Qahharov alisherning
Download 140.97 Kb.
|
10009-iqtidorli
1492-yil 12-oktabr Amerika qit`asining rasman kashf etilgan kuni hisoblanadi. Biroq X. Kolumb 1492-yilda Hindistonga emas, Amerikaga kelib qolganligini anglamagan. U Hindistonga keldim, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham X. Kolumb aslida Amerikaning mahalliy aholisini hindular deb atagan. X.Kolumb Hindistonga (aslida Amerikaga) 4 marta ekspeditsiya uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar natijasida juda katta hududlar ochilgan va u yerlarda Ispaniya bayrog`i hilpiray boshlagan. Shu tariqa bu hududlar Ispaniya rnulkiga aylangan. X. Kolumb esa o`sha yerlarning vitse-qiroli etib tayinlangan. X. Kolumbning kashfiyotlari yangi yerlarni Ispaniya mustamlakalariga aylantirish bilan birgalikda amalga oshirilgan. Yangi qit`aning Kolumbiya deb emas, Amerika deb atalishi Italiya dengizchisi va astronomi Amerigo Vespuchchi (1454-1512) nomi bilan bog`liq. A.Vespuchchi Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. U 1499-1501-yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg`oqlarini tadqiq etdi. Buning natijasida, Kolumb ochgan yerlar Hindiston emas, yangi qit`a, degan xulosaga keldi. U keyinchalik o`zining nomi bilan atalgan qit`aga “Yangi Dunyo” deb nom berdi. 1507-yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit`ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo`lgan. 1515-yilda Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569-yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar “Amerika” deb yoziladigan bo`ldi. Keyingi kashfiyotlar. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo`li 1498-yilda kashf etildi. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi. 1519-yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F. Magellan Amerika qit`asini aylanib o`tib, Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi. Dunyoni aylanib suzish 1522-yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi. L. V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605-yilda Avstraliyani kashf etdi. Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati. Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma`lumotlar bilan boyidi. Bundan tashqari, bu kashfiyotlar tufayli yangi dengiz savdo yo`llari ochildi. Bu yo`llar O`rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko`chdi. Bu esa, o`z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi. Admiral (arabcha – dengiz hukmdori, hokimi) – harbiy-dengiz floti qo`mondonlariga beriladigan unvon. Astrolyabiya (lotincha) – XVII asrgacha xizmat qilgan joining geografik koordinatalarini, vaqtni, yulduz chiqish va botish paytini aniqlovchi astronomik asbob. Kashfiyot – izlab topish, tekshirish natijasida topiladigan, yaratiladigan ilmiy yangilik. Sana__________ Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi Davlat tuzumi. XVIII asrda Angliya cheklangan monarxiya davlati edi. Davlat boshlig`i qirol bo`lib, hukumatni parlament saylovida g`olib chiqqan ikki siyosiy partiyadan biri tuzgan. Yangi saylangan parlamentning vakolat muddati 3 yil edi. Parlamentning Jamoalar palatasida torilar va vigilar partiyalari faoliyat ko`rsatgan. Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashar edi. Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilardi. Mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o`tkazilishining tarafdori edi. 1707-yilda parlament Angliya va Shotlandiya o`rtasidagi uniyani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo`ldi. 1716-yilda parlament vakolati 6 yillik qilib belgilandi. Shu tariqa professional parlamentga asos solindi. Tashqi siyosat. Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosati asosida ikki bosh yo`nalish yotgan. Ularning birinchisi – Yevropa qit`asida hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga yo`l qo`ymaslik bo`lsa, ikkinchisi -yangi-yangi mustamlakalar egallash edi. XVIII asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya bo`ldi. Ikki davlat o`rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan urush (1701-1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Unga ko`ra, Gibraltar Buyuk Britaniyaga o`tdi. Butun XVIII asr Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg`in kurashi ostida kechdi. Bu kurash hatto “ikkinchi yuz yillik urush” deb ham ataldi. 1763-yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Hindistonni egallash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. XVIII asrning 60-yillari davomida Shimoliy Amerikada 13 ta shtat, Kanada, Karib dengizi orollari, HindistonningbirqismiBuyukBritaniyaningmustamlakasigaaylandi. Shu tariqa Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Qishloq xo`jaligidagi o`zgarishlar. Buyuk Britaniya qishloq xo`jaligida ham tub o`zgarishlar yuz berdi. Xususan, barcha yerlar yirik mulkdorlar qo`lida to`plandi. Qishloq xo`jaligida faqat yollanma mehnat qo`llaniladigan bo`ldi. Feodallar va dehqonlar sinf sifatida butunlay barham topdi. Bu huqiqiy agrar inqilob edi. Yer egalari (lendlordlar) yerlarini yirik tadbirkorlar (fermer)ga ijaraga berardi. Butun xo`jalikni ular yuritishardi. Yerga ishlov berish uchun yollanma ishchilar yollashardi. Sanoat. Sanoat – xalq xo`jaligining mashina texnikasi asosida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yer osti boyliklarini qazib olish bilan shug`ullanuvchi tarmog`i, shu tarmoqning asosini tashkil etuvchi korxonalar (zavod, fabrikalar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar) yig`indisidir. Sanoat industriya deb ham ataladi. Sanoat og`ir va yengil sanoatga bo`linadi. Og`ir sanoat deyilganda, sanoatning ishlab chiqarish qurollari va vositalarini ishlab chiqaradigan tarmog`i tushuniladi. Bunga sanoatning mashinasozlik, metallurgiya, energetika, kimyo, neft tarmoqlarini misol keltirish mumkin. Yengil sanoat esa sanoatning keng iste`mol buyumlari ishlab chiqaradigan tarmog`idir. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, gazlama mahsulotlari ishlab chiqarish bunga misol bo`la oladi. Sanoat bugungi kunda shunday ko`rinishga ega. Xo`sh, XVIII asrda u qanday edi? Sanoat inqilobi qay tariqa ro`y berdi va uning oqibatlari nimalardan iborat bo`ldi? Sanoat inqilobi uchun shart-sharoitning yetilishi. Sanoat inqilobi (to`ntarish) deyilganda, qo`l mehnatiga asoslangan manufaktura ishlab chiqarishdan mashinalar keng qo`llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o`tish tushuniladi. XVIII asrda Buyuk Britaniyada shunday inqilob yuz berishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud edi. Birinchidan, agrar inqilob ortiqcha ishchi kuchini vujudga keltirdi. O`z navbatida, ortiqcha ishchi kuchi sanoatda yollanib ishlashga tayyor edi. Ikkinchidan, tovar sotish bozori shakllandi. Qolaversa, mamlakat aholisining nufuzi va shaharlar soni tobora o`sib bordi. Uchinchidan, mamlakatda yer oldi-sottisi, mustamlakalardan kelayotgan boylik hisobiga katta sarmoyaga ega bo`lib olgan burjuaziyaga fabrikalar qurish va ularda texnikani qo`llash imkonini berdi. Shu tariqa mashinalar ixtiro qilish hayotiy zaruratga aylandi. 1761-yilda “Sanoat va sanoatni rivojlantirish jamiyati”ning yigiruv mashinasini kashf etgan kishiga katta mukofot va`da qilganligi bejiz emas edi. Sanoat inqilobining yuz berishi. Sanoat inqilobi dastlab to`qimachilik sohasida yuz berdi. Bunga sex ishlab chiqarishining barham topganligi va sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo`ldi. Bu talabni faqat mashinalar yordamidagina qondirish mumkin edi. 1733-yilda mexanik va to`quvchi Jon Keyning to`quv dastgohi ixtiro qilishi bu talabning birinchi aks sadosi bo`ldi. Ungacha to`quvchi g`altak iplari orasidan o`rmakni o`zi o`tkazib turishga majbur bo`lgan bo`lsa, endi bu ish oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajariladigan bo`ldi. Ixtiro mehnat unumdorligini 2 marta orttirishga imkon berdi. Jamiyatda endi yigirilgan ip tanqisligi ham yuzaga keldi. Bu muammoni 1765-yilda Jeyms Xargrivs hal etdi. U bir yo`la 15-18 yigirgictt ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. Bu ixtironi u qizining nomi bilan “Jenni” deb atadi. Ixtiro arzon va ishlatish juda oson bo`lganligi uchun tezda shuhrat qozondi. 1767-yilda charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi yaratildi. Yigiruvdagi yutuqlar mexanik to`quv dastgohi yaratilishini keltirib chiqardi. Edmund Kartrayt tez orada bunday dastgohni yaratishga muvaffaq bo`ldi. Bu dastgoh mehnat unumdorligini 40 marta oshishiga imkon berdi. Shu tariqa mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi – fabrikalar paydo bo`ldi. 1784-yilda T. Modslining tokarlik dastgohini ixtiro qilishi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Tez orada cho`yan olishning va uni quyishning yangi usullari yaratildi. Bu ixtiro A. Darbining toshko`mirdan koks olishni ixtiro qilishi bilan bevosita bog`liq edi. A. Darbi pechga tashlangan toshko`mir uyumini toki u mayda, yaltiroq, qattiq zarrachaga aylanmagunicha sekinlik bilan qizdirgan. Natijada mayda uyumlar sekin yonib, bir-biriga yopishib koksga aylangan. So`ng Darbi pechga yuboriladigan havo hajmini oshirgan va pechda katta harorat -issiqlik hosil bo`lgan. Unda cho`yan bemalol suyultirilgan hamda turli shakldagi buyumlar quyilgan. Darbilar oilasi vakillari 1779-yilda dunyoda birinchi cho`yan ko`prik ixtiro qildilar. Ko`prikning qismlari bir-biriga birinchi marta boltlarbilan ulandi. Bunday ko`priklar daryolar ustiga qurila boshlandi. 1774-yilda Jon Dilkinson cho`yan bo`lagi markazidan o`q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi ixtiro qildi. Bu zamonaviy to`p yasash imkonini berdi. 1788-yilda dastlabki cho `yan qu vurlar yasashga muvaffaq bo`lindi. Shu tariqa sanoat inqilobi oqibatida manufaktura o`rnini fabrika ishlab chiqarishi egalladi. Mehnat unumdorligi tez sur`atlar bilan o`sa boshladi. Ayni paytda aholi tarkibida yangi qatlamlar – yollanma ishchilar va sanoat burjuaziyasi shakllandi. XVIII asr oxiriga kelib Buyuk Britaniya dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi. Buyuk Britaniyada kapitalizm shiddat bilan rivojlana bordi. Sana__________ Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi Inqilobning sabablari. XVIII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o`rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo`jaligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. Ular ijaraga yer olib kun kechirar edilar. Soliqlarning soni tobora ko`payib borardi. Buning ustiga, cherkovga ham soliq to`lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag`allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchaygan. Bu hol tez-tez “non isyonlari”ni keltirib chiqargan. O`rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to`siq bo`lgan. Mamlakatda manufaktura ishlab chiqarishi Buyuk Britaniyaga tenglasha olmagan. XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat inqilobi yuz bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba kunigina korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning o`zlari o`rnatgan yo`l solig`idan aziyat chekardi. Buning ustiga, burjuaziya qanchalik boy bo`lmasin, u siyosiy huquqqa ega emas edi. Davlatni boshqarish amalda mamlakat aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniylar va dvoryanlar qo`lida edi. Ular soliq to`lashdan ozod edilar. Mamlakat qurolli kuchlarida zobitlik lavozimini faqat dvoryanlar egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa mamlakatni boshqarish ishiga yaqinlashtirilmas edi. Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. Inson huquqlari tushunchasi qirollar uchun qog`ozdagi g`oyalar edi, xolos. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro`sini pasaytirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo`shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og`irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilob ro`y berishini muqarrar qilib qo`ydi. Inqilobning boshlanishi. Vaziyat inqilob yuz berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1694-yildan beri chaqirilmay qo`ygan General shtatlarini 1789-yilda qayta chaqirdi. Barcha tabaqalarga General shtatlarga o`z talablarini yozma ravishda topshirish huquqi ham berildi. Qirol bo`shab qolgan mamlakat xazinasini to`ldirish uchun yangi soliqlar joriy etilishini va General shtatlar uni tasdiqlashi zarurligini ma`lum qildi. Biroq uchinchi tabaqa yuqori imtiyozli tabaqalarning mol-mulkini soliqqa tortishni talab qildi. Oqibatda parlamentda bo`linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi tabaqaning talabini qo`llab-quvvatladi. 1789-yilning 17-iyunida uchinchi tabaqa deputatlari o`zlarini butun millat vakillari deb e`lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament – Milliy Kengash tuzdilar. 9-iyulda Milliy Kengash o`zini “Ta`sis majlisi” deb e`lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14-iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat turmasi) egallandi. Qattiq qo`rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo`ldi. U Ta`sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo`liga o`tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi. Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya – savdo-sanoat burjuaziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. Feodal tartiblarning bekor qilinishi. Motlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o`rnatishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni endi dehqonlar qo`zg`oloni qamrab oldi. Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar. Oziq-ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo`rg`onlariga o`t qo`yib, yoqib yubordilar. Natijada, Ta`sis majlisi “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret” chiqarishga majbur bo`ldi. Unga ko`ra, feodal tartiblar bekor qilindi. Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi. 1789-yilda Ta`sis majlisi yana bir muhim hujjat – “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. U “barcha odamlar ozod va teng huquqli bo`lib tug`iladilar” degan so`zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni “hokimiyatning manbai” deb e`lon qildi. Shuningdek, feodal vatabaqa imtiyozlarini bekor qildi. So`z, matbuot erkinligini e`lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo`ydi. Ayni paytda qiroi huquqlari cheklandi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 1791-yilda Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 25 yoshga to`lgan barcha erkak kishilarga saylash huquqini e`lon qildi. Shu davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko`rsata boshladi. Ularning ichida eng yetakchilari “jirondachilar” va “yakobinchilar” partiyalari edi. Parlamentga o`tkazilgan saylovda “jirondachilar” partiyasi g`alaba qozondi va parlamentda ko`pchilik o`rinni egalladi. Bu partiya, asosan, yirik burjuaziya partiyasi edi. Partiya qirol bilan murosa yo`lini tanladi. Bu paytga kelib ichki og`ir vaziyatga tashqi xavf ham qo`shildi. Qo`shni monarx davlatlar Fransiyaga hujum uyushtirdilar. Bular Avstriya, Ispaniya va Buyuk Britaniya edi. 1792-yilda Qonun chiqaruvchi Majlis (parlament) “Vatan xavf ostida” chaqirig`i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini uyushtira olmadilar. Bu esa mamlakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792-yil 10-avgust kuni Parijda qurolli qo`zg`olon boshlandi. Bunday sharoitda parlament qirolni hokimiyatdan mahrum etish va yangi parlament – Miiliy Konventga saylov o`tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo`ldi. Lyudovik XVI esa hibsga olindi. Shu tariqa, 1792-yilning 10-avgustida Fransiyada monarxiya ag`darib tashlandi. Yakobinchilar (o`rta va mayda burjuaziya partiyasi) qirolni darhol sud va qatl qilishni, Respublika e`lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatishni va chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab etdilar. Yakobinchilarning ko`zga ko`ringan arboblari M. Robesper, J.P Marat, J. Danton, Eber va Shommetlar edi. 21-sentabrda Fransiya Respublika deb e`lon qilindi. Lyudovik XVI esa qatl etildi. Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi. Mamlakat shiori erkinlik, tenglik, birodarlik bo`lib qoldi. Sana__________ Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o`rnatilishi Shayboniyxon hokimiya tining kuchayishi Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so`ng boshlangan o`zaro qirg`inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg`inga yo`l qo`ymaslikka qodir shaxsni ko`rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko`pdan buyon o`troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o`zgalarning unumdoryerlarini bosib olish tufayligina ro`yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o`z orzularini ro`yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo`shinga ega boigan Muhammad Shayboniyxonni qo`llab-quvvatlaydilar. Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o`lkalarning bosib olinishi o`troq hayotga o`tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o`zaro kurashlaridan char-chagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto aholining ma`lum qismi ham Muhammad Shaybo-niyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o`rnatishga qodir yagona shaxsni ko`rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo`llab-quvvatlaganlar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o`z hokimiyatini o`rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi.
1500-yilda Muhammad Shayboniyxon Samarqandni egalladi. Bu hodisa Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrobegi og`aning xoinlar gapi bilan ish tutishi oqibatida sodir bo`ldi. Xoinlar Zuhrobegi og`ani Muhammad Shayboniyxonga maxfiy ravishda ,,Men ham o`zbek urug`idanman, agar siz meni nikohingizga olsangiz, o`g`lim bilan sizning hukmingizni tan olib, Samarqandni siz xon hazratlariga topshirurmiz" mazmunidagi xatni yuborishga ko`ndiradilar. Ayni paytda, Zuhrobegi og`a Shayboniyxon oldiga Termiz, Chag`aniyon, Hisor va Badaxshon zabt etilgach, bu hududlarni o`g`li Sulton Ali Mirzoga berilishi shartini ham qo`ygan edi. Muhammad Shayboniyxon o`zini bu shartlarga rozidek qilib ko`rsatdi. Samarqand taxti egallangach esa Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Onasi Zuhrobegi og`a esa boshqa kishiga nikohlab berildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon 1501-yilda Samarqandni uzil-kesil egalladi. Katta qo`shinga ega bo`lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503-yilda Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egalladi. Ulaiga Ulug`bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sulton-begimning o`g`illari Ko`chkunchi Sulton va Suyunchxo`jalarni hokim etib tayinladi. 1504-yilda esa Faig`ona egallandi. Shu tariqa butun Movaroun-nahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o`rnatildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi. Buxoro shahrini esa ukasi Mahmud Sultonga topshirdi.
1507-yilda esa Xurosonga yurish boshladi. So`nggi yillarda o`zaro ichki urushlar oqibatida, inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallash qiyin bo`lmadi. Avval Hirot qo`shinlari tor-mor etildi. Shahar beayov talandi. Shundan so`ng Hirot o`zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo`qotdi. Xurosonning ham bo`ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz – Samarqand qoi ostida birlashtira oldi. Shu tariqa u XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab temuriyzodalar amalga oshira olmagan vazifani bajardi. Shunday qilib, Shayboniyxonningtemuriylarga qarshi olib borgan shiddatli va beayov urushlari oqibatida Movarouniuihr, Xorazm va Xurosonni o`z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o`rnatildi va davlatchiligimi/ tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.
Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o`z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e`tiqod etuvchi va uni Eronda hukmron e`tiqod shakliga aylantirgan hukmdor edi. Uning ko`rsatmasi bilan har bir masjidda shialar 12 imomi nomi xutbaga qo`shib o`qitiladigan bo`lgan. Shayboniyxon islomdagi sunniylikka e`tiqod etuvchi hukmdor sifatida shoh Ismoilning ishini shakkoklik deb baholadi va undan bunday shakkoklikka tezda barham berishni talab qildi. Ayni paytda, u shoh Ismoildan Makkaga borib tavba-tazarru qilishni, Shayboniyxon nomini xutbaga qo`shib o`qitishni ham talab etdi. Bu talablarni shoh lsmoil haqorat deb bildi. Endi ikki hukmdor o`rtasida urush bo`lishi muqarrar bo`lib qoldi. Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo`shini to`qnashdi.Marv yaqinida bo`lgan jangda Muhammad Shayboniyxon yengildi. Eronliklar yaralangan Muhammad Shayboniyxonni qo`lga olib, 1510-yilning 12-dekabrida uni qatl etdilar. Shu tariqa, shoh Ismoil Amudaryoning so`l sohilini bosib olib, butun Xurosonni egalladi. Hirot shahri Safaviylar davlatining ikkinchi markaziga aylantirildi. Shoh Ismoil katta o`g`li Taxmaspni markazi Hirot bo`lgan Xurosonning hukmdori etib tayinladi. Sunniylik–(arab tilida odat, an`ana, xatti-harakat tarzi degan VV ma`nolarni anglatadi) bu islomdagi Qur`oni Karim bilan birga Muhammad (s.a.v) payg`ambarning sunnatlarini (so`zlari, xatti-harakatlari va ko`rsatmalarini) Qur`oni Karimdan keyingi, uni to`ldiruvchi manba ekanligini, shuningdek, dastlabki 4 xalifalarning (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Ali) hokimiyati qonuniy ekanligini tan oluvchi oqimdir. Dunyodagi barcha musulmonlarning 90% dan ortig`i shu oqimga mansubdiriar. Download 140.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling