Qahharov alisherning
Download 140.97 Kb.
|
10009-iqtidorli
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Hosildorlik ibodatxonasi”
- "tog`ga yog`ochga ketgan ming kishidan, faqat besh yuzi qaytib keladi"
- Sana__________ XRISTIAN CHERKOVI О `RT А А SRL А RDA Dinning Yevropada tarqalishi.
- ("selebat")
- Dahriylarga qarshi kurash.
- "autodafe" (portugalcha "e`tiqod, yoki din ishi")
- Urban
- Salib ynrishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari.
- Cherkov yig`inlari
- Sana__________ Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati “Buyuk geografik kashfiyotl a r”
- XV asr oxiridan boshlab
- Xristofor Kolumb (1451-1506
- XV asr
Sana__________ OSIYO MAMLAKATLARINING O`RTA ASR SHAHARLARI. HUNARMANDCНlLIK VA SAVDO O`rta asr shaharlari. Sharq mamlakatlarida o`rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada - VIII asrning ikkinchi yarmida, Yaponiyada IХ-Х asrlarda, Hindistonda XI-XIII asrlarda o`tganlar. Bu hol har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo`lgani bilan izohlanadi. Dastlab ma`muriy markaz yoki harbiy qal`alar sifatida tashkil topgan o`rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan. Osiyoning eng yirik shaharlari: Сhanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag`dod, Вохоrо va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilganlar. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yеvroрa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormaganlar. “Hosildorlik ibodatxonasi” Pekinda qurilgan edi. Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX-XIII asrlarga to`g`ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo`ysungan, Shaharlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to`sqinlik qiladi, Jumladan, Нindiston va uning shaharlari o`rta asrlarda juda ko`p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo`shinlari 1018-yili Mahmud G`aznaviy qo`shinidan mag`lub bo`lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayrоn qilinadi. Tinimsiz urushlar Hindiston shaharlarini yuksalishiga to`sqinlik qiladi. Yaponiyaning o`rta asr shaharlari turli joylarda: Nara, Xeyyan budda ibodatxonalari atrofida; Otsu - aloqa bekati va yо`l ustida; Xyogo, Sakai dengiz bo`yida; Nagoya - qal`a atrofida vujudga keladi. Хеyyan shahri 1177-yili yong`in natijasida vayrоn bo`ladi, Вu shahar qayta tiklanganidan so`ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi, Kioto ko`p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo`lib qoladi. Shaharlar hayoti. Osiyo shaharlari ham o`ziga xos taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Jumladan, Xitoyda ХI asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko`tariladi. Imperator va zodagonlar hashamatli saroylar qurdirgan. Mamlakatda yog`och tanqis bo`lganidan qurilishda g`isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda "tog`ga yog`ochga ketgan ming kishidan, faqat besh yuzi qaytib keladi" naqli paydo bo`ladi. Natijada, imperator yangi saroy qurishini e`lon qilishi dehqonlar uchun og`ir sinоvlarni boshlanishidan darak bеrgan. Xitoyning yirik shaharlarida G`arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko`rsatish yaxshi yo`lga qo`yilgan edi, Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta`minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, о`t o`chirish ishlari yo`lga qo`yilgan. Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko`proq bo`lgan. Xususan, Xitoyda o`rta asrlardayoq aholi zich yashagan, ХVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan ham ko`p aholi bo`lgan, Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Qutb Minor inshooti ХIII asrda Dehlida bunyod etilgan edi. Amir Tеmur saltanati poytaxti Samarqand XIV asr oxiri - ХV asr boshlarida yuksalib dunyoga taniladi. O`rta asr shoirlari va faylasuflari Samarqandni "sayqali ro`yi zamin" - Yer yuzining sayqali, husni deb ta`riflaganlar. Sharq dunyosida Buxoro ham o`z o`rniga ega bo`lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo`yicha: markazda - ark, shahar hokimi qal`asi, uning atrofida - shahriston, asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan. Shahar atrofida rabod bo`lib, unda hunarmandlar guzar va mahallalari joylashgan. Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari tosh va g`isht edi. Hukmdorlar, boylar o`z saroylari, hovli-joylarini pishiq g`isht va marmarlardan, kambag`allar esa paxsa, guvaladan qurganlar. Kambag`allarning uylari pishiq, mustahkam bo`lmay tez-tez ta`mirlashni talab qilgan. Bunday uylar merosga qoldirilganda odatda buzilib o`rniga yangisi qurilgan. Hunarmandchilik. Sharq hunarmandlari ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlarining katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar. Xitoylik ustalar qog`ozi, ipak gazlamalari, chinnisi bilan shuhrat qozongan. Savdogarlar Eron va Misrda tayyorlangan zig`irpoya, paxta va jundan to`qilgan gazlamalarni ham yuksak baholaganlar. Damashq po`latidan yasalgan qurol-aslahalar esa Sharq va G`arbda bir xilda shuhrat topgan. Kitoblar uchun eng sifatli muqovalami Shimoliy Afrika shaharlari ko`nchi-ustalari yasagan. Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan. Sharqda dastlab shahar aholisi soliqlardan ozod qilingan. Vaqt o`tib savdogar va hunarmandlardan ham turli soliqlar olina boshladi. Аrab xalifaligi, Yaponiya, Xitoyda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig`ib bergan. Xitoyda barсha ustalar sex a`zosi bo`lishlari majburiy etib qo`yilgan. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Xususan, faqat xitoyliklar 600-700 kishi va yana ko`plab yuk sig`adigan yirik kemalar - jonkalarni qurishgan. O`rta Osiyo shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari bo`lgan. Turli sexlar ustalarining nizomlari bizgacha yetib kelgan. Buyuk lpak yо`li chorrahasida joylashgan O`rta Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari ham edi. Сhеt ellik savdogarlar Samarqand qog`ozi va gazlamalarini, G`ijduvon kulolchiligi buyumlari-yu, marvlik ustalar gazlamalari, kiyimlarini yuqori baholaganlar. O`rta asrlarda eronlik ustalar: рarсha va ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozonganlar. Erondan savdogarlar po`latdan yasalgan qurol-aslahalar, mis va kumushdan ishlangan idishlarni xarid qilganlar. Xalifalikka kirgan Yaqin Sharq mamlakatlarida ham savdo va hunarmandchilik yuksak taraqqiy etgan. Geograf olim al-Muqaddasiy Suriyadagi bozor va savdo yaxshi daromad keltirgani haqida yozadi. Savdo. Аrab xalifaligi, Tan imperiyasi va Dehli sultonligi singari yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo`lishi savdoni yuqori daromad manbayiga aylantirdi. Uzoq Sharqdan O`rta dengizga qadar hududlarda faqat karvon yo`llari orqali savdo оlib borilmagan. Fors ko`rfazi va Qizil dengiz orqali arab, hind, xitoy savdogarlarining o`nlab kemalari suzgan. Osiyodan farqliroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi uzluksiz urushlar, qit`aning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi, ziravorlar, qisman qullar manbayiga aylanishiga sabab bo`ladi. Osiyo bozorlari o`zining gavjum va sershovqinligi bilan ajralib turgan. O`rta asr bozorlari ko`pincha shahar darvozalari yaqinida joylashgan. Shahar ichida kichkina bozorlar bо`lib, ular ma`lum mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan. О`rta Osiyo va Erondagi yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo`lingan. Нar bir rasta ma`lum xildagi mоl bilan shug`ullanadigan savdogarlarni yoki muayyan kasb bilan shug`ullanuvchi hunarmandlarni birlashtirgan. Ilk o`rta asrlardayoq Bag`dodda, Ishbiliya (Sevilya) va G`arnota (Granada, Ispaniya)da mardikor bozorlari bo`lgan. Sharq bozorlarida hunarmandchilik ustaxonalari, do`konlari ham joylashgan. Ayrim hollarda ko`chma bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo`lgan aholisi to`plangan. Sana__________ XRISTIAN CHERKOVI О`RTА АSRLАRDA Dinning Yevropada tarqalishi. Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma`lumki, xristianlik dini Yaqin Sharqda I asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini halol hayot kechirish hamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg`unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi. Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni V asrning oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya yarim orolining tub aholisi ham o`tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg`ayrat rohiblar VI-VIII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o`tkazganlar. Skandinaviya aholisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta`limotni IХ asrdan qabul qiladi. Vengerlar IХ asrda, polyaklar Х asrda xristianlikka o`tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya Х asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan. Eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi роlab slavyanlari (ХII asrda), pruss va litva qabilalari (ХIII-XIV asrlarda) cho`qintirilgan. Xristian dini Yevropada IV asrdan boshlab XIII-XIV asrlargacha tarqalgan. Cherkovning bo`linishi. Rim imperiyasining 395-yili G`arbiy va Sharqiy Rimga bo`linishi cherkovni ham ajralishiga оlib keldi. Frank qiroli ko`magida 756-yili Italiyada Rim papalari davlati - Рaрa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo`ysunuvchi, Konstantinopol patrlarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi. Sharqiy Yevropada bolgarlarni cho`qintirishdagi raqobat 1054-yili xristian cherkovini rasman: g`arbiy katolik ("jahon") va Sharqiy pravoslav ("sof din", "сhin e`tiqod") cherkovlariga bo`linishiga olib keldi. ХI asr o`rtalaridan rim-katоlik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faоliyal olib bormoqda. Mazhablar orasidagi tafovutlar udum marosimlarda ham mavjud. Xususan, katoliklarda ibodatdan avval faqat ruhoniylar bir chimdim non va bir ho`plam vino bilan poklansalar, pravoslavlarda barcha dindorlar bunday huquqqa ega bo`lishgan. Katoliklar beshta, pravoslavlar uchta barmoqlari bilan cho`qinganlar. G`arbda cherkov va`zlari lotincha, Sharqda esa yunon tilida olib borilgan. Katolik cherkovi barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlasa ("selebat"), pravoslavlarda faqat rohiblar oila qurmagan. Cherkov va davlat. Yevropada V asrda boshlangan feodal munosabatlaridan cherkov ham chetda qolmaydi. Ekinzorlarning uchdan biri ibodatxona va monastirlar qo`lida to`planadi. Davlat soliqlaridan ozod etilgan bu yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan 100 minglab qaram dehqonlar mehnat qilganlar. Undan tashqari xristian cherkovi aholidan ushr (hosilni 1/10) solig`ini undirgan. Aholi, shuningdek, bolani cho`qintirish, nikohdan o`tganida, marhumga ta`ziya marosimi o`tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham рu` to`laganlar. Cherkovga tushadigan daromadning talay qismi Rim papasi xazinasiga yuborilgan. Katolik cherkovi, shuningdek, indulgensiya (lotincha "afv") - gunohlardan kechish yorliqlarini sotish hisobiga ham boyigan. Cherkovning badnafsligi insonning faqat qilgan gunohlari emas, balki qilishi mumkin bo`lgan gunohlarini ham avvaldan ma`lum рul evaziga kechishida ko`rinadi. Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini bajargan, Cherkov qo`llagan jazoning eng og`iri interdikt - mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik taqiqlanishi bo`lgan. Interdikt Katolik cherkovi o`z qudrati cho`qqisiga Innokentiy III (1198-1216) papaligi davrida erishdi. Uning "Оy o`z yog`dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o`z jilosini papalikdan oladi" degan so`zlari amalda qo`llaniladi. Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. Papaning hukmini aholiga o`tkazishdagi tayanchlardan yana biri rohiblar bo`lgan. Dastlabki monastirlar IV asrdan tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibodatdan bo`sh paytlarida xattotlik bilan shug`ullanganlar. Ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o`qitganlar. Dahriylarga qarshi kurash. Cherkov va uning ta`limotiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha - "dahriylar") deb nomlangan. Bunday kishilar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, sodda cherkov g`oyasi tarafdorlari bo`lishgan. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi - inkvizitsiya (lotincha - "qidiruv") tuziladi. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug`ullangan inkvizitsiya o`z qudrati cho`qqisiga рaрa Grigoriy IX (1227-1241) davrida erishadi. Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada, ayniqsa, keng tus oladi. Unda mahkum etilganlarni gulxanda yondirish "autodafe" (portugalcha "e`tiqod, yoki din ishi") ham qo`llaniladi. Qatl jarayonini cherkov bayram tomoshasiga aylantirib, unda qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar va minglab oddiy xalq vakillari qatnashgan. Sana__________ SALIB YURISHLARI VА UNING МАQSАDLАRI Salib yurishlari. Salib yurishlari - G`arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari edi. Вu yurishlar 1096-1270-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan. Salib yurishlari katolik cherkovi tomonidan sakkiz marta tashkil qilingan. Sharqdagi yerlarni egallash orqali cherkov o`zining ta`sirini kuchaytirishni maqsad qilgan. Sharqda ХI asr oxirida vujudga kelgan sharoit salib yurishlari uсhun qulay bo`lgan. Kichik Osiyo yarim orolini saljuqiy turklar deyarli to`liq qo`lga kiritgan. Вu hududdan, G`arb mamlakatlari ziyoratchilari, Falastinning muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko`ra, Iso payg`ambar dafn etilgan Quddusga boradigan yо`llar o`tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyоn musulmonlar qo`lida edi. Мahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yоmоn bo`lmasa-da, ХI asr oxiridan boshlangan musulmon hukmdorlarining o`zaro urushlari xristianlarni ziyoratlarini tоbоra xavfli tadbirga aylantira borardi. Salib yurishlari Yaqin Sharqqa qarshi 1096- 1270-yillarda katolik cherkovining rahnamoligida bo`lib o`tgan bosqinchilik va talonchilik urushlaridir. Saljuqiylarning Kichik Osiyoni bosib olishi va Vizantiyaga xavf solishi, Quddusdagi Iso payg`ambar qabrini musulmonlardan xalos etish "zaruriyati" feodallar hamda cherkov uсhun urushlarga bahоna bo`ladi. Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uсhun jangchilar yuborishini so`rab G`arbga murojaat qiladi. Рaрa Urban II 1095-yili Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig`ini soborga to`plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so`zlaydi. U Quddusdagi "payg`ambar qabrini" musulmonlardan ozod etishga сhaqirdi. Рaрa yurishda ishtirok etganlarga, ularning gunohlaridan kechirilishini, halok bo`lganlar ruhini jannatga - "arshi-a`loga" tushishini va`da qiladi. Urban II "muqaddas yer"ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o`tadi. Falastinda "sut va asal daryo bо `lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o`lka ekanligini ta`kidlaydi. Вu so`zlarni xaloyiq "Xudoning irodasi shu", "Xudoning xohishi shu" kabi hayqiriqlar bilan qarshilab, gazlamadan "but", ya`ni "salib"ning aksini qirqib o`z kiyimlariga tika boshlaydilar. Ayni shu sababli yurish qatnashchilari "salibchilar", yurishlarning o`zi esa salib yurishlari nomini oladi. Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklar, jumladan dehqonlarga qarzlaridan kechilishini, ularning oilalari cherkov himoyasiga o`tishini e`lon qiladi. Salib ynrishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari. Dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o`zlarining og`ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar. Salibchilarning aksari ko`pchiligini ritsarlar tashkil etib, ular ko`pincha bоy bo`lmagan xonadonlardan edilar. Oilaning kichik o`g`illari, mayorat tizimi bo`lganidan, ya`ni meros katta o`g`ilga qoldirilgani sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo`lardi. Bu holatdagi ritsarlar o`zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo`lga chiqqanlar. Sharqqa gersoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham jo`naydilar. Ular o`zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo`ysundirishni maqsad qilganlar. Qolaversa, salib yurishlarida ishtirok ularga Yevropada hurmat-e`toborni oshirardi. Qo`shin bilan savdogarlar ham yo`lga chiqqanlar, ular Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar. Salib yurishi istirokchilari faqat foydani o`ylagan desa xato bo`ladi. Moddiy manfaat ularda "payg`ambar qabri"ni musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonch bilan mujassamlashgan. Cherkov yig`inlari - III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining: cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi Sana__________ IX-XIII ASR BOSHLARIDA MADANIY HAYOT 20-§. RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR, ILM-FAN RAVNAQI "Bayt ul-hikmat' IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir boigan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi. Movarounnahr lstiio qilingach, zabt etilgan zga mamlakatlar qatorida, bu lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining rni va ahamiyati oshib, uni zlashtirishga blgan intilish kuchli bldi. Arab tiliga blgan ehtiyoj va intilish tufayli kp vaqt tmay Movarounnahrda arab tili va yozuvini yaxshi zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bladi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa kplab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat boshqaruvi ishlariga yaroqli blgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi. Badod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi.IX asrda bu shaharda "Bayt ul-hikmat" tashkil etilgan edi. "Bayt ul-hikmat"da katta kutubxona, Badod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shuullanardilar. Al-Xorazmiy, Ahmad al-Faroniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abi Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, rta asr ilm-u faniga katta hissa qshadilar. Al-Xorazmiy Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850-yillarda yashab ijod qilgan) qadimgi Xorazm diyorida tuilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida kpgina ustozlardan oladi. Sngra u xalifa Ma'mun zamonida (813-833) "Bayt ul-hikmat"da mudir sifatida faoliyat krsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qshdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari "Al-jabr val-muqobala", "Hind hisobi haqida"; geografiyaga oid kitoblari "Kitob surat ul-arz" ("Yer surati"); astronomiyaga oid asarlari "Zij" va "Usturlob bilan ishlash at-tarix", "Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola" nomlari bilan atalgan. Xorazmiy "Al-jabr val-muqobala" kitobi bilan birinchi blib algebra faniga asos soldi. Hatto "algebra” atamasi ushbu kitobning "al-jabr" deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida z ifodasini topdi. Uning "Al-jabr" asari asrlar davomida avlodlar qlida yer lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va lchov ishlarida dasturulamal blib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan nlik hisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy al-jabrni mustaqil fan darajasiga ktarib, algebra faniga asos soldi va tarixda zidan chmas iz qoldirdi. Ahmad al-Faroniy "Bayt ul-hikmat" da faoliyat krsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Faroniy (797-865-yillarda yashab ijod qilgan). U Faronada tavallud topgani uchun Sharqda Al-Faroniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shuullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oraliida yer meridiani bir darajasining uzunligini lchashda qatnashdi. 861-yilda Al-Faroniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr - daryo oqimi sathini lchaydigan "Miqyos an-Nil inshooti va uning darajoti qayta tiklandi. Al-Farg'oniyning "Astronomiya asoslari” nomli kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani byicha asosiy darslik sifatida foydalanildi. Bizning davrimizgacha Ahmad Faroniyning sakkiz asari saqlangan blib, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" kitobi ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Mustaqillik yillarida Ahmad al-Faroniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-Faroniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farona shahrida Al-Faroniy nomi bilan bo yaratildi va buyuk allomaga haykal rnatildi. Imom al-Buxoriy Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta'limotining takomili ylida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bldi. Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih" nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb n ikki asr davomida islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu borada ayniqsa Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy - 810-870-yillarda yashab ijod qilgan), uning zamondoshi va shogirdi Termiziy (Abu Iso Muhammad at-Termiziy - 824-894-y. y.) larning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Bu bebaho asarga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishloida "Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui" barpo etildi. 4 jildlik "Al-Jom`i as-sahih” kitobi ilk bor zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi. «Bayt ul-hikmat» - Donishmandlar uyi – Islom Sharqining sha davrdagi fanlar akademiyasi. Miqyos an-Nil - Nil daryosi oqimi sathini lchag'ich gidroinshooti. Muhaddis - hadis tplovchi, sharhlovchi. Hadis – Muhammad (s.a.v.) ning so`zlari, .... Abu Mansur al-Moturidiy Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qshgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870- yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog'ida tuildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalan, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan "Kitob at-Tavhid" ("Allohning birligi") va "Tvilot ahl as-sunna” ("Sunniylik an'analari sharhi") nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishidagi mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga baishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari zbek tilida nashr etildi Sana__________ Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati “Buyuk geografik kashfiyotlar” atamasi haqida. Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri – XVII asr o`rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma`lum bo`lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Xo`sh, qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo`lgan edi? Birinchidan, XV asr oxiri – XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur`atlarda o`sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo`lgan talabni oshirib yubordi. Yevropaning o`zida xomashyo kam bo`lganligi uchun uni faqat boshqa o`lkalardan olib kelish zaruratga aylandi. Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo`lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o`zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg`ab oldi. Uchinchidan, quruqlikdan va O`rta Yer dengizidan o`tadigan savdo yo`llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo`li ham xavfli bo`lib qoldi. Bu yo`llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar qo`liga o`tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo`llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo`llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar hamda harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, dengizda kompasdan foydalanish, astrolyabiyaning ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo`lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. U o`z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo`l ochishni maqsad qilib qo`ydi. Dengiz sayohatini amalga oshirishga birgina dovyuraklik kamlik qilardi, albatta. Buning uchun ilm-fan yutuqlariga ham tayanish, ulardan amalda foydalana bilish ham zarur edi. Bu o`rinda italiyalik olim P. Toskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta`limotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu xaritada Osiyo qit`asi qirg`oqlari Atlantika okeanining g`arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi. Shu tufayli P. Toskanelli Yevropa qirg`oqlaridan G`arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin, deb ishonardi. Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, kapital jamg`arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg`usi eng dadil rejalarni ham amalga oshiradigan qilib qo`ydi. Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo`l topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo`ydi. Nihoyat 1492-yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo`li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo`ldi. Shartnomaga ko`ra, qirol ekspeditsiyaning pul ta`minotini o`z bo`yniga oldi. Ayni paytda X. Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo`ldi. Shuningdek, X. Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga, yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismiga egalik ham qilar edi. X. Kolumb 1492-yilning 6-avgust kuni 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshladi. Amerikaning kashf etilishi. X.Kolumb ekspeditsiyasi 12-oktabr kuni Amerika qit`asidagi San-Salvador (“Muqaddas xaloskon”) oroliga kelib tushdi. Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo`li ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keldi. Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P. Toskanellining xatosi oqibati edi. Chunki P. Toskanelli yerning ekvator bo`ylab uzunligini aniqlashda 12 ming kilometrga adashgan edi. Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato, deb atadilar. Download 140.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling