Qanday qilib yangi hayot boshlash


Yomon vaziyatingizdagi og’riqni his qiling


Download 131 Kb.
bet8/12
Sana08.01.2022
Hajmi131 Kb.
#242164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
hoot

Yomon vaziyatingizdagi og’riqni his qiling. Bu og’riq bo’ladimi, uyatmi, vahimami… nima bo’lganda ham hozirgina yozgan holatingizda o’zingizni qanday his qilishingizni real vaqtda o’z tanangizda his eting. Miyangiz minglab nerv tolalarini boshqaradi. O’zingizni eng qo’rquvli holatda deb tasavvur qiling va bir necha soniya ichida butun tanangiz qo’rquv bilan o’ralayotganini his qilasiz.

Yomon hissiyotingizni jilovlashni o’rganing. Mana hozir siz o’zingizni yomon holatda tasavvur etib ko’rdingiz. Endi miyangiz va tanangiz tinchlanishidan avval sizda hozir bo’layotgan hissiyot: qo’rquv, uyat, jahl yoki vahimani jilovlashni mashq qilib ko’ring. Qog’ozda yozgan vaziyatingizni qayta o’qing: bu vaziyatdan kelib chiqqan yomon ahvolingizni qanday qilib yengib o’tasiz? Harakat qilish va hissiyotlaringizni jilovlash davomida o’zingizga o’zingiz savol bering: “Mana hozir men xavfsiz hududimdaman, agar hozir shu hissiyotlarimni jilovlashni uddalay olmasam haqiqiy vaziyatlarda o’zimni qanday tutaman?”.

UYGA VAZIFA #3: Har kuni o’zingizni ataylab qiyinroq va qiyinroq bo’lgan vaziyatlarga solib ko’ring. Har kuni bajarishga erinayotgan narsalaringizni majburan bajaring. Jur’at eta olmay yurgan narsalaringizni qilish uchun jur’at toping. Parxez qiling, muskullaringizni mashq qiling, chekishni to’xtating, bekorchi o’yinlar yoki telefonda soatlab gaplashishdan voz keching. Nimayiki siz uchun imkonsiz yoki qiyinday tuyulgan bo’lsa qo’rquvingizni yenging-u, shu odatning aksini qiling!

TOPDINGIZ… UYGA VAZIFANI BAJARMASDAN DAVOMINI O’QIMANG.




Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling