Qanday qilib yangi hayot boshlash


Download 131 Kb.
bet11/12
Sana08.01.2022
Hajmi131 Kb.
#242164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
hoot

Internet dushmaningizmi?


Muallif:Azamat Xodjakov bo'lim:Shaxsiy rivojlanish Aprel 19, 2013 5 ta fikr 509 marta o'qilgan

“Vaqt – bu pul”. Men inglizlarning bu maqoliga qarshiman, chunki vaqtdek qadrli narsani pul bilan, umuman hech qaysi bir qimmatli darsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Vaqt – bebaho. O’tgan vaqtni hech qachon, hech qaysi baho, hech qaysi vozita bilan qaytarib bo’lmaydi. Demak, vaqtni faqatgina bebaholik bilan o’lchashimiz mumkin.

Vaqt hammaga bir hil beriladi, undan qanday foydalanish, yoki umuman foydalanmaslik esa har kimning o’z tanlovi! Masalan, Sizda 24 soatlik bir sutka vaqt bor. Bu vaqt ichida Siz hayotingizni butunlay yaxshi tomonga o’zgartirib yuboradigan ish qilishingiz mumkin, yoki aksincha, bu vaqtni bekorchilik bilan sarflashingiz ham mumkin. Bu vaqtdan qanday foydalanish esa, har doimgidek, faqat o’zingizga havola!

Vaqtimizni yaxshilanishlar uchun, rovojlanish yo’lida to’g'ri sarflashimiz yaxshi. Ammo vaqtni bekorga o’tkazsakchi? Vaqtimizni bekor o’tkazishga “majbur qilishsa”chi?

Bugungi kunda texnika taraqqiyot kundalik turmushimizga ko’plab qulayliklarni olib keldi. Men bu yerda aynan internet haqida gapirmoqchiman. Hozirgi vaqtda 30 yoshgacha bo’lgan yurtdoshlarimiz orasida internetdan foydalanmaydigan, yoki foydalanishni bilmaydigan kishilar juda kam bo’lsa kerak. Internetning kundalik hayotimizni osonroq, yengilroq qilayotgani – texnika taraqqiyotining hayotimizga olib kelgan yaxshi jihatlaridan biridir.

Ammo internetning yomon, zararli jihatlari ham yo’q emas. Yuqorida aytib o’tganimizdek, internet vaqtni bekorga sarflash uchun juda katta sabab bo’lishi ham hech gap emas. Bizni o’ziga turli yo’llar bilan jalb qiladigan saytlar tomonidan vaqtni bekorga sarflashga “majbur qilinishimiz” esa ba’zan boshqarib bo’lmaydigan holatga kelib qolishi mumkin. Masalan, men bir kun vaqtimni internetda Wikipedia onlayn ensiklopediyasini o’qib o’z bilimimni oshirish uchun sarflashim mumkin. Yoki bir kun vaqtimni Odnoklassnikisaytida o’tirib o’zimning miyam ishlamaganligi uchun birorta bilimli kishining aytgan gapini statusimga yozib uni hammaga ko’z-ko’z qilishim, qizlarning rasmlariga “klass” bosishim, ularning rasm va statuslariga “Vaaay, juda zo’r!” deb kommentariya yozish bilan o’tkazishim mumkin. Har qanday holatda ham foydali ish qilish yoki bekorchilik bilan shug’ullanish, vaqtni to’g'ri ishlarga yo’naltirish yoki uni bekorga sarflash o’zimga bog’liq bo’lib qolaveradi.

Demak Siz internetdan bir dunyo foyda olishingiz ham mumkin, yoki aksincha, bir dunyo vaqtingizni bekorga sarflab yuborishingiz ham mumkin ekan. Internetdan foydalanish esa faqat o’zingizga bog’liq. Internetdagi vaqtingizni mazmunli, foydali sarflaysizmi yoki uni bekorga isrof qilasizmi – bu Siz chiqarishingiz kerak bo’gan qarordir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda internetda vaqt o’tkazishingizga baho beringchi. Xo’sh, internet Sizning dushmaningizmi?





Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling