Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez oldi bezi (glandula parathyroidea)
Download 421.5 Kb.
|
Qalqonsimon bez epifiz buyrak usti bezlari meda osti bezining tuzilish polfini o\'zi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Qalqonsimon bez oldi bezi (glandula parathyroidea)
Qalqonsimon bez oldi bezi mayda bo’lakchalardan iborat bo’-lib, ularning soni 2 tadan 8 tagacha, umumiy og’irligi esa 0,13- 0,36 grammdir. Taraqqiyoti. Qalqonsimon bez oldi bezi embrional hayotning 5-6-haftalarida buqoq bezi kurtagidan orqaroqda, 3-4 jabra J76-rasm. Qalqonsimon va qalqonsimon bez oldi bezi. Gematoksilin - eoznn bilan bo’yalgan. 06. 10. ok. 10. 1- qalqonsimon bez fellikullari; 2 - qalqonsiion bez olli bezining parenximasn; 3 - biriktiruvchi tuqimali umumiy kapsula. cho’ntaklarining entodermal epiteliysidan o’sib chiqqan hujayra-larning kompakt massasi shaklida vujudga keladi. Intensiv o’sish natijasida bu o’simtalar «kurtaklarga» aylanadi, 7-8 haftaga borib o’zlari o’sib chiqqan erdan ajraladi va hosil bo’layotgak qalqonsimon bez bo’laklarining orqa yuzasiga birikadi. Qalqon-simon bez oldi bezlarining embrnonal davrdai boshlab funktcio-nal aktivlikka ega ekanligi aniqlangan. 177- rasm. Qalqonsimon bez oldi bezi to’q bo’yaluvchi bosh hujay-rasshshpg elektron mikrsfotsgrafiyasi. xYU.OOE. 1 - tcitoplazka; 2 - plastinkasimon kompleks; 3 - yadre; 4 - interdi-gntatciya; 5 - gemokapillyar; 6 - endoteliy. 178- rasm. Qalqonsnmon bez oldi bezi och bo’yaluvchi bosh hujay-rasining elektron mikrofetografiyasi. xYU.OOO. 1 - tcitoplazma; 2 - mitoxondriyalar; 3 - Gol’ji kompleksi. Tuzilishi. Bezchalar qalqosimon bezning umumiy biriktiruvchi to’qimali kapsulasi bilan o’ralgan bo’lib, har bir bezcha, yana o’z navbatida biriktiruvchi to’qima orqali epiteliy tasmalariga ajralib turadi (176-rasm). Tasmalar 2-4 qator hujayralardan iborat bo’lib, ular orasida sinusoid kapillyarlar joylashadi. Bezda zich joylashgan ikki xil epiteliy hujayrasi: bosh va ok-sifil hujayralar tafovut etiladi. Aniqlanishicha, yosh organizm-larda qalqonsimon bez oldi bezlari faqat bosh hujayralardan iborat bo’lib, 4-7 yoshda ularda oksifil hujayralar paydo bo’la boshlaydi. yosh ulg’ayishi bilan oksifil hujayralarning soni ko’payib, qari organizmda ular bezning asosiy massasini tash-kil etadi. Bosh hujayralar unchalik yirik bo’lmay, poligonal shaklga ega va ular tcitoplazmasiga qarab to’q va och rangli bo’li-shi mumkin (177, 178-rasm). Bosh hujayralar tcitoplazmasida barcha umumiy organellalardan tashqari glikogen kiritmalari, lipid tomchilari va sekretor granulalari uchraydi. Oksifil hujayralar tcitoplazmasi kislotali bo’yoqlarga bo’yalishi va yuMa-loq shakli bilan bosh hujayralardan yaqqol ajralib. turadi. Ularning tcitoplazmasida kristalarga boy bo’lgan mitoxondriya-lar va yaxshi rivojlanmagan Gol’ji kompleksi joylashgan. Funktciyasi. Qalqonsimon bez oldi bezi organizm uchun nihoyat-da muhim bez hisoblanadi. Agarda qalqonsimon bez oldi bezi olib tashlansa, qonda kal’tciy miqdori keskin kamaiib ketadi va natijada skelet mushaklarida tetanik tirishish ro’y beradi va bu holat tezda o’limga olib kelishi mumkin. Qalqonsimo» bez oldi bezida paratgormon ishlab chiqariladi va bu gormon qonda kal’tciy va fosfar almashinuvini tartybga solib turadi. Qonda kal’tciy miqdori kamayganda paratgormon ta’sirida suyak to’qimasidan kal’tciy qonga yuvib chiqariladi. Bundan tdsh-qari, qondagi kal’tciy miqdorini bir xilda syqlab turish uchun, paratgormon buyrak kanalchalariga ta’sir etib, u erda kal’iiy va fosforni qayta so’rilishini ta’minlaydi. Adabiyotlar: Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986 Kodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994 Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “O’qituvchi” Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984. Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling