlashuviga yangi - Islom dini xizmat qiladi. Islom (arab tilida "itoat", "tobelik") - jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga e`tiqod qiluvchilar musul­monlar deb ataladi. Arablar istilosi va targ`iboti natijasida: Old, Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va G`arbiy Afrikada keng tarqalgan. Islom tarixchilari uning asoschisi bo`lajak payg`ambar Muhammad alayhissalomni 570-yili Makkada tavallud topganini yozadilar. Otalari Abdulloh bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo`lib, Makkaga qaytishida qo`qqisdan vafot etadi. lkki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo`y va habashistonlik Barakat ismli cho`ri ayоl merosga qoladi. An`anaga binоan, makkaliklar jaziramadan asrash uchun har yili yosh bolalarni tog`dagi yaylovlarda yashovchi banu sa`d qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar. Мu­hammad (s.a.v.) ham 6 oyligidan banu sa`dlik Halima ismli ayоl tarbi­yasiga o`tib, ko`chmanchilar orasida 4 yil yashaydi. Uning keyingi hayoti bobosi Abdulmutallib homiyligi ostida o`ta boshladi. Onasi va bobosining o`limidan so`ng u amakisi Аbu Tolib tarbiyasida qoladi. Islom dini manbalarida yozilishicha, Мuhammad alayhissalomga 610-yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayоn bo`la boshlaydi. U qudratli yakka-yu yagona xudodan, ya`ni Alloh taolodan o`zga hech qanday xudo yo`q deb, o`zini rasulullоh- xudoning elchisi, payg`ambari deb e`lon qildi. Qur`on (arab tilida "qiroat", "o`qish") - islom diniga e`tiqod etuvchilarning muqaddas kitobi bo`lib Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Kitob Alloh taoloning payg`ambar alayhissalom orqali insonlarga buyurgan amallar majmuasidan iborat. Qur`on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo`lib, 114 suradan tashkil topgan. Dastlab Makka qurayshlari to­monidan yangi din yaxshi qarshilan­maydi. Natijada 622-yili Muhammad (s.a.v.) o`z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Вu voqea hijrat (ko`chish) nomini olib, musulmon yil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi. Yasrib Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi kutib oladi. Musulmon bo`l­gan madinaliklar va ularga qo`shil­gan ko`plab arab qabilalarining Makka uchun kurashi muvaffaqiyatli tugaydi. Shahar jangsiz olinib, muqaddas dargohlar qabila diniy sanamlari, ma`budalaridan tozalanadi. Makkadagi Ka`ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi. Muhammad (s.a.v.) arab qabilalarining o`zaro urushlariga chek qo`yib, islom dinini qabul qilishga chaqiradi. Keyingi 10-12 yil davomida Arabiston shaharlari va ko`chmanchi qabilalar birin-ketin Muhammad payg`ambarga itoat etadi. 630-yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo`ladi. Makka islom dinining markazi, barcha musulmonlar uchun muqaddas shahar­a aylanadi. Islom dini asosida Arabiston yarim orolida ko`chmanchi va o`troq qabilalami birlashtirgan yagona davlat vujudga keladi.

Download 140.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling