Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana09.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#39
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29

birjasi“ va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga
oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat
birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini
o‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa
to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’ti-
bor berildi. 1993- yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish
hisobiga 185,1 ming yangi ish  o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa,
1998- yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8
marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va
o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001- yilda esa 372
mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar
erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki,
davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun
nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va
stipendiyalar muntazam suratda   oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini
vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992-yil avgust oyida
O‘zbekiston Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash
to‘g‘risida“ gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqo-
batchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ huj-
jatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida
tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh
boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab,
ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga
solib turibdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va  unga  amal qilinmoq-
da. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xizmat
qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 3 6
Savol va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyoti nima?
2. Mustabid sovet tuzumidan mustaqil O‘zbekistonga qanday iqtisodiyot
meros bo‘lib qolgan edi?
3. Mustaqillik iqtisodiyot sohasida qanday imkoniyatlar yaratdi?
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qanday tamoyillarga tayanildi?
5. Islohotlarning strategik maqsadlarini bilasizmi?
6. Iqtisodiy islohotlar qanday yo‘nalishlarda olib borildi?
7. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul
qilindi?
8. Bozor infratuzilmasi nima?
9. O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida so‘zlab
bering.
10. Aholini ish bilan band etish muammosi qanday hal qilinmoqda?
13- §. Ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
tabaqasining shakllanishi
Bozor  iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko‘p
ukladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan O‘zbekistonda
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish,
mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda bi-
rinchi o‘rinda turdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot
xilma-xil mulk shakllaridan iborat bo‘lishi, har bir shaxs
mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng
huquqli ekanligi  belgilab qo‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk
shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirish qandaydir kishilar manfa-
atiga bo‘ysundirilmadi, chek (vaucher) asosida xususiylash-
tirishga yo‘l qo‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy-
lashtirish yo‘li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog‘ida
imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona
mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar
bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar,
ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshi-
rildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fer-
malar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xusu-
siylashtirildi.
Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni
tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992- yil fevralda Davlat
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 3 7
mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasi tuzildi,
1994-yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat  qo‘mitasi
sifatida qayta tashkil etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish 1991-yil 18-no-
yabrda qabul  qilingan mulkni „Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiy-
lashtirish to‘g‘risida“ gi,  „Davlat uy-joy“ fondini xususiy-
lashtirish to‘g‘risidagi (1993-yil 7-may) qonunlar va 20 dan
ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat ko‘rsatish va mahalliy sa-
noat korxonalarini, uy-joy fondini, qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlarini tayyorlovchi xo‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarish-
dan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi.
1993—1994-yillarda davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan
ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i
fuqarolarning  xususiy mulki bo‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartira-
ning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush
faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va
ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Res-
publika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
1994-yil 21-yanvarda e’lon qilingan „Iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi va 1994-
yil 16-martda e’lon qilingan „Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish-
ning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida“ gi Prezident farmonlari
xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo‘ldi.
1992—1994- yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko‘r-
satish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xo‘jalik korxona va
obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 ming-
tasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi
jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo‘jaligida
bog‘larning yarmi, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydala-
nish uchun  berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo‘jaliklari
tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy
tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250
mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994- yilda mamlakat
yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga
qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4
millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi.
Kichik xususiylash-
tirish
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 3 8
Respublika xalq xo‘jaligini, uning tar-
moqlarini boshqarishning ma’muriy-
buyruqbozlik tizimini tugatish, bosh-
qaruvni bozor munosabatlariga moslashtirish maqsadida insti-
tutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Mustabid sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan markaziy
iqtisodiy organlar — Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘-
mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi,
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo‘-
mitalar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.
Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni
nazorat qilish bo‘yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi,
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Òashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi.
Ittifoq parchalanib ketgach, O‘zbekiston hududida joylash-
gan ittifoq va ittifoqdosh respublikalar bo‘ysunividagi korxo-
nalar respublikamizning to‘la mulki bo‘ldi. Endi ularni bozor
iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil etish zarur edi.  Iqti-
sodiy islohotlar davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o‘z
faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq uyush-
malariga, konsernlarga, korporatsiyalarga, xolding kompaniya-
lariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish
qayta tuzilib milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Uyushma — turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalarning
paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo‘jalik
hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chiqa-
rish va iqtisodiy masalalarni birgalikda hal qilish uchun tashkil
etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar
kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini
saylaydi. Islohot yillarida O‘zbekistonda „O‘zavtosanoat“,
„O‘zeltexsanoat“, „O‘zkimyosanoat“, „O‘zbekipagi“,
„O‘zagromashservis“, „O‘zqurilishmateriallari“, „O‘zbeksav-
do“, „O‘zoziqovqatsanoat“, „O‘zgo‘shtsutsanoat“, „O‘zyog‘-
moytamakisanoat“, „O‘zparrandasanoat“, „O‘zbekbirlashuv“,
„O‘zbekcharmpoyabzal“  va boshqa uyushmalar tashkil etildi va
faoliyat yuritmoqdalar.
Konsern — ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish funksiyala-
rini markazlashtirish asosida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan,
shuningdek investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoli-
yatni amalga oshiradigan, korxonalarga xo‘jalik hisobida xizmat
ko‘rsatishni tashkil etadigan korxonalarning ko‘ngilli birlash-
Institutsional
o‘zgarishlar
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 3 9
masi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida
o‘zaro korporatsiyalashgan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular
konsern rivoji yo‘lida umumiy-moliyaviy resurslardan, yagona
ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Kon-
sern, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va
yagona xo‘jalik majmuyi sanaladi. Respublikamizda „O‘zsuv-
qurilish“ va „Qizilqumnodirmetalloltin“ davlat konsernlari,
„O‘zavtoyo‘l“ va „O‘zfarmsanoat“ davlat-aksiyadorlik konse-
rnlari kabilar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Korporatsiya — mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona-
larning aksiyadorlik asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. Korporatsiya
tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy
kooperatsiya orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Shu bilan korporatsiya
investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi.
Faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib
qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiya-
dorning aksiya sarmoyasining o‘ziga tegishli qismini erkin tasar-
ruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususi-
yatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Respublikamizda „O‘z-
bekpaxtamash“ va „O‘zavtosanoat“ davlat korporatsiyalari,
„O‘zdonmahsulot“,  „O‘zavtotrans“,  „O‘zmahalliysanoat“
davlat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va
faoliyat yuritmoqdalar.
Xolding kompaniyalari — korporatsiya shakllaridan biri.
Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari
„aksiyalarining nazorat paketi“ kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi.
Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yur-
gizish, umumiy manfaatlar yo‘lida aksionerlik jamiyatlari faoli-
yatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foy-
da olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida mamla-
katimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo‘jalik mashinasozlik
korxonalarini birlashtirgan „O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“,
„O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding“ va „O‘zbekneftgaz“
Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek,
„O‘zbekyengilsanoat“ kompaniyasi, „O‘zqurilishmaterial“
davlat aksiyadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Milliy kompaniya — noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy
jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va
tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko‘ngilli
birlashmasi. O‘zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan
Milliy kompaniyalar jumlasiga „O‘zbekturizm“ Milliy kom-
paniyasi,  „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi va
boshqalar kiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 4 0
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish-
ning yo‘llaridan biri davlat mulkini
aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlariga
aylantirishdir. Aksiyadorlik jamiyati mulkchilikning bir turi
bo‘lib, u davlat, korxona, tashkilot, bank va fuqarolar pul
mablag‘larini sherikchilik asosida va foyda olish maqsadida bi-
rlashtirgan tarzda xo‘jalik yuritish uyushmasidir. Iqtisodiy
islohotlar jarayonida kichik korxonalar sotilgan bo‘lsa, 1992-
yildan boshlab yengil va oziq-ovqat sanoati, qayta ishlovchi
sanoat, ko‘mir qazib olish, transport, aloqa va boshqa turdagi
o‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila
boshlandi. Aksiyadorlik jamiyatlariga kirgan korxonalar qiymati
miqdorida aksiyalar chiqarilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida
sotildi. Aksiya to‘plamlari (paketlari)ning 25 foizi davlatga, 25
foizi mehnat jamoasiga,10 foizi resurs bilan ta’minlovchi va
mahsulotlarni iste’mol qiluvchi korxonalarga, 10 foizi chet ellik
investorlarga, 30 foizi erkin sotishga ajratildi. Aksiyadorlik
jamiyatlarining aksiyalarini sotish maqsadida Respublika fond
birjasi tashkil etildi va aholiga sotish yo‘lga qo‘yildi.
1994- yil oxirigacha respublikada 26,1 mingta korxona aksiya-
dorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ularning aksiyalari respublika
qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi.
1996- yil 25- aprelda qabul  qilingan O‘zbekiston Respubli-
kasining  „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ gi va „Qimmatli qog‘ozlar
bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida“ gi
qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shaklini yanada rivoj-
lanishiga yangi turtki bo‘ldi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish, qayta
tuzish, tugatish yo‘llari, aksiya egalarining dividend (foyda)
olish huquqlari aniq belgilab berildi. Yirik korxonalar aksiyalar
to‘plami (paketi) davlat nazoratida bo‘lgan aksiyadorlik jamiyat-
lariga aylantirildi.
Davlat mulkini sotish bo‘yicha kim oshdi savdolari va
tanlovlar tashkil etildi. 2000—2005 yillarda jami 4660 ta davlat
korxona va ob’ekti xususiy mulkdorlarga sotildi.
Korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish
jarayoniga aholi va chet ellik investorlar keng jalb qilindi.
2004- yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik
jamiyatlari faoliyat yuritdi.
Aksiyadorlik  jamiyat-
lari
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 4 1
Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qimmatli qog‘ozlar
bozoriga chiqarildi. Mehnat jamoalari uchun aksiyalarni
imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyatlari yaratildi.
Aksiyalarni fuqarolarga erkin sotishni kengaytirish maqsadida
Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) tuzildi.
Islohot yillarida respublikamizda 2004- yil 1- yanvar holatiga
ko‘ra  1 milliondan ortiq jismoniy shaxs aksiyadorlik jamiyatlar-
ining Respublika fond birjasi va XIF lar tomonidan qimmatli
qog‘ozlar bozoriga chiqarilgan aksiyalarni sotib olib aksiyador
bo‘ldilar va ulardan daromad olmoqdalar. Shu tariqa aholining
bo‘sh turgan sarmoyalari — mablag‘lari iqtisodiyotning ishlab
chiqarish sohasiga jalb qilindi. Eng muhimi aholida qimmatli
qog‘ozlarga qiziqish, ular bilan muomala qilish ko‘nikmalari va
madaniyati paydo bo‘ldi. Aksiyadorlar aksiyalarning nazorat
paketi — aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hukm-
ronlikni ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiya-
larning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki dav-
latning yirik hissasidir. Aksiyadorlar korxonaning ishlab chi-
qarish va moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga
kiritilgan aholi sarmoyalari ulushining o‘sishi,
foiz hisobida
Aholi sarmoyalari
Aholi sarmoyalari
- y.
- y.
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 4 2
Aksiyadorlar sonining o‘sishi,
1-yanvar holati, ming kishi
Kichik  biznes  va
xususiy  tadbirkorlik
Chinakam mulkdorlar tabaqasi, bir
tomondan, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish, ikkinchi tomondan, kichik
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘li
bilan shakllantiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  —
jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadil-
lashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar tabaqasini pay-
do bo‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur
iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad
va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu  — yangi ish o‘rinlarini
yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromad-
larining asosiy manbayidir.
Jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega erishgan mamlakatlar
tajribasi ko‘rsatadiki, ular kichik biznesni, xususiy tadbi-
rkorlikni rivojlantirish orqali yuksalgan, aholi turmush dara-
jasini ko‘targan. Masalan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mam-
lakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o‘rta biz-
nesning ulushi 67 foiz, Germaniyada—65 foiz, AQSHda — 52
foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band bo‘lgan aholining
80 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida — 70 foizi kichik
biznes va xususiy  tadbirkorlik tarmoqlarida ishlaydi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib
chiqqan holda O‘zbekistonda kichik biznesni, tadbirkorlikni
rivojlantirishga iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi, strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida
e’tibor berildi.
1 mln
2004
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 4 3
O‘zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar
tuzish, sotib olish, sotish, qayta qurish yo‘li bilan tadbirkorlik
faoliyati yuritish huquqiga ega. Òadbirkor ish yuritish uchun
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablag‘larini
ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash
va bo‘shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq to‘lab
turadi.
Òadbirkorlik shakllari:
• xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
• yollanma mehnatni jalb qilib amalga  oshiriladigan   tad-
birkorlik;
• bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga
oshiriladigan jamoa yoki qo‘shma tadbirkorlik.
Respublikada ko‘chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi
savdolari va tanlovlar asosida kichik korxonalar fuqarolarga
sotildi.
1995- yil 5- yanvarda e’lon qilingan „Xususiy tadbirkorlikda
tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi Prezi-
dent farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-
lashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki
berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan
tushayotgan mablag‘larning 50 foizi kichik biznesni rivojlan-
tirishga yo‘naltirildi.
1995- yil 21- dekabrda qabul  qilingan O‘zbekiston Respubli-
kasining  „Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘-
risida“ gi qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va
mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati
uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart-
sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) dara-
jada esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda
yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy
dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko‘rildi.
1995- yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni
qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond), 1996-yil martda
O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
palatasi, ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun faqat Biznes-fond
tomonidan 10 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy yordam
ko‘rsatildi, tadbirkorlarning malakasini oshirish kurslari
www.ziyouz.com kutubxonasi

1 4 4
tashkil etildi. O‘rta va kichik biznesning rivojlanishiga de-
hqon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, „Hunarmand“
assotsiatsiyasi, Òadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham
ko‘maklashmoqda.
Kichik  biznesni rivojlantirishga chet ellik investorlarning va
dunyodagi nufuzli banklarning,  jumladan Yevropa tiklanish
va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraq-
qiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa Xalqaro
moliya tashkilotlarining kredit resurslari jalb etilmoqda. Òad-
birkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko‘maklashish
maqsadida nemis texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati O‘zbe-
kistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazini, Yev-
ropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini
ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va
Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi o‘zbe-
kistonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko‘mak-
lashdilar. 2003- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, o‘tgan yillarda
kichik biznesni rivojlantirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit
resurslari hajmi 450 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, ul-
ardan 345,8 mln. (shu jumladan, 2002- yilda 87 mln.)
AQSH dollari o‘zlashtirildi.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan
tadbirlar natijasida ularning soni yildan yilga ko‘payib bor-
di.1992—1996- yillarda 85 mingga yaqin kichik biznes kor-
xonalari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2001-yil boshlarida ularning
soni 190 mingdan ortdi, shu jumladan, faoliyat yuritayotgan-
lari soni 149,3 mingtani tashkil etdi, ularning 63 foizi ishlab
chiqarish bilan band bo‘ldi.
Faoliyat yuritayotgan kichik  biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalari
Umumiy soni
350  ming
Band bo‘lgan kishilar
7127,3 ming
YAIM dagi hissasi
42,1 foiz
Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling