Qanģ Dovon Kushon davlatlari Reja Qanģ davlatchiligi hududi va boshqaruvi


Download 42.72 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi42.72 Kb.
#1269963
Bog'liq
Uralova Ozoda

Qanģ Dovon Kushon davlatlari

Reja

1. Qanģ davlatchiligi hududi va boshqaruvi.

2. Dovon davlati hududi va boshqaruv tizimi.

3. Kushon davlati tarixi bosqichlari.

Antik davr Òzbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri Qanģ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qanģ davlati mavjud bòlganligi xaqidagi ma‘lumotlar mill. avv. III asr oxiri- II asr boshlariga tòģri keladi. Ammo Qanģ davlati va Qanģarlar tarixining bilimdoni K. Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv. III asrning boshlarida paydo bòlgan.

Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qòshni kòchmanchi qabilalar bilan bòlgan kurashlar natijasida Qanģ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda Òrta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Qanģ davlati asosini tashkil etgan qabilalar Sirdaryoning òrta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan.

Qanģ davlati haqida bizgacha yetib kelgan manbalarda bu davlat hokimiyati qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida aniq ma‘lumotlar saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tarixida Qanģ podshosi òz oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma‘lumot beriladi.

Bundan xulosa chiqargan tadqiqotchilar òsha davrda tashkil topgan Qanģ davlatida kengash muhim rol òynaganini, davlat kengashida qabila boshliqlari, xarbiy sarkardalar faol qatnashganini hamda ularning fikri xal qiluvchi ahamiyatga ega bòlganligini ta‘kidlaydi.

Qadimgi Dovon davlati mil. avv. III asrdan mil. II asrga qadar mavjud bòlgan. Dovon davlati haqidagi ma‘lumotlar kòproq Xitoy manbalarida uchraydi. Mil. avv. III asr manbalarida bu davlat "Davan", keyinroq esa "Boxan" hamda "Polona" nomlari bilan eslatiladi. Ularda Dovonning 70 ta shaxri bòlgani qayd etilgan.

Dovon davlatining chegaralari shimolda Qanģyuylar mamlakati va hozirgi Toshkent vohasigacha, janubda esa Yuechjilar davlatiga qadar chòzilgan. Ershi shaxri qadimgi Dovon davlatining poytaxti bòlgan. Dovon davlati òzining "samoviy otlari" bilan shuxrat qozongan. Ularning dovruģi Xitoyga ham yetib borgan.

Dovon davlati ma‘lum bir siyosiy uyushmani tashkil etgan bòlib, davlatni boshqaruvchi, hukmdor manbalarda "Van" podsho unvoni bilan ish yuritgan. Yagona hukmdor bòlgan podsho davlat ahamiyatiga molik bòlgan ishlarni oqsoqollar kengashiga suyangan holga olib borgan. Davlar hukmdori yoki podsho mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta rol òynagan.

Kushonlar davrini shartli ravishda ikkiga bòlish mumkin. 1) ilk kushonlar davri. (Kadfiz I va Kadfiz II) bu davrda siyosiy markaz Òzbekistonning janubida va shimoliy Afģonistonda bòlgan. 2) Kanishka va uning vorislari davri, bu davrda siyosiy markaz shimoliy-ģarbiy Hindistonga kòchadi. Kushonlar davrida binokorlik va me‘morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi kuzatiladi.

Me‘morchilikning òziga xos namunalari Dalvarzin Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan òrganilgan bòlib, ular jahon miqyosida mashxur bòlgan obidalardir. Kushon davlatining inqirozga uchrashi Grek- Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha òxshaydi.

E‘tiboringiz uchun

rahmat!


Download 42.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling