Qarori 2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 379.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana28.03.2023
Hajmi379.56 Kb.
#1303577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
781-сон 14.12.2020. 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-dekabr,
781-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
14-dekabrdagi 781-son 
qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
MILLIY DASTURI
O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning
yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va
an’analarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual
salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat
va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik
madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasi shakllansa, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni
kitobning o‘zi o‘rgatadi.
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash milliy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
,

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida
”, “
Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
Hukumat qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari hamda xalqaro huquqning umume’trof
etilgan normalariga muvofiq tayyorlangan.
Dasturda kitobxonlik sohasidagi milliy va ilg‘or xorijiy tajriba tahlili asosida O‘zbekistonda
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish,
kitob mahsulotini yaratish, chop etish, yetkazib berish, kitobxonlikni ommalashtirish, ilmiy-
metodik ta’minlash, kadrlar tayyorlash, kitobxonlik infratuzilmasini boshqarish bilan bog‘liq
masalalar qamrab olingan.
Dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh
avlodning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi, kitobxonlik madaniyati shakllanishida katta ahamiyat
kasb etib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida xizmat qiladi.

Download 379.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling