Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish
Download 30.42 Kb.
|
model
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik modellashtirish
- Invariant (o’zgarmas ) shakl
- Tahliliy shakl
Ramziy modellashtirish aniq ob’ekt o’rnini bosadigan mantiqiy ob’ektni yaratishning sun’iy jarayonidan iborat va alomatlar hamda ramzlarning muayyan tizimi yordamida ob’ektning asosiy xossalarini ifodalaydi. Tilli modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan narsa sohasidagi tushunchalar yig’indisidan shakllantirilgan qandaydir tezaurusni (lug’atni) tashkil etadi, shu asnoda bu yig’indi qayd etilgan bo’lishi lozim. Tezaurus deyilganda muayyan tildagi so’zlar yoki boshqa unsurlar o’rtasidagi aloqalarni aks ettiruvchi, ularni ma’nosiga ko’ra so’zlar izlash uchun mo’ljallangan lug’at tushuniladi. Agar muayyan tushunchalar, ya’ni alomatlarning shartli belgisi kiritilsa, alomatli modellashtirishni amalga oshirish va alomatlar yordamida tushunchalar yig’indisini aks ettirishi – so’zlar va gaplardan ayrim silsilalar to’zish mumkin.
Matematik modellashtirish - bu matematik model deb ataluvchi qandaydir matematik ob’ektni berilgan aniq ob’ektga mos kelishini o’rnatish jarayonidir. Umuman olganda, har qanday tizim xossalarini matematik usullar, shu jumladan kompyuter yordamida tadqiq qilish uchun albatta ushbu jarayonni shaklga solish ya’ni matematik model barpo etish lozim. Matematik model turi ham aniq ob’ekt tabiatiga, ham ob’ektni tadqiq qilish vazifalariga, vazifa echimining talab qilinayotgan ishonchliligi va aniqligiga bog’liqdir. Har qanday matematik model har qanday boshqa model singari aniq ob’ektni qandaydir yaqinlashish darajasida tasvirlaydi. Matematik modellashtirishni taqdim etish uchun yozuvlarning turli shakllaridan foydalanish mumkin. Invariant (o’zgarmas), tahliliy, algoritmli va chizmali (tasviriy) yozuvlar ana shunday shakllardandir. Invariant (o’zgarmas) shakl – an’anaviy matematik til yordamida model tenglamasini echish usuliga bog’liq bo’lmagan holda model nisbatini yozib olishdir. Mazkur holatda model tizimning kirishlari, chiqishlari, o’zgaruvchan holatlari va global tenglamalari sifatida taqdim etilishi mumkin. Tahliliy shakl – modelning boshlang’ich tenglamasi echimi natijasi ko’rinishidagi modelni yozib olishdir. Odatda tahliliy shakldagi modellar kirishlar funksiyasi va o’zgaruvchan holatlar sifatidagi chiqish parametrlarini aniq ifodalaridan iboratdir. Tahliliy modellashtirish uchun asosan tizimning faqat funksional jihatini modellashtirish xosdir. SHu asnoda tizimning faoliyat ko’rsatish qonunini (algoritmini) tasvirlovchi tizimning global tenglamalari qandaydir tahliliy nisbatlar (algebraik, birlashtiruvchi-farqlovchi, yakuniy xilma-xillik va h.k.) yoki mantiqiy shartlar ko’rinishida yozib olinadi. Tahliliy model quyidagi bir qator usullar bilan tadqiq qilinadi: tizimning boshlang’ich shartlariga ega izlanayotgan xossalari, parametrlari va o’zgaruvchan holatlarini bog’lovchi aniq bog’liqliklarni umumiy ko’rinishda olishga intilinadigan tahlilli usul; umumiy ko’rinishda tenglamani hal qila olmagan holda muayyan boshlang’ich ma’lumotlar asosida raqamli natijalarni qo’lga kiritish usuli (bunday modellar raqamli modellar deb atalishini eslatib o’tamiz); aniq ko’rinishdagi echimga ega bo’lmagan holda echimning qandaydir xossalarini topish mumkin bo’lgan sifatga oid usul. Hozirgi vaqtda murakkab tizimlarning faoliyat ko’rsatish jarayonini xossalarini tadqiq qilishning kompyuterli usullari keng tarqalgan. EXMda matematik modellarni amalga oshirish uchun tegishli modellashtiruvchi algoritm yaratish zarur. Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling