Qalqonsimon bez


MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI


Download 421.5 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1567650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qalqonsimon bez epifiz buyrak usti bezlari meda osti bezining tuzilish polfini o\'zi

MEDA OSTI BEZINING INKRETOR QISMI
Me’da osti bezi (pancreas, 134-rasm keltrilgan)
Uning ichki sekretsiya gormoni – insulin va glyukagon , me’da osti bezining tana va dum bo‘laklari tarkibida joylashgan maxsus hujayralar (pankreatik Langergans orolchasi)da ishlanadi va qonga shimiladi. Glyukagon gormoni, qonda glyukozani miqdori kamayganda, jigardagi glikogenni glyukozaga aylantirib uni miqdorini 4,5-6,5 mmol/l ga tenglashtiradi. Insulin gormoni qonda glyukoza oshib ketsa glyukozani glikogenga aylantirib organizmda qand miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi.
Bu hol qand kasalligi (diabet) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunda bemor bir kecha-kunduzda 5–6 l suv yo‘qotib, organizm suvsizlanadi, u juda tashna bo‘lib, ko‘p suv ichadi. Qon tarkibida qandning ko‘payishi sababli jigarda ham glikogen miqdori kamayadi, oqsil va yog‘lar parchalanib qandga aylanadi, natijada odam ozib ketadi. Shu sababli organizm funksiyalari (nafas funksiyasi ham) o‘zgarib, bemor hushdan ketishi, ahvoli og‘irlashib, hatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qand kasalligiga duchor bo‘lgan odamlar shirinlik, oq non va xamir yemasliklari, vrach maslahati bilan insulin olib turishlari kerak.
JINSIY BEZLARNING
ENDOKRIN QISMI
Erkaklar urug‘ bezi (moyak)dagi urug‘ ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig‘ida joylashgan to‘qimada testosteron gormonini ishlab chiqaradigan interstitsial hujayralar bo‘ladi. Gormon ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a’zolarning normal rivojlanishi ta’minlanadi. Erkaklar urug‘ bezi olib tashlanganda yuqorida ko‘rsatilgan belgilar rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidagi follikulalarda esa follikulin gormoni ishlanib chiqadi. Follikulin jinsiy organlarning normal rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo‘lishini va nerv sistemasi qo‘zg‘alishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra tuxumdon pardasini yorib tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naychaning ichiga o‘tadi (tuxumdon anatomiyasiga qarang).
Tuxumdon pardasining yirtilgan joyida ikki xil sariq tana (corpus luteum) paydo bo‘ladi. Biri chin (haqiqiy) yoki homiladorlik sariq tanasi (corpus luteum graviditatis), ikkinchisi soxta yoki hayz sariq tanasi (corpus luteum menstruationis) deyiladi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha, otilib chiqqan tuxum hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo bo‘ladi.
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida (9 oygacha) saqlanadi, undan chiqqan gormon homilaning normal rivojlanishini ta’minlab, yangi tuxum hujayra yetilishini to‘xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa, homila o‘sishdan to‘xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan gormon esa yangi tuxum hujayraning yetilishiga ta’sir etadi.
Taraqqiyoti. Qalqonsimon bezning taraqqiyoti embrional ha-yotning uchinchi haftalaridan boshlanadi. Halqumning ventral yuzasidan birinchi va ikkinchi jabra cho’ntaklarining karshisida

74-rasm. Qalqonsimsn bez fellikuliiing elektron mikrofotografiyasi.
xZOOO.
1 - tireotcntlar; 2 - kslloid; 3 - follikul atrofidagi qon kapillyari ; 4 - limfa kapillyari.
bo’rtma paydo bo’ladi. Bu bo’rtma ayrim hujayralar yig’indisiga aylanadi.
Embrional hayotning to’rtinchi haftasida takomillashayotgan bezning ikki bo’lagi hosil bo’ladi. Sut emizuvchilarda IV jabra cho’ntagining hosilasi hisoblangan ul’timobronxial tanachalar paydo bo’lib, bu tanachalar rivojlanayotgan qalqonsimon bez kur-tagiga o’sib kiradi. So’ngra shu tanachalar tarkibida follikulyar hujayralar bilan bir qatorda K-hujayralar hosil bo’ladi. Ta-komillashishning boshlanishida qalqonsimon bez ekzokrin bez sifatida vujudga keladi, u chiqaruv nayiga ega bo’ladi. Keyincha-lik chiqaruv nayi atrofiyaga uchraydi (nay ochiladigan yuza til-ning ildiz sohasida ko’r chuqurchani hosil qiladi) va bez endo-krin organga aylanadi. SHu vaqtda hujayralar orasida kolloid yig’ila boshlaydi, follikullar hosil bo’ladi. Follikullarning devori bir qavat hujayralardan iborat bo’ladi. Qalqonsimon bez faoliyatining boshlanishi embrional hayotning 3-4 oylariga to’g’ri keladi. •
Tuzilishi. Voyaga etgan odam organizmida qalqonsimon bezning og’krligi 22-25 gramm bo’lib, bez tashqi tomondan pishiq shakl-lanmagan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan. Kap-

175-rasm. Qalqonsnmon bezda flllikulyar va pa-rafellikulyar hujayralar
nisbptining sxemasi (A. B. Alyoshin rasmi).
A-og’ir metall oksidlari qaytarilish reaktciyasining mahsuloti (ar-ir)filiya va osmnfnliya) fakat parafgl-li kulyar hujayralarda; B- radioaktnv yodning faqat Follikulyar xujayralar Uchun xos yutilishi. ] - fol-likullar orasilagi para-fpllikulyar xujayralar; 2- parafollikulyar hujayra-nyng epiteliy ichipa joyla-shishI; 3 - follikul lujay-rasi; 4-bazal hujayra; 5- «och» fol/.ikulyar xujayra: *.- bazal >ujayralarning kupayishi natijasida hosil bo’lgan epiteliy kurtagi, 7- follikul bazal membranasi.
suladan bez parenximasiga botib kirgan to’siqlar bezni bo’lak-larga bo’lib turadi. Har bir bez bo’lagi follikul deb ata-luvchi pufakchalardan iborat bo’ladi. Follikul - qalqonsimon bezning struktur va funktcional birligidir.
Follikullar atrofida nerv va qon tomirlarga boy bo’lgan biriktiruvchi to’qima joylashadi. Follikulning devori bir qa-vat epiteliy hujayralaridan va uning bo’shlig’ida joylashgan kolloid moddasidan iborat (174-rasm). Follikullarning shakli turlicha bo’lib, diametri 30 mkm dan 300 mkm gacha etadi. Folli-kullar devoridagi epitelial hujayralar normal fiziologik ho-latda kubsimon bo’lib, follikulyar epiteliy yoki tireotcitlar deyiladi. Tireotcitlarning tuzilishi, shakli va balandligi bez fuyktcional holatiga bog’liq.
Bez giperfunktcional holatda bo’lsa, follikullar bo’shlig’i kichik, kolloid suyuq va pufaksimon, tireotcitlar tcilindrsimon shaklga ega bo’ladi. Giperfunktcional holatda esa follikullar bo’shlig’i katta, kolloid zich, tireotcitlar yassi shaklda ko’rinadi. SHunday qilib, bezning gistologik tuzilishiga qarab uning funk-tcional holatini aniqlash mumkin.
Normal holatda follikul devorini ayrim joylarida kubsi-mon hujayralar bilan birga tcilindrsimon hujayralarni grup-palari uchraydi, bular bo’shliqqa bo’rtib chiqib turgani uchun San-derson yostiqchalari deb ham ataladi. Elektron mikroskop yordamida o’rganilganda, tireotcitlarning apikal yuzasida mikro-vorsinkalar borligi aniqlangan. Follikulyar hujayralarda yi-rik yadro, yaxshi rivojlangan endoplazmatik to’r, plastinkasimon kompleks, mitoxondriyalar va apikal qismida ko’p miqdorda sek-retor granulalar mavjud bo’lib, hujayra ichida kolloid tomchi-lari tez-tez uchrab turadi. Qalqonsimon bez parenximasida ti-reotcitlardan tashqari follikulalar devorida parafollikulyar hujayralar, follikullar oralig’ida esa to’plam-to’plam bo’lib yoki yakka-yakka holda interfollikulyar hujayralar joylashadi. Pa-rafollikulyar hujayralar ikki tipga bo’linadi. Birinchi xil hujayralar elektron mikroskopda tuzilishi jihatidan tireo-tcitlarga o’xshashdir. Bu hujayralar o’sib, takomillashish natija-sida yangi follikullarni hosil qiladi.
Parafollikulyar hujayralarning ikkinchi turi yumaloq shakl-dagi hujayralar bo’lib, ular K-hujayralar (S-hujayralar) deb nomlanadi. Bu hujayralarning funktciyasi yaqinda aniqlangan bo’lib, ularning tcitoplazmasida sekretor granulalar topilgan {175-rasm). Bu hujayralar tireokal’tcitonin gormoninn ishlab chiqaradi. Tireokal’tcitonin kal’tciy almashinish jarayonlarida ishtirok etib, qonda kal’tciy miqdorini kamaytiradi va qalqon-simon bez oldi bez gormonining antagonisti hisoblanadi.
Qalqonsimon bez funktciyasi gipofizning tireotrop gormoni vositasida boshqarib turiladi. Gipofizda tireotrop gormonning kup miqdorda ishlanishi qalqonsimon bezi faoliyatini kuchayti-radi. Tireotrop gormonining kam ishlab chiqarilishi ega bez funk-tciyasining susayishiga olib keladi.
Qalqonsimon bez hujayralarining sekretor tcikli. Qalqon-
simon bez gormonlari - tiroksin va triyodtironin o’z tarkibida yod tutadi. SHu sababli bu gormonlarning sintez qilinishi uchun ko’p miqdorda yod zarur. Qalqonsimon bez hujayralari qondagi yodni o’zida yig’ib qolish xususiyatiga ega. Qalqonsimon bezdagi yod butun organizmdagi yodning 36% ini tashkil qiladi. Qal-qonsimon bez hujayrasining sekretor tcikli murakkab jarayon . bo’lib, u gormonlarni hosil qnlish va to’plash hamda ularni bez-dan qonga chiqarishdan iborat ikki bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda tarkibidagi yod tutuvchi murakkab modda - tireoglobulin hosil qilnnadi. Bu modda hujayradan follikula bo’shlig’iga chiqariladi va kolloid sifatida yig’iladi. Bu bosqichda boshqa bez hujayralaridagi sekretor tcikl kabi bir necha fazani ko’rish mumkin.

Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling